Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
bo`lmasligi kerak.
Bundan tashqari siz har qanday holatda ham mushaklaringizni to`liq bo`shashtirishni o`rganishingiz kerak. Buning uchun kundalik hayotingizdagi turli sharoitlarda tanangizni bo`shashtirishni mashq qilishingiz kerak. Maslan, transportda ketayotganingizda, uyda televizor oldida o`tirganingizda, ish orasida salgina vaqt bo`sh bo`lsangiz va boshqalarda. Bu vaqtda siz o`zingizning qo`g`irchoq odam ekanligingizni eslasangiz bo`ldi, shu zahotiyoq bo`shashasiz. E`tiborni jamlash mashqi sifatida uzoq vaqt davomida nafas olishingiz, biror harakat, biror fikr yoki biror ovozga e`tibor qaratishni mashq qilishingiz mumkin. Oldingi mashqlarni bajargan bo`lsangiz, bu mashqni bajarish siz uchun og`irlik qilmaydi. Vizualizatsiya haqida biz siz bilan gaplashgan edik. Bu termin bizning hayoliy obrazlarimizni bildiradi. Buni amalda sinab ko`rishning eng oddiy yo`li limonni tasavvur qilishdir. Siz sap- sariq limonni olasiz va uni pichoq bilan kesa boshlaysiz. Pichoq unga botishi bilan pichoqning qirrasi bo`ylab limon sharbati oqa boshlaydi. Keyin siz limondan bir bo`lak kesib olasiz va og`zingizga solasiz. Uni sekin so`rasiz va chaynay boshlaysiz. Shu qatorlarni o`qiyotib og`zingiz tupukdan to`lib ketganligini tasavvur qilyapman. Chunki buni yozayotib o`zim ham shu ahvolga tushyapman. Shu erda o`zim eshitgan bitta hikoyani aytib bermoqchiman. Moxir fleytachining kontsertini buzishni xohlagan dushmani bu ishni limon yordamida amalga oshiradi. Buning uchun u kontsertda birinchi qatorga o`tirib oladi va mazza qilib limonni kesib olib ey boshlaydi. Buni ko`rib turgan fleytachi bo`lsa so`lak bezlarining ishi tufayli fleytasini chala olmay qoladi. Xuddi shuningdek ta`sir qiladigan boshqa mashqlar ham bor. Lekin ularning samaraliligi sizning tasavvuringizning qanchalik boyligiga bog`liq. Limon bilan mashq qilish osonroq, chunki uni tasavvur qilish ham osonda. Vladimir Levi armiyadan qochmoqchi bo`lgan gruzin askari haqida shunday yozgan edi. Bu askar armidan uyiga qaytish uchun uni yoshligida ari chaqib olganini eslashi bilan uning butun tanasiga toshmalar toshib ketadi. Bu toshmalar shu darajada haqiqiy ediki hech qaysi vrach buning sababini aniqlay olmasdi. Laboratoriya tahlillari askarning sog` ekanligini ko`rsatardi. Lekin uning butun tanasi toshmalar bilan qoplangandi. Lekin bu askar o`sha ari chaqib olgan kuni unga kaltsiy xlorid ukolini qilishganini eslashi bilan bu toshmalar yo`qolib ketardi. O`zingiz ham muzlab qolganingizni yoki yozning jaziramasida ko`chada piyoda ketayotganligingizni tasavvur qilib ko`ring. Darhol tanangizda tegishli o`zgarishlarni his qilasiz: sovub yoki isib ketganligingiz, chanqaganingiz yoki qotib qolganingizni. Albatta bu hislaringizning kuchi siz ushbu holatni qanchalik aniq tasavvur qila olishingizga bog`liq bo`ladi. Har qanday holatni tasavvur qilishingiz bilan organizmda xuddi shu sharoitga mos bo`lgan murakkab fiziologik o`zgarishlar sodir bo`la boshlaydi. Akademik Pavlov aytganidek “Harakat haqida o`ylashimiz bilan biz uni amalga oshiramiz”. Buni ilmiy tadqiqotlar ham tasdiqlagan. Hatto hozirgi vaqtda komonavtlarni mashq qildirishda bu usuldan foydalaniladi. Chunki ular vaznsizlik sharoitida mushaklarini mashq qildirishlari qiyin bo`ladi va vaqt o`tishi bilan mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bu holat yuzaga kelmasligi uchun ular biror bir mashqni bajarganliklarini tasavvur qiladilar va bu vaqtda ular tasavvur qilgan holatda ishlashi kerak bo`lgan mushaklarning tonusi oshadi, yurak urishi o`zgaradi va boshqa jarayonlar sodir bo`ladi. Odamlar bilan muloqotda ham xuddi shu narsa kuzatiladi. Siz hayolan biror suhbatga tayyorlanayotgan vaqtingizdayoq siz bu odam bilan gaplasha boshlagan bo`lasiz. Faqat bu suhbatingiz o`ta nozik quyi ong darajasida sodir bo`ladi. Xuddi hech nima sodir bo`lmagandek bo`ladi, lekin aslida sizning xuddi shu hayoliy suhbatingiz haqiqiy muloqotning qanday o`tishini belgilab beradi. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling