Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

MUHIM QOIDA: 
Agar xohish haqiqiy va chegaralanmagan bo`lsa, uning amalga oshishi uchun 
qanday harakatlar qilish kerakligini ichki intuitiv mayllari ko`rsatadi! 
Birovlarning tasodifan omadi kelib qolganini hech eshitganmisiz? Odam tasodifan 
boshqa yo`ldan yuradi va o`ylab yurgan narsasini topadi. Yoki birov u xohlamagan 
lotereya biletini majburlab beradi va unga katta yutuq chiqadi. Ayrim hollarda 
odam shunday og`ir ahvolda qoladiki, undan chiqish yo`li umuman ko`rinmaydi, 
o`zini otishdan boshqa yo`l yo`qday. Lekin sharoit shunday bo`lib qoladiki, u 
hamma yo`qotgan narsalarini o`zi ham o`ylamagan yo`l bilan qayta topadi. 


Tugullangan xohish psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda insonning quyi 
ongiga kiritilgan dasturning amalga oshishidir. Inson doimiy ravishda o`zini o`zi 
sezmagan holda turli harakatlarga dasturlaydi. Ushbu treningda berilgan o`z-o`zini 
dasturlash to`g`risidagi ma`lumotlarga “Taqdir xo`jayini” dagi ong bilan ishlash 
texnikalari juda yaxshi qo`shimchi bo`ladi. Bu texnikalar yordamida siz o`z 
hayotingizdagi imkoniyatlaringizni keskin oshirishingiz mumkin. 
Lekin ko`pchilik hollarda odamlar quyi ongni o`z xohishlarini amalga oshishiga 
emas, balki boshqa maqsadlarga dasturlash bilan shug`ullanishadi. Masalan, o`ziga 
beradigan baholarini oshirishadi, biror mavzuda orzu qiladi va boshqalar. Bu 
jarayon ularga lazzat bag`ishlaydi. 
Amalga oshmaydigan xohishlar – bu xohlashni xohlashdir. Ular amalga oshishiga 
ishonchning yo`qligi va uning amalga oshishi uchun harakat qilishga xohishning 
yo`qligi bilan xarakterlanadi. Agar uning amalga oshishiga ishonmasang, amalga 
oshirish uchun urinishning nima keragi bor? Buning hech qanday ma`nosi yo`q. 
O`zing ishonmaydigan narsaga erishish ham mumkin emas. Shuning uchun ham 
xohlagan ishda ham birinchi o`rinda ishonchni yaratish kerak, ya`ni tugallangan 
xohishni shakllantirish kerak. 
Bu mavzuda shunday latifa ham bor. Bir kishi doimiy ravishda lotereyaga katta 
yutuq chiqishini tilab xudoga iltijo qilar ekan. Farishtalar xudoning oldiga borib, 
mana shu odamga ham bir marta lotereyaga yutuq chiqsin deb so`rashibdi. Shunda 
xudo – u ham menga bir marta imkoniyat berib, lotereya sotib olsinda – deb javob 
bergan ekan. 
Ayrim hollarda bo`lsa, haqiqiy xohishlar boshqalar tomonidan qabul qilinmasligi 
tufayli, ular qabul qila oladigan boshqa xohishga almashtiriladi. Bu yolg`on 
xohishdir. Shu yo`l bilan odam o`zini ham atrofdagilarni ham aldaydi. 
Misol: Men biladigan bitta oilada ikkita o`g`il va bitta qiz bor. Ota va ona 
ularning ustidan qush ham uchirmaydi. Hamisha ularni yaxshi kiyinishi, yeyishi va 
tarbiya olishi uchun harakat qilishadi. Boshqalar ham bu oilani tartibli va 
hurmatli oila deb bilishadi. Lekin bu oilada boshqalardan farqli ravishda 
bolalarning ota-onaga bog`liqligiga juda katta e`tibor beriladi. Bolalarning hech 
qaysisi otasi yoki onasidan ruxsat olmaguncha biror ishni bajarishlari mumkin 
emas. Bu qanday ish bo`lishidan qat`iy nazar ota-onaning ko`rsatmasi bilan 
amalga oshiriladi. Bu ko`rsatmadan chetga og`ish mumkin emas. Nazorat total 
darajada. 
Bir tomondan qaraganda bu yaxshiday. Bolalar yomon yo`lga kirib ketmaydi va 
yaxshi tarbiya ko`rishadi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bunda 
bolalarning nimani xohlashlari umuman e`tiborga olinmaydi. Oilada faqat ota-
onaning xohishi bo`yicha ish qilinadi. Mustaqil harakatning har qanday ko`rinishi 
bosh ko`tarmasdan yanchiladi. Natijada bolalarning birortasi ham shu paytgacha 
hayotda o`z yo`lini topa olmagan. Katta o`g`il 50 da, ikkinchi o`g`il 47 yoshda, 


qizi bo`lsa 42 da. Ikkala o`g`il ham oilalik, lekin oilasini otasining yordamisiz 
boqa olmaydi. Qiz bo`lsa turmush qurgan va doimiy ravishda onasining 
maslahatlariga amal qilganligi sababli ajrashib ketgan va hozir ham ota-onaning 
oldida. Ota-ona bo`lsa hozir ham bolalarining tarbiyasi bilan shug`ullanishmoqda 
va ularning har bir qilgan harakati haqida hisobot olishadi. 
Men bu holatni taxlil qilib shunday xulosaga keldim. Bu oilaning qo`ni-qo`shnilar 
bilan ham aloqalari ham yaxshi emas. Xuddi dengizdagi orolga o`xshaydi. Bundan 
ota-ona jamiyatda tan olinmaganligi ko`rinib turibdi. Ana shu kamchilikni 
to`g`irlash uchun oila boshliqlari farzandlarini qurol qilib olishgan. Ular ustidan 
o`z hukmlarini o`tkazishmoqda. Lekin tashqi tomondan ular bolalariga g`amxo`rlik 
qilayotganday ko`rinadi. Bu harakatlarning hammasi jamoatchilik ularni tan olishi 
uchun mo`ljallangan. 
Kuchli xohishlar hamisha amalga oshadi. Buning uchun siz nimani 
xohlayotganligingizni aniq bilishingiz kerak. Ayrim kishilar bo`lsa – Men hech 
nimani xohlamayman – deyishadi. Albatta, hech narsani xohlamaslik mumkin 
emas. Faqat murdagina xohishlarga ega emas, tirik jonning qandaydir xohishi 
albatta bo`ladi. 
Endi bo`lsa xohishni tugallangan darajaga etkazish uchun uchun nima qilish 
kerakligi haqida gaplashamiz. Shunday qilib sizning xohishingiz tayyor obraz 
shaklida shakllantirgansiz (vizual). Shundan keyin siz bu xohishingizga iloji 
boricha ko`proq e`tibor qaratishingiz kerak. Ko`proq vaqt uning e`tiborda ushlab 
turishingiz va u haqda o`ylashingiz kerak. Bu vaqtda o`z xohishingizni qanday 
qilib yanada yaqinlashtirish mumkinligini o`ylang. Ma`lum vaqt o`tgandan keyin, 
bu bir necha soat, kun yoki hafta bo`lishi mumkin, bu vaqt xohishning katta-
kichikligi va sizning tasavvuringizning qanchalik rivojlanganligiga bog`liq, bu 
obraz o`z hayoti bilan yashay boshlaydi, u sizni butunlay egallab oladi va o`z 
kuchini sizga bera boshlaydi. U sizga yaqin bo`ladi. U sizning bir qismingizga 
aylanadi. 
Shunga e`tibor beringki, bunda siz biror o`zgacha harakat qilishingiz shart emas. 
Faqat 
e`tiboringizni 
o`z 
xohishingizni 
o`ylashga 
qaratishingiz 
kerak 
(kontsentratsiya). To`g`rifikrlar, qarorlar va harakatlar o`zi keladi. Bu juda 
muhim. O`zingizni zo`riqtirishingiz yoki majburlashingiz shart emas. Har qanday 
fikrning o`zi keladi. Siz esa faqat o`z xohishingizga sozlanishingiz va kerakli 
to`liqinni ushlashingiz kerak. Bunday xohishga sozlanish o`z-o`zini dasturlashning 
bir turidir. Sizning irodangiz bu erda deyarli rol o`ynamaydi. Uning vazifasi faqat 
chalg`igan e`tiborni yana xohishingizning obraziga qaytarishdangina iborat. 
Sizning e`tiboringiz qaratilgan ob`ektga nisbatan siz o`zingizni sezilmas qilishingiz 
kerak. Ya`ni unga oyoq uchida, shovqin chiqarmasdan yaqinlashish kerak. Ya`ni 
unga erishish uchun zo`r bermasligingiz kerak. Har qanday zo`riqish ob`ektning 
sizdan uzoqlashishiga olib keladi. 


Siz o`z quyi ongingizni xohishingizni amalga oshirishga dasturlaysiz va shundan 
keyin uning sizga qanday qarorlar va fikrlar berishini kuzatasiz. O`z-o`zini 
dasturlash xuddi o`zingizni biror narsaga vasvasa qilib, undan oladigan 
lazzatingizni oldindan his qilishga o`xshaydi. Ha, aynan oldindan lazzatlanish. 
Buni aniqroq aytadigan bo`lsak shaxvoniy vasvasa bilan taqqoslash mumkin. Ya`ni 
oldiniga uncha xohlamay turgan bo`lsangiz ham, borgan sari qizisha boshlaysiz va 
oxirida to`xtay olmay qolasiz. O`z-o`zini dasturlash natijasida quyi ong sizga 
harakatlar rejasini ishlab beradi. Shundan keyin o`zingiz harakatga tushib ketasiz 
va harakatlaringiz qiyinchilik eng kam bo`lgan yo`nalish bo`yicha ketadi. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling