Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xohishni shakllantirish
Ongning o`zgargan holati
(trans) = Relaksatsiya + Kontsentratsiya + Vizualizatsiya Trans holati keyinchalik sizgajuda asqotadi. Uning yordamida o`zingizni tutishingizni va hayotingizda sodir bo`ladigan voqealarni ham dasturlashtirishingiz mumkin bo`ladi. Hozircha esa relaksatsiya, kontsentratsiya va vizualizatsiyani mashq qiling. Albatta trans holatiga o`tishning bunga nisbatan osonroq bo`lgan boshqa usullari ham mavjud. Jumladan mening “Taqdir xo`jayini” kitobimda keltirilgan bir vaqtning o`zida ikkita narsaga e`tiborni qaratish usuli juda oddiy va o`ta samarali usuldir. Lekin bu usul spontan o`zini tutishda katta samara beradi. Bizning oldimizga qo`yilgan masala esa maqsadlarimizning amalga oshivudir. Bu erda yuqorida keltirilgan relaksatsiya, kontsentratsiya va vizualizatsiya uchligi samarasi boshqa usullardagidan yuqoriroqdir. Chunki trans vaqtida vizualizatsiya ham o`z ta`sirini o`tkazadi va maqsadlarimizning amalga oshishiga o`z hissasini qo`shadi. Xohishni shakllantirish Biz siz bilan relaksatsiya, vizualizatsiya va kontsentratsiyani o`rganib chiqdik. Endi bo`lsa bu o`rganganlarimizni amalda qo`llash vaqti keldi. Ongning o`zgargan holati, ya`ni trans holati haqida biz siz bilan gaplashgan edik. Bu holatga kirish uchun biz deyarli harakat qilishimizning ham keragi yo`q. Chunki biz tabiiy holda trans holatiga kuniga bir necha marta tushamiz. Biz xohlaymizmi yoki yo`qmi, baribir shunday bo`ladi. Bu bizning uyquga ketayotgan paytimizdagi va hali uxlab ulgurmagan vaqtimizdagi va endigina uyg`ongan vaqtimizdagi lekin hali ko`zimizni ochishga erinib yotgan vaqtimizdagi holatimizdir. Bunda e`tibor to`liq ichkariga qaratilgan va tanamiz maksimal bo`shashgan holatda bo`ladi. Bu bizning xohishlarimizni aytishimiz uchun eng ideal holatdir. Agar mening “Taqdir xo`jayini” kitobimni o`qigan bo`lsangiz, unda bu holat o`z- o`zni ishontirish uchun yaxshi holat ekanligi yozilgan. Xohishlar va o`z-o`zini ishontirish bo`lsa tabiatan bir-biriga yaqin narsalardir. Nafaqat yaqin, balki ular bir xil ma`noli narsalardir. Bu holatni sun`iy ravishda ham chaqirish mumkinligini oldingi bo`limda o`rgangan edik. Ongning o`zgargan holati, ikkita psixofiziologik jarayondan iboratdir. Ularning birinchisi biror narsada e`tiborni kontsentratsiyalash bo`lsa, ikkinchisi relaksatsiya va vizualizatsiyadir. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling