Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

hamma narsa muhimligini yo`qotadi... 
Don Xuam mening hayronligimni ko`rib uning aytganlarini yaxshilab tushunib 
olishim uchun bu gaplarini yana uch marta qaytardi. Uning aytganlari men uchun 
bekorchi gapday edi. Keyinchalik ular haqida o`ylab ko`rib, bu gaplar bizning 
tasavvurimizning bir tomonini tashkil qilishini tushundim. 
- Don Xuan, siz aytmoqchisizki, agar odam to`g`ri ko`rishni o`rgansa, butun 
dunyodagi hamma narsalar o`z ahamiyatni yo`qotadimi? 
- Men ahamiyatini yo`qotadi demadim. Men muhim bo`lmay qoladi dedim. Hamma 
narsa teng va shuning uchun ham muhim emas. Maslan mening harakatlarim 
senikidan muhiroq emas, biror narsa ikkinchisidan ustun emas. Shuning uchun 
hamma narsalar teng. Ularning hammasi teng bo`lganligi sababli ularning hech 
biri muhim emas. 
Sen hozirgacha harakat odami harakatlar bilan yashashini va harakatlar haqida 
o`ylamasligini bilishing kerak. U harakatni amalga oshirganidan keyin nima 
qilishi haqida o`ylamasligi kerak. 
Bilim odami yo`lni yuragi yordamida tanlaydi va undan yuradi. U hammasini 
ko`radi va xursandchilik qiladi, ko`radi va biladi. U o`zining hayoti juda tez 
tugashini biladi. Shuningdek u boshqalar ham hech qaerga ketmayotganligini 
biladi. U ko`radi va biror narsa boshqasidan muhimroq emasligini biladi. 
Boshqacha aytganda, bilim odami shon-sharaf, buyuklik, oila, ism, mamlakat kabi 
narsalarga ega bo`lmaydi. Uning faqat yashash uchun umri bo`ladi. Bunday 
holatda uni boshqa odamlar bilan faqat uning nazoratdagi tentakligi bog`lab 
turadi. 


Shunday qilib, bilim odami ham boshqalarga o`xshab harakat qiladi, ishlaydi, 
terga pishadi. Unga chetdan qarasang uning boshqalardan farqini ko`rmaysan. 
Uning boshqalardan faqat bitta farqi bor. U ham bo`lsa uning hayotiy tentakligi 
uning nazorati ostidaligidir. 
Biror narsa boshqasiga nisbatan muhim emasligini bilgan holda u biror harakatni 
tanlaydi va uni xuddi bu uning uchun muhimday amalga oshiradi. Uning 
nazoratdagi tentakligi bu harakatlarning muhim ekanligini aytishiga va bu huddi 
muhimday harakat qilishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga u bunday emasligini 
juda yaxshi biladi. Tanlangan harakatni amalga oshirganidan keyin u tinchgina 
bir chekkaga chiqadi va uni bu ish yaxshimidi yoki yomonmidi, natija berdimi yoki 
yo`qmi degan hayollar qiynamaydi. 
Ikkinchi tomondan u passiv bo`lishni ham tanlashi mumkin va bunda ham u passiv 
bo`lish juda muhimday tutadi o`zini. Bunda ham u samimiy bo`ladi, chunki bu 
uning nazoratdagi tentakligidir... 
Bilim odami g`alaba qozonish va mag`lubiyatga uchrash bir narsa ekanligini 
biladi. Men senga sen ham boshqalar bilan bir xil ekanligingni aytganimdan keyin 
mendan qo`rqa boshlading. Sen bolalikka tushib qolyapsan. Xuddi boshqalar kabi 
bizning ham taqdirimiz o`qishga va bilim olishga xuddi jangga borgandek 
borishdir. Men buni senga juda ko`p aytganman... 
Men uchun g`alaba ham, mag`lubiyat ham, bo`shliq ham yo`q. Hammasi ustigacha 
to`lgan va mening jangim bunga arziydi. Bilim odami bo`lish uchun jangchi 
bo`lish kerak, yig`loqi bola emas. Sen to to`g`ri ko`rishni o`rganish va undan keyin 
hamma narsa bir xil muhimlikka ega ekanligini ko`rguningcha jang qilishing 
kerak. 
Bu parcha sizga nazoratdagi tentaklikning ma`nosini tushunib olishingizga va unga 
sozlanishingizga yordam bergan bo`lishi kerak. Chunki men bundan yaxshiroq 
qilib tushuntirib bera olmagan bo`lar edim. Yuqoridagilarning hammasini to`g`ri 
ma`noda tushunish ham yaramaydi. Chunki u yerdagi gaplar majoziy ma`noda 
berilgan. 
Biror narsaga yoki maqsadga intilayotgan odam oxir-oqibatda bu narsa uchun 
shuncha harakat qilishning keragi yo`qligini va maqsadi unga dastlab berilgan 
ahamiyatga arzimasligini tushunib yetadi. Bu hayotimizning hamma sohalari 
uchun to`g`ridir. 
Bernard Shou aytganiday, bu dunyoda ikkita fojia bor – bu maqsadga yeta olmaslik 
va maqsadga yetish. Sizga hech qachon o`z hayotingizda va boshqalarning 
hayotida ro`y berayotgan voqea, hodisalar biror ma`noga ega emasday bo`lib 
tuyulmaganmi? Biror narsaning ketidan quvib yurishingiz ahmoqlik bo`lib 
ko`rinmaganmi? Hamma narsa bir xil bahoga ega bo`lgan dunyoda nima 
ahamiyatliroq bo`lishi mumkin. 


O`z oldingizga maqsad qo`yayotganingizda men sizga quyidagi sabollarga javob 
berib, maqsadingizni oydinlashtirib olishingizni maslahat beraman. Magazinga 
kirsangizu, u yerdagi barcha mahsulotlarning bahosi bir xil bo`lsa, nimalarni olgan 
bo`lar edingiz. Maslan qoshiq va avtomobil bir xil narxda bo`lsa. Albatta birinchi 
martasida avtomobilni olgan bo`lar edingiz. Lekin bu sizning magazinga 1001 
marta kirishingiz. Yoki hamma narsa sizga tekinga taklif qilinyapti. Nimalarni 
olgan bo`lar edingiz? 
Endi yana mavzuga qaytsak. Voz kechish usulidan foydalanish sizga juda katta 
ustunlik beradi. Hamma narsaga bir xilda qaraydigan kishi oddiy odamlar qila 
olmaydigan ishlarni bajarishga qodir bo`ladi. Chunki boshqalar o`ziga 
ishonmasligi va psixologik chegaralanishlari tufayli qila oladigan ishlarini ham 
qilishmaydi. 
Nazoratdagi tentaklik texnikasi tufayli kishi sharttakiroq, tavakkalchiroq, 
omadliroq 
va 
muvaffaqiyatliroq 
bo`ladi. 
Yutish 
yoki 
yutqizishi 
tashvishlantirmaydigan odam albatta yutuq egasi bo`ladi. 
Bu odamni qat`iyatli qiladi. Chunki u hech narsa qilmaslik va biror mushkul ishni 
qilish ikallasi bir xil narsa ekanligini biladi. Shunday ekan oxirigacha kurashish 
mumkin va shart. 
Agar atrofingizga yaxshilab razm solsangiz, birorta ham ahamiyatga ega bo`lgan 
va boshqasidan ustun bo`lgan narsa yoki voqeani ko`rmaysiz. Faqat sizning 
o`zingiz ularning ayrimlarini alohida ajratib, ularni muhim deb hisoblashga 
moyilsiz. 
Faqat sizning hatti-harakatlaringiz va sizning ularga beradigan bahoingizgina 
mavjud. Boshqa hech narsa yo`q. Hamma narsaning ma`nosini faqat o`zingiz 
belgilaysiz va bu bergan bahoingiz bo`yicha yana o`zingiz harakat qilasiz. Endi 
bo`lsa sizning hatti-harakatlaringiz va ularning ma`nosini o`z xohishingizcha 
o`zgartira olishingizni anglashga harakat qiling. Siz bu ishga qodirmisiz? 
Siz hech qachon o`zingizga odat bo`lmagan biror ishni qilganmisiz? Bu vaqtda 
o`zingizni qanday his qilgansiz? Albatta, har kim o`zini har xil his qiladi. Kimgadir 
bu yoqadi, yana kimdir o`zini noquday his qiladi. 
Mening o`zim ham shunday bo`laman. Men doimo ishga bitta yo`ldan borib 
kelaman. Bir kuni yo`lda boshqa bir tashkilotga kirib-chiqishga to`g`ri keldi va 
boshqa yo`ldan borib, oldin o`zim mo`ljallagan ishimni bitkazib, keyin ishga 
boraman 
deb 
o`yladim. 
Keyin 
nima 
bo`ldi 
bilasizmi? 
Ishxonaga 
kirayotganimdagina men yana o`sha eski yo`ldan yurganim va qilmoqchi bo`lgan 
ishimni unutganimni angladim. Bu meni qiziqtirib qo`ydi. Nimaga shunday bo`ldi? 
Keyin ham bir necha marta tajriba qilib ko`rdim. Ko`pchilik hollarda agar biz 
o`zimiz bilgan ishni qilishimiz mumkin bo`lsa, aynan o`sha o`zimiz bilgan va 
odatlangan ishimizni albatta qilar ekanmiz. 


Buning natijasida aqlimiz qotib qoladi, inertlashadi, faqat stereotip axborot bilan 
ishlashga moslashadi. Bu esa insonni barcha xohishlari amalga oshishi uchun kerak 
bo`ladigan ichki energiyadan mahrum qiladi. 
O`zingiz o`rganib qolgan stereotiplardan qutulish uchun bo`lsa, o`rgangan 
narsalaringizni sal boshqacharoq qilib bajarishga harakat qiling. Maslan ishga har 
kuni boshqa yo`l bilan borib-kelish, doimiy o`zingizni tutishingizni o`zgartirish, 
o`z ichki hissiyotlaringizni hammaga ko`rsatish va boshqalar. Bunda, ayniqsa, har 
xil axmoqona taomillarni o`ylab topish va bajarish sizga katta kuch beradi. Lekin 
bir shart bilan, siz bu taomillarga ishonishingiz kerak. 
Masalan, mening bitta tanishim omadi kelishi uchun pichog`ini o`tkirlaydi. Pichoq 
o`tkirlash bilan ishning yurishib ketishi orasida qanday bog`liqlik bor deb 
o`ylaysiz? Albatta ko`pchilik bunday bog`liqlikni topa olmaydi. Boshqa bir 
tanishimning omad chaqirish yo`li esa salgina odamlar tushunadigan usulda. U ishi 
yurishishi uchun ko`chadagi tilanchilarga pul ulashadi. Hatto shu yo`l bilan bir 
qancha muammolardan qutulib qolganiga guvoh bo`lganman. 
Bunday nazoratdagi tentakliklarning turli variantlarini o`ylab topish mumkin. 
Bularga biror fraza yoki duoni qaytarish, biror harakatlar qilish, o`zingiz sehrli deb 
bilgan biror predmetdan foydalanishni kiritish mumkin. 
Albatta, ko`pchilik nazoratdagi tentaklik usuli ahmoqona va ma`nosiz deb bilishi 
mumkin. Agar shunday o`ylayotgan bo`lsangiz, to`g`ri o`ylayapsiz. Buning 
umuman ma`nosi yo`q. Ikkinchidan bo`lsa uning kuchi aynan mana shu 
ma`nosizligida va axmoqonaligidadir. U mana shu ahmoqonaligi tufayli ham 
yaxshi samara beradi! 
Odamlar nimaga har xil folbinlar, ko`zboylag`ichlar, afsungarlarga ishonishadi? 
Ularning o`tkazadigan marosimlari va harakatlarida qandaydir sirlilik bor. Endi 
sizga hech qanday afsungaru, folbinlarning keragi bo`lmaydi. Chunki sizning 
o`zingiz ularnikidan qolishmaydigan taomil va rasm-rusumlarni o`ylab topishingiz 
mumkin. 
Boshqa tomondan olib qaraganda diniy ma`rosimlarda biror ma`no bormi, yoki 
hayotning o`zidan qanday ma`no topgansiz? Hayot – bu bizning u haqdagi 
fikrlarimizdir. Buni esdan chiqarmang! 
Shunday qilib, nazoratdagi tentaklik usuli – bu ahmoqona ishlarni bajarishdan 
iboratdir. Bu siz ishonadigan ahmoqlikdir. Uni sizning o`zingiz o`ylab topasiz va 
bu sizning ishlaringizning oldidan kelishida yordam berishi uchun amalga 
oshirasiz. Buning aynan shunday bo`lishini hayot ko`rsatib turibdi. 
Agar siz ma`nosiz va ahmoqona narsalarni bajara olmasangiz va ularni 
hayotingizning bir qismiga aylantira olmasangiz, demak sizda kuchli psixologik 
bloklar mavjud va ular energiyangizni tashqariga chiqarishingizga yo`l 


qo`ymayapti. Bu holda siz nazoratdagi tentaklikni oz-ozdan o`zingiz uchun ruxsat 
bera oladigan darajada qo`llab, mashq qilishingiz kerak bo`ladi. 
Sizning vazifangiz o`z hayotingizda nazoratdagi tentaklik usulini qo`llab 
ko`rishdan va uning haqiqatan ham foyda berishiga amin bo`lishingizdan iborat. 
Bu tentaklikni va uning ma`nosini o`zingiz o`ylab toping yoki yaqinlaringizdan 
birortasi siz uchun uni taklif qilsin. Lekin sizning bu tentakligingizda 
boshqalarning ishtirok qilishi shart emas. Siz oddiygina bu holatni boshdan 
kechirishingiz kerak. 
Bu usul sizning ichki qoidalaringiz, chegaralanishlaringiz, stereotiplaringiz va 
komplekslaringiz tomonidan siqib qo`yilgan energiyangizning ozod bo`lishiga 
sabab bo`ladi. Bu usulni amalda qo`llab ko`rishingiz natijalarini bo`lsa 
hisobotingizda yozib yuboring. 
Biz hali maqsadlarning amalga oshuvi treningini boshlaganimiz yo`q. Lekin mana 
shu birgina usulni qo`llash bilan siz hayotingizni o`zgartirib yuborishingiz 
mumkin. O`z xohishlaringizning amalga oshuvida siz bu bilan birinchi va juda 
ulkan qadamni qo`ygan bo`lasiz. Chunki bu usul barcha maqsadlaringizning katta 
qiyinchiliklarsiz ham amalga oshuvida eng asosiy rol o`ynaydi. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling