Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Ongning o`zgargan holati 
(trans) Relaksatsiya Kontsentratsiya Vizualizatsiya 
Uzoq vaqt davomida biror narsaga e`tiborni kontsentratsiyalash ko`nikmasini 
mashqlar yordamida rivojlantirish shartdir. Bunisiz umuman iloji yo`q. Hamma 
muvaffaqiyatli kishilir albatta e`tiborni jamlash, jumladan o`z ishiga to`liq e`tibor 
qaratish ko`nikmasini olishgan. 
Shu erda “Taqdir xo`jayini”dagi fikrsizlik holatini mashq qilish ham 
kontsentratsiyalashni o`rganishda muhim o`rin tutadi. 
Misol: Vadim Shlaxterning o`qotar quroldan foydalanishni o`rganishda nishonga 
aniq urishni mashq qilish texnikasi menda katta taasurot qoldirgan. Unga ko`ra siz 
nishonga olayotgan vaqtingizda o`zingizni o`q deb his qilasiz. O`q bo`lsa albatta 
nishonga tegishi kerak. Tepkini bosgandan keyin bo`lsa o`qni hayolan kuzatib 
borasiz va u nishonga tekkandan keyingina e`tiboringizni boshqa narsalarga 


qaratishingiz mumkin. Bu usulning samaraliligiga men o`z tajribamda amin 
bo`lganman. Siz o`qni hayolan kuzatib borayotganingizda hatto vaqt ham 
sekinlashgandek tuyuladi va siz kuzatib borayotgan o`q havoda taxminan ikki-uch 
sekund davomida uchib borgandek bo`ladi. Aslida bo`lsa o`q 100-200 m masofaga 
uchib borishi uchun sekundning ulushlari kerak bo`ladi. Lekin bu mashq sizning 
nishonga urish natijalaringizni ikki-uch barobar oshirishiga kafilman. 
Relaksatsiya bo`lsa sizning amalga oshirmoqchi bo`lgan xohishlaringiz quyi 
ongingizga kirib borishi va u erda aktiv ravishda ishlashi uchun kerak. 
Bizning mavjud ishonchimiz biz tomonimizdan biror bir harakat qilinmasdan va 
zo`riqmasdan, iroda kuchini ishga solmasdan paydo bo`lgan. Bizning odatlarimiz 
ham aynan shunaqa sharoitda yuzaga kelgan. Bundan bo`lsa yangi ishonch va 
odatni paydo qilish uchun ham aynan shu yo`ldan borishimiz kerakligi kelib 
chiqadi. 
Zo`r berish va iroda kuchiga tayanish ishonch va odatlarni o`zgartirishda 
ko`pincha yomon natijalarga olib kelishi olmlar tomonidan isbotlangan. Zo`riqish 
– bu insonning o`z ichki kuchidan to`liq foydalana olmayotganining asosiy 
sababbidir. 
Endi bo`lsa relaksatsiyani o`rganish uchun eng muhim mashqni o`rganamiz. 
Mashq: O`zingizni latta qg`irchoq ekanligingizni tasavvur qiling. Siz tinchgina 
yotibsiz, hamma mushaklaringiz maksimal darajada bo`shashgan va jonsiz. 
Agar qo`lingiz yoki oyog`ingizni ko`tarib turib, keyin qo`yib yuborilsa, u xuddi 
jonsizday pastga o`z og`irligi bilan tushadi. Buni amalda ko`rish uchun bitta 
qo`lingizni ikinchi qo`lingiz bilan ko`taring va qo`yib yuboring. U xuddi sizning 
tanangizning bir bo`lagi emasday pastga qulab tushishi kerak. Agar siz bu 
mashqni yaxshi o`zlashtirib olgan bo`lsangiz, keyingi qismga o`tish mumkin. 
Faqat eslatib qo`yay, birinchi martada bu mashqni juda kamchilikkina to`liq 
bajara olishi mumkin. Lekin siz qayta-qayta urinaversangiz albatta bu holatga 
erishasiz. 
Keyingi bosqichda bo`lsa tanangiz o`zingizniki emasligini va siz bilan tanangiz 
boshqa-boshqa jismlar ekanligini his qilishingiz kerak. Aynan mana shu erda 
ko`pchilik xato qiladi. Ular tanasi va o`zining boshqa ekanligiga o`zlarini 
ishontirmoqchi bo`lishadi. Lekin siz tanangiz va o`zingizning boshqa 
ekanligingizni amalda his qilishingiz kerak. 
Bunga erishish uchun bo`lsa qo`g`irchoq odam mashqini to`liq bajara olishingiz 
kerak bo`ladi. Bunda siz tanangiz va sizning boshqa ekanligingizni sezishingiz 
va shu bilan birgalikda miyangizda hech qanday begona hayollar va fikrlar 



Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling