Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
Vazifa:O`zingiz uchun amalda qo`llish mumkin bo`lgan biror nazoratdagi
tentaklikni o`ylab toping. Uni bir necha marta amalda sinab ko`ring. Bular kuchli ahmoqliklar bo`lishiga erishing. Natijalarini yozib yuboring. Ongning o`zgargan holati Trans holati nimaligini his qila olishingiz uchun dastlab relaksatsiya holatiga kirishni o`rganishingiz kerak bo`ladi. Relaksatsiya – bu tananing to`liq bo`shashgan holatidir. Barcha muskullarning to`liq bo`shashi va hech qanday zo`riqishlar bo`lmasligi uchun turli xil usullardan foydalaniladi. Quyida relaksatsiya bo`yicha amaliy mashg`ulot keltirilgan. Mashq: Hech kim sizning tinchingizni buzmaydigan va e`tiboringizni chalg`itmaydigan joyga kiring. Osmonga qarab yoting va ko`zlaringizni yuming. Qo`l va oyoqlaringizni yozing. Butun e`tiboringizni tana sezgilariga qarating: yurak urishingiz, nafas olishingiz, mushaklaringizning og`irligi, zo`riqqanligini his qiling. Sekin nafas oling. Butun e`tiboringizni qorin qismiga qarating. Har bir nafas olganingizda uning ko`tarilib-tushishini his qiling. Endi bo`lsa o`ng oyog`ingizning mushaklarini iloji boricha taranglashtiring va bu taranglikni o`zingiz chidab biladigan vaqtingizgacha ushlab turing. Oyoq mushaklari charchagandan keyin birdaniga mushaklardagi taranglikni bo`shashtiring. Keyin son mushaklarini taranglashtiring va birdaniga bo`shashtiring. Xuddi shu mashqni chap oyoq uchun ham bajaring. Bu mashqni bir necha marta takrorlang. Endi esa quymich mushaklarini taranglashtiring, keyin qorin mushaklarini. Keyin o`ng qo`l mushaklariga o`ting, keyin o`ng qo`lingizni to`liq taranglashtiring va bo`shashtiring. Xuddi shu mashqni chap qo`l uchun ham bajaring. Bu mashqni bir necha marta bajaring. Bu mashqni bajarishda qo`lingizni ko`krak oldida ushlab bir qo`lingiz kafti bilan ikkinchisining kaftini itarishingiz mumkin. Mashqni bir necha marta takrorlang. Butun e`tiboringizni mushaklarni bo`shashtirish vaqtiga qarating. Xuddi shuni yuzdagi mushaklar uchun ham bajaring. Yuzingiz, bo`yningiz, ko`zingiz, peshanangizdagi mushaklarni taranglashtiring va bir onda bo`shashtiring. Butun taningizdagi mushaklarni bo`shashtirganingizdan keyin nafas olishga e`tiboringizni qarating. Bu mashqni bir necha kun davomida kuniga ikki-uch martadan takrorlang va mushaklaringizni to`liq bo`shashtirishni o`rganing. Relaksatsiya mashqini to`liq o`zlashtirganingizdan keyin vizualizatsiya mashqini bajarishni boshlashingiz mumkin. Vizualizatsiya xuddi orzu qilishga o`xshaydi. Lekin undan farq qiladi. Bunda siz oldindan berilgan narsalarni yoki voqealarni tasavvur qilasiz. Vizualizatsiya yordamida siz o`z ichki dunyoingizni yaratishingiz mumkin. Bu dunyoda siz o`zingizni erkin va baxtiyor his qilasiz. Vizualizatsiya biror voqeaning yoki xodisaning yaxshi yakun topishini tasavvur qilishingizdir. Bu mashq juda murakkab va o`ta muhimdir. U bir necha qismlardan tashkil topadi. Siz bu qismlarni bosqichma-bosqich o`zlashtirib olishingiz kerak va natijada har qanday narsa yoki hodisaning aniq-tiniq ichki tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo`lishingiz kerak. Mashq: Yotgan yoki o`tirgan holatda o`zingizma qulay bo`lgan holatni egallang. Tanangizni to`liq relaksatsiya holatiga kiriting. 1. Xonada, sizning atrofingizda bo`lgan biror narsani bir necha soniya davomida kuzating. Bu xohlagan narsa bo`lishi mumkin. Masalan, kitob, choynak, piyola, stol va shunga o`xshashlar. Ko`zingizni yuming va iloji boricha buyumni aniqroq tasavvur qilishga harakat qiling. Keyin ko`zingizni oching va tasavvuringizdagi va haqiqiy buyumlarni bir-biriga taqqoslang va qaytadan ko`zingizni yumib uni yanada aniqroq tasavvur qilishga harakat qiling. 2. Endi ko`zingizni yuming va birorta tirik gulni tasavvur qiling. Bu rayxon yoki atirgul bo`lishi mumkin. Uni qo`lingizga oling va yuzingizga yaqinlashtiring. Uning nafis hidini his qiling. Gulning poyasi qo`lingiga qanday ta`sir qilayotganligini his qiling. 3. Ko`zingizni yuming, butun tanangizni bo`shashtiring va e`tiboringizni bir joyga jamlang. Hozir o`zingiz qaerda ekanligingizni tasavvur qiling. Agar xonada bo`lsangiz uning devorlari, shipi, poli, undagi buyumlarni ko`z oldingizga keltiring. Ularni qo`lingiz bilan silang, ularning harorati va silliqligini his qiling. Endi gugurt qutisini tasavvur qiling. Uni ochib, bitta gugurt cho`pini oling. Uni yoqing. Bunda reallik va tasavvuringizning to`liq mosligiga erishing. 4. Qo`lingizga qarang. Uning ko`rinishi va shaklini eslab qoling. Ko`zingizni yumgan holda qo`ingizni aniq tasavvur qilishga erishing. 5. Ko`zingizni yumgan holda hozir siz turgan xonaning devorlari boshqa rangga bo`yalganligini tasavvur qiling. Dastlab havorang, keyin ko`k, yashil, zarg`aldoq, qizil, oq, sariq ranglarga bo`yalganligini tasavvur qiling. Tasavvuringizning haqiqiyligiga erishing. 6. Ko`zingizni yuming. Quyosh o`z nurlarini sochgancha ko`tarilayotgan tongni tasavvur qiling. Endi yam-yashil o`tloq va zangori osmonni ko`z oldingizga keltiring. Endi esa jazirama yoz kunini tasavvur qiling. Siz kuydirayotgan quyosh tig`idan pana topib bo`lmaydigan sahroda ketyapsiz. Quyosh sizning boshingizni va tanangizning ochiq qismlarini kuydiryapti. Sizning hislaringiz qanday o`zgarishiga e`tibor qarating. 7. Ko`zingizni yuming. Siz iliq suv to`ldirilgan vannada yotibsiz. Endi issiq suv kranini ochasiz va vannaga qaynoq suv tusha boshlaydi, asta-sekin vannadagi suv qiza boshlaydi va vaynoq holatga keladi. Endi esa suvni sovitish uchun sovuq suni oching va suvning sovishini his qiling. 8. Endi esa juda katta balandlikda samolyotdan sakraganingizni tasavvur qiling. Siz yuqoridan pastga erkin qulayapsiz. Butun tanangizni to`liq bo`shashtiring va pastga sho`ng`ishdan rohatlaning. Siz o`z mushaklaringizni boshqara olmaysiz va pastga to`liq bo`shashgan holda qulayapsiz. Bu mashqni to`liq o`zdashtirishingiz uchun oldingi mashqqa nisbatan ancha ko`p vaqt ketishi mumkin. Lekin tasavvuri yaxshi rivojlangan ayrim kishilar buni juda tez o`zlashtirishlari ham mumkin. Lekin baribir siz har kuni bir necha martadan bu mashqni takrorlashingiz kerak. Odatda, bu mashqni o`zlashtirib olishga bir-ikki hafta vaqt ketadi. Ammo bu vaqt siz oladigan foyda oldida juda kam vaqtdir. Bu mashq sizning kelajakdagi muvaffiqiyatlaringiz asosidir. Endi bo`lsa yana bitta mashqni bajarishga kirishamiz. Bu mashq kontsentratsiyani oshirishga mo`ljallangan. Uni to`liq o`zlashtirib olish uchun bir necha kuningizni ayamang. Mashq: Ko`zingizni yuming. Endi birorta buyumni tanlang. Bu buyumga qarash sizga yoqimli bo`lishi kerak. Endi bo`lsa xuddi dunyoda boshqa hech narsa yo`qday ungabutun ichki e`tiboringizni qarating. Siz bunda o`zingizni zo`rlamasdan e`tibor berishga harakat qiling. Qaraganda ham xuddi bu buyumga qiziqayotganday qarashingiz kerak. Asta-sekin e`tiboringiz doirasini qisqartiring va tashqi ta`sirlarga e`tiboringizni chalg`itmaslikka harakat qiling. E`tiboringiz qaratilgan buyum bilan birlashib ketganligingizni his qiling. E`tiboringiz chalg`ishiga yo`q qo`ymang. Agar boshqa narsaga chalg`iy boshlaganingizni sezsangiz, yana dastlabki buyumga e`tiboringizni qarating. Siz bu mashqni to tanlangan buyumga e`tiboringizni 5- 10 daqiqa davomida qarata oladigan bo`lguningizcha qaytarishingiz kerak. Agar boshida sizga ichki ob`ektga e`tiboringizni jamlash qiyin bo`lsa, e`tiborni kuchaytirishni tashqi ob`ektda mashq qilishingiz mumkin. Buning uchun eng yaxshisi oq qozoz varag`ida qizil yoki qora nuqta chiziladi va devorga osib qo`yiladi. Keyin bo`lsa ko`zni pirpiratmasdan va e`tiboringizni chalg`itmasdan 5-10 daqiqa davomida ushbu nuqtaga qarashni mashq qiling. Oldin tashqi ob`ektda keyin esa ichki ob`ektda ko`rsatilgan muddatgacha e`tiborni chalg`itmasdan kontsentratsiyalana olsangiz, mashqni tugagan deb hisoblash mumkin. Relaksatsiya, kontsentratsiya va vizualizatsiyani mashq qilishingizsizga ongning o`zgargan holatiga o`tish uchun kerak bo`ladi. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling