Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

MUHIM QOIDA: 
Biror narsaga yopishib olishimiz (sharoit, holat, pul, odam va boshqalar) 
sharoitning yaxshi tomonga o`zgarishiga qarshilik qiladi. Bu kurashish va 
harakat qilish kerak emas degani emas. Bu ushbu narsa uchun haddan 
tashqari hayajonlanish kuyinish kerak emas deganidir! 
Endi bo`lsa xohishning amalga oshishi uchun o`zimizni to`g`ri dasturlash 
bosqichlarini yana bir marta ko`rib chiqamiz: 
1) Xohishni shakllantirish (yozma holda); 
2) Relaksatsiyani amalga oshirish (uyqudan oldingi holat buning uchun eng mos); 
Z) Xohish obrazini aniq vizuallashtirish; 
4) Uzoq vaqt davomida xohish obraziga e`tiborni jamlash; 
5) Xohish-obrazning kelajakdagi amalga oshishidan oldindan lazzatlanish; 
6) Xohish-obrazni o`zingizga nisbatan kichik ekanligini tasavvur qilish; 
7) Maqsadning tugallanganligini his qilish (uning haqiqiyligi va amalga oshishi 
mumkinligini his qilish); 


8) Xohishingizni qo`yib yuborish (shubhalarning oldini olish). 
Vazifa: Birorta xohishingizni oling, dastlabki xohishlaringiz kichikroq bo`lsa 
ham bo`ladi, yuqorida keltirilgan sxema bo`yicha uning amalga oshishiga 
harakat qiling. Olgan natijalaringizni menga kichiknagina hisobot shaklida 
jo`nating. Bu hisobotlaringiz ushbu treningni mukammallashtirish uchun kerak 
bo`ladi. 
 
O`z-o`zini dasturlash 
Endi bo`lsa o`z-o`zingizni dasturlash haqida gaplashamiz. Undan oldin 
xohishlaringizni amalga oshishi uchun o`tadigan bosqichlaringizning sxemasini 
keltirsam: 
1) Xohishni shakllantirish (yozma holda); 
2) Relaksatsiyani amalga oshirish (uyqudan oldingi holat buning uchun eng mos); 
Z) Xohish obrazini aniq vizuallashtirish; 
4) Uzoq vaqt davomida xohish obraziga e`tiborni jamlash; 
5) Xohish-obrazning kelajakdagi amalga oshishidan oldindan lazzatlanish; 
6) Xohish-obrazni o`zingizga nisbatan kichik ekanligini tasavvur qilish; 
7) Maqsadning tugallanganligini his qilish (uning haqiqiyligi va amalga oshishi 
mumkinligini his qilish); 
8) Xohishingizni qo`yib yuborish (shubhalarning oldini olish). 
O`z-o`zini dasturlashni hayotingizning xohlagan sohasida qo`llashingiz mumkin. 
Ammo uni yaxshilab o`rganib olsangiz sizning hayotingiz qay darajada o`zgarishi 
mumkinligini hatto tasavvur qilishingiz ham qiyin. 
Dasturlashni sizning sifatlaringizni, xarakteringizni, o`zingizni tutishingizni, 
o`zingizga beradigan bahongizni o`zgartirish uchun qo`llash mumkin. O`zingizga 
ishongan, harakatchan va maqsadga etishish yo`lida hech narsadan qaytmaydigan 
bo`lishni xohlaysizmi? Muammo bo`lishi mumkin emas. Qanday bo`lishingiz 
kerakligini obrazini yarating va sxema bo`yicha ishlay boshlang. Tez orada bu 
obraz sizning bir bo`lagingizga aylanadi va siz uni o`zingizga kerak paytida 
ishlatishingiz mumkin bo`ladi. 


Bitta tanishim menga uni eri yaxshi ko`rmasligini aytib qoldi. Nima qilsam unga 
yoqar ekanman, nima qilsam ham u har bir ishimdan xato izlaydi – dedi. Men 
uning shu gaplarni aytayotgan paytida o`zini qanday tutishini kuzatib turdim. 
Qarasam u o`zini xuddi biror ayb ish qilib qo`ygandek tutar edi. Ko`zlari alang-
jalang qilar va suhbatdoshining ko`ziga qaray olmas, o`zi ham egilibgina turar edi. 
U bilan o`zini dasturlashni ikki kuncha mashq qildik. Uchinchi kuni uni ko`rganda 
mening o`zim ham arang tanidim. Qarshimda gavdasini g`oz tutgancha o`ziga 
ishongan ayol turardi. 
Oradan bir haftalar o`tgandan keyin men undan natija qanday bo`lganligini 
so`radim. U bo`lsa “Nafaqat erim, balki meni taniydiganlarning hammasi meni 
yaxshi ko`rib qolmoqda” – deb javob berdi. 
Siz o`zingiz qo`rqinchli va xavfli odam ekanligingiz haqidagi fikrni singdirishingiz 
ham mumkin. Shunda atrofdagi odamlar sizdan qo`rqishadi va xavfsiray 
boshlashadi. 
Mening o`zim ham bu sohada bajarib ko`rgan eng birinchi mashqim agressivlik 
mashqi bo`lgan. Chunki o`sha paytlarda menda o`zimga ishonch yo`q edi. Bu 
mashqni Vadim Shlaxterning treningida o`rganganman. Unda siz yo`lingizda 
ketayotib, oldingizda uchragan har bitta odamni hayolan urasiz, tepkilaysiz va 
zo`rlaysiz. Bu faqat sizning hayolingizda ro`y beradi. Ichingizda nima 
bo`layotganligini atrofingizdagilar mutlaqo bilmasligi kerak. Mana shunday qilib 
ozroq mashq qilganingizdan keyin odamlar sizga yo`l bera boshlashadi va 
hurmatingizni joyiga qo`yishadi. 
Har bir odam o`zi haqida ma`lum bir tasavvurga ega. Bu tasavvurlar o`tmishda 
bo`lib o`tgan hodisalar, tarbiya va yashash sharoitlaridan kelib chiqib paydo 
bo`lgan. Endi bo`lsa sizda o`zingiz qanday bo`lishni xohlasangiz, shunday 
bo`lishga yordam beradigan ajoyib vosita bor. Siz endi bu jarayonni boshqara 
olasiz! 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling