Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
Masalan, hammada sodir bo`ladigan va balki sizning ham hayotingizda sodir
bo`lgan bir holatni olaylik. Biror kishi sizga qarshi ish qildi. Siz unga o`z joyini ko`rsatib qo`yishni maqsad qildingiz va u bilan bo`ladigan suhbatda nimalar deyishingiz va uni qanday qilib uyaltirishingiz haqida o`ylab qo`ydingiz. Lekin u bilan yuzma-yuz kelganingizda qo`lingizdan hech nima kelmaydi. Chunki xuddi o`sha odam sizning nima deyishingizni oldindan bilgandek har bitta gapingizga juda qiyomiga keltirib javob beradi. Natijada hayolingizdagi ssenariyingiz bir pulga qimmat bo`lib chiqadi. Ko`pchilik hollarda bizning organizmimiz va hayotimizga biz hissiyotlarimiz jismoniy faktorlarga nisbatan ko`proq ta`sir o`tkazadi va organizmda juda katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib aniq va xuddi mavjudday vizuallashtira olish xususiyati bizning psixikamizning muhim xususiyatidir. Masalan, ko`pchilik (taxminan 80%) kasalliklarning kelib chiqishi nervlarga bog`liq ekanligi aniqlangan. Ya`ni ularning paydo bo`lishiga hech qanday jismoniy sabab yo`q. Bundan tashqari platsebo effektini ham xuddi shu narsa bilan izohlash mumkin. Bunda dori deb berilgan turli ranglardagi tabletkalar shaklidagi glukoza juda ko`pchilik kasalliklarga davo bo`lgan. Glukozaning hech qanday kasallikni davolay olmasligi to`g`risida gapirishning keragi bo`lmasa kerak. Aniq va yorqin vizualizatsiya qobiliyatini shakllantirish uchun amaliyot talab qilinadi. Xonadagi biror buyumga qarang va ko`zingizni yumib, uni tasavvur qilishga harakat qiling. Endi bo`lsa ushbu buyumni birov qo`liga olganligi, rangining o`zgarganligi, uning singani, yonib ketgani va boshqa holatlarni tasavvur qiling. Agar buni amallay olsangiz yaxshi, amallay olmasangiz yana biroz mashq qilishingizga to`g`ri keladi. Yuqoridagilardan siz obrazlar bilan ishlay oladigan fikrlash juda muhim ekanligini bilib oldingiz. Lekin uning muhimligi o`z-o`zini dasturlash va istaklarimizning amalga oshishida katta o`rin egallashidadir. Endi bo`lsa sizning xohishlaringizni amalga oshirishga o`tsak. Bunda eng birinchi qadam xohishni shakllantirishdir. Xohishni shakllantirishda uning pozitiv bo`lishiga katta e`tibor qaratish kerak. Ya`ni unda yo`q, emas va shunga o`xshash boshqa qo`shimchalarning bo`lmasligiga erishish kerak. Chunki oldingi mavzularda aytganimizday sizning xohishlaringizning amalga oshishida quyi ong katta o`rin tutadi. Uning ishlash printsipi bo`lsa yo`q degan qo`shimchani tushunmaydi. “Men biror narsani xohlamayman” deyish xuddi taksiga minib, “Men Tinchlik ko`chasiga bormoqchi emasman” deganday gap. Chunki taksichiga ham quyi ongga ham boradigan manzilingizni aniq aytishingiz kerak. Xohishni shakllantirayotib uning nima, qaerda, qachon, kim degan savollarga javob berishiga e`tibor bering. Agar biror narsani amalga oshirilish usuli va vaqti chegaralanmagan bo`lsa, ularni chegaralashga urinmang yoki keragicha uzoq vaqtni belgilang. Aytaylik sizga biror summadagi pul kerak bo`ldi. Uni siz olishingiz mumkin bo`lgan usullar talaygina. Masalan, xazina topib olasiz, kimdir sovg`a beradi, qarz olasiz, boy kelin yoki kuyov topasiz, mukofot olasiz va boshqalar. Xohishda ularning birortasini aniq ko`rsatish xohishning amalga oshishida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi yoki uning bajarilishini orqaga surib yuborishi mumkin. Boshqa hamma parametrlarni aniq rejalashtirish kerak bo`ladi. Xohishning amalga oshishidan boshqa iloji qolmasligi kerak. Keyin bu xohishni albatta yozib qo`yish kerak. Yozilmagan xohish – bu faqat orzudir. Keyin bo`lsa xohishingizni vizuallashtiring. Xohishingizning amalga oshganligini aniq va tiniq tasavvur qiling va unda nima his qilishingizni hozirning o`zida his qiling. Aynan mana shu erda sizga obrazli fikrlash yordam beradi. Mashq:Biror erishmoqchi bo`lgan narsangizni yoki xarakteringizning o`zgartirmoqchi bo`lgan tomonlarini tasavvur qiling. Bu narsa amalga oshishi mumkin deb hisoblang. O`zingizda bu xohishni amalga oshirishga juda kuchli istakni tug`diring. Bu haqda qayta va qayta o`ylab, ishtiyoq va g`ayrat bilan to`lib-toshing. Axir sizning hozirgi negativ ishonchlaringiz o`zingizning fikrlaringiz va hissiyotlaringiz natijasida yuzaga kelganku. O`zingizda juda kuchli hislar va yorqin tasavvur va xohish uyg`ota olsangiz, yangi fikrlar eskilarining o`rniga joylashib qoladi. Bunda siz o`z xohishingiz, maqsadingiz xuddi amalga oshgandek o`zingizni his qilishingiz kerak. Ya`ni bu niyatingizning natijasini pozitiv ravishda his qilishingiz kerak. Bu sizga tugallanganlikni his qilishga yordam beradi. Tugallanganlikni his qilish nimaga kerak? – deb so`raysizmi? Albatta niyatingizning amalga oshishi uchunda. Chunki reallik faqat bizning tasavvurimizdagina mavjud. Aytaylik siz hozir biror xonada o`tiribsiz. Uning eshigidan chiqishingiz bilan nimaga ko`zingiz tushadi? Ko`cha eshigidan chiqishingiz bilanchi? U erda qanday ko`cha bor, uylar qanaqa? Hammasini ko`z oldingizga keltirdingizmi? Nimaga endi siz aynan shu ko`cha va shu uylarni ko`z oldingizga keltirdingiz? Nimaga endi uydan chiqishingiz bilan ko`pga yoki o`rmonga ko`zingiz tushishi mumkin emas? Bularning hammasining javobi bitta. U ham bo`lsa siz bu ko`cha haqida tasavvurga egasiz. Siz aynan shunaqa ekanligiga 100 foiz ishonasiz. Endi bo`lsa o`z xohishingizni tasavvur qiling. Ko`pchilikning muammosi pul ekanligidan kelib chiqib, mayli pulni tasavvur qiling. Aytaylik birorta tanishingiz sizga hech qanday sababsiz 1000 dollar pul sovg`a qilsin. Bunda kallangizga keladigan birinchi fikrlarga e`tibor bering. Ular quyidagicha bo`lishi mumkin: Qaysi tanishimda buncha pul bor? Kim ham buncha pulni menga berardi? Umuman hech narsa talab qilmasdan buni sovg`a qiladigan odam o`zi dunyoda bormikan? va shunga o`xshashlar. Bu fikrlar chegaralovchi fikrlardir. Ko`rganingizdek, ular hech ham sizdan so`rab o`tirmasdan hayolingizga kelaveradi. Endi tugallangan xohish nimaligini tushunishingiz osonroq bo`ladi. Tugallangan xohish – bu uning amalga oshishiga siz xuddi uyingizdan tashqarida ko`cha mavjudligiga ishongandek ishonadigan xohishingizdir. Siz uydan chiqishingiz bilan xayolingizdagiga o`xshash ko`chaga chiqishingizga ishonasiz. Xohishni ham xuddi shunday ishonch bilan xohlash kerak. Agar salgina ikkilansangiz, hech narsa yuz bermaydi. Hech qanday ikkilanishsiz va chegaralovchi fikrlarsiz xohlash kerak. Siz aynan shunday bo`lishiga aniq ishonasiz. Hozir bu satrlarni o`qiyotib vizualizatsiya qilish bilan hamma xohishlaringiz amalga oshadigandek his qila boshladingizmi? Lekin bunga amalda qanday erishish mumkin? Sizning vizualizatsiyangiz qay darajada haqiqiy ekanligini qaerdan bilasiz? Buni ertaga bilib olasiz. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling