Istaklarning amalga oshuvi


Boshqalarga hasad qilish bilan ularga o`z omadingizni qo`shqo`llab


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Boshqalarga hasad qilish bilan ularga o`z omadingizni qo`shqo`llab 
topshirasiz! 
Qanday yomon sharoit bo`lsa ham siz xursandchilik kayfiyatini yo`qotmang. Har 
bir negativ holatdan o`zingizga foyda izlang. 
Omad xuddi ayolga o`xshaydi. U sizni har tomonlama tekshirib ko`radi. Sizni 
boshqarish mumkinmi yoki yo`qmi? Siz taslim bo`lmasligingiz, ya`ni 
siqilmasligingiz, hasad qilmasligingiz va kuyinmasligingiz kerak. Agar bu 
qopqonga tushib qolmasangiz, yaxshigina mukofotlanasiz. 
Mashq:Ongning o`zgargan holatiga kiring va o`zingizning ichingizga qarang. 
Endi bo`lsa siz omadni, yaxshi sharoitlarni o`ziga tortuvchi magnit ekanligingiz 
haqida o`zingizga ustanovka bering. Siz magnitsiz! Siz o`zingizdan ko`rinmas 
omad maydonini nurlantiryapsiz. Siz o`zingizga foydali bo`lgan sharoitlarni 
o`zingizga tortyapsiz. Siz omadlisiz. Siz xohlagan narsalaringizning hammasi 
sizga tortilyapti, chunki siz qudratli magnitsiz. Buni butun tanangiz bilan his 
qiling va tasavvur qiling. Siz bilan nima bo`lishidan qat`iy nazar siz omad 
magnitisiz. Omad sizni hech qachon tark etmaydi. Siz buni bilasiz va bu bilim 
doimo siz bilan. 


Endi bo`lsa xohishlarning amalga oshishi bo`yicha yana bir necha kichkina, lekin 
juda muhim bo`lgan sirlarni ko`rib chiqsak. Siz o`zingizning xohishingizga yetish 
uchun yengishingiz kerak bo`lgan haqiqiy va bo`lishi mumkin bo`lgan 
muammolarga qanday qaraysiz? Aminmanki, ko`pchilik ularni qiyinchilik, to`siq 
deb tasavvur qiladi. Muammolarni oshib o`tish kerak bo`ladigan to`siq va 
balandliklar sifatida tasavur qilish va ularni yengib o`tishda juda katta kuch 
sarflashingizni tasavvur qilishingiz ularning kuchini yanada oshiradi va siz ularni 
yengib o`tishingiz qiynlashaveradi. 
Endi siz tasavvur qilingki, bu muammolarning har bittasini yengib o`tishingizda 
uning bor kuchi sizga o`tyapti. Buni kompyuter o`yini shaklida tasavvur qilishingiz 
ham mumkin. Siz raqibingizni o`ldirdingiz va uning barcha qurol-aslahalari sizniki 
bo`ldi. Dushman lagerini egalladingiz va buning uchun sizga qahramonlik 
nishonini berishdi va shunga o`xshashlar. 
Shuni esdan chiqarmangki, har qanday muammo va to`siq dastlab fikrlarimizda 
yengiladi. Shundan keyin ko`pchilik hollarda haqiqiy hayotda biror ish qilishning 
keragi ham bo`lmaydi. Chunki sharoit birdaniga o`zgarib qoladi. Bu narsa 
tasodifan ro`y berdi deb o`ylamassiz? 
O`ylagan narsangizni amalga oshirayotib eng yomon sharoitlarni tasavvur qiling va 
ularni qabul qiling. Bu sizning ichki kuchingizni yo`naltirishingiz uchun kerak. 
Agar siz fikrlaringizda eng katta qiyinchiliklarni bartaraf qilishga tayyor 
bo`lsangiz, haqiqiy qiyinchiliklar siz uchun hech nima bo`lmay qoladi. 
Har qanday surunkali muammo sizning biror ichki blokingiz mavjudligini 
ko`rsatadi. Sizning ishingizdagi har qanday to`siq ham ichki blokingiz borligini 
ko`rsatadi. Bu blok bilan ishlang, uni bartaraf eting. Muammo ham o`z-o`zidan 
barham topadi. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling