Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

xohlagan 
narsani 
istashga 
haqimiz 
bormi? 
O`z 
xohishlarimizni o`zimiz tanlay olamizmi? Bu savollarga hozir javob bermayman. 
Ularga sizning o`zingiz javob bering va shu bugunoq bergan javobingizni 
daftaringizga yozib qo`ying. 
Yana bir muammo borki, ayrim odamlarning istaklari amalga oshadiyu, 
boshqalarning istaklari nimagadir amalga oshmaydi. Nimaga shunday bo`lishini 
ko`pchilik bilmaydi. Buning sababini treningni o`tish davomida bilib olasiz. 


Hozir esa istaklarning amalga oshishiga misollarni ko`rsak. 
Bitta talaba shartnoma asosida o`qir edi. U kuzgi semestr uchun shartnoma pulini 
to`lash vaqti yetganiga qaramasdan oilaviy sharoiti tufayli to`lay olmay qoldi. 
Oilasida va yaqinlarida buncha pul yo`q edi. Notanish kishilar bo`lsa talabaga 
qarzga pul berib turishni xohlashmadi. Endi uni talabalar safidan chiqarishga 
tayyorlanishayotganda u pul to`laganligi haqidagi kvitantsiyani ko`tarib kelib 
qoldi. 
Hamma muddatlarni o`tkazib yuborgandan keyin ham u pul to`lab kelganligiga 
hamma hayron qoldi. Chunki bank shartnoma pulini to`lash muddati tugagandan 
keyin talabalardan vazirlikdan alohida buyruq bo`lmaguncha o`qish uchun pul 
qabul qilmaydi. 
Nima bo`lganini so`rasak, talaba oxirgi daqiqagacha pul topishga uringani va 
albatta pulni topib to`lashi va o`qishni davom ettirishiga ishonganligini aytdi. 
Oxirgi muddat ham o`tib ketgandan keyin bo`lsa, nima bo`lsa bo`ldi, mabodo 
o`qishdan haydashsa keyingi yil qaytadan tiklash imkoniyatim borku, degan fikrga 
kelgan. Shundan keyin hamma ishni yig`ishtirib, shahar parkiga aylanishga ketadi. 
Parkda aylanib yursa, bir kishi kelib undan nima muammosi borligini so`raydi. U 
ham o`z muammolari haqida aytib beradi. Bu kishi firma egasi bo`lib chiqadi va u 
ishlari gurkirab rivojlanib borayotganiga shukrona sifatida xudoyi bermoqchi 
ekanligi va bu xudoyini og`ir ahvolda qolgan talabaga bersa, o`z joyida qabul 
bo`lishini aytadi va unga kerakli summani beradi. Bankga yugurib borgan 
talabaning pulini bank xodimlari ham hech qanday qarshiliksiz qabul qilishadi. 
Ikkinchi misol. Prorektorimizga o`qituvchilik qilish jonimga tekkani va boshqa 
ishga o`tmoqchiligimni aytdim. U bo`lsa, hozir xalqaro aloqalar bo`limi 
boshlig`ining o`rni bo`shligi va u erga darrov ishga o`tishim mumkinligini ayti. 
Men ham uzoq o`ylab o`tirmasdan rozi bo`ldim. Oradan bir haftalar o`tgandan 
keyin prorektorning elektron pochtasini ko`zdan kechirayotib, oldingi bo`lim 
boshlig`i nomiga Belgiyaga borib-kelishga kelgan taklifnomani ko`rib qoldim. 
Men shu paytgacha chet elga chiqib ko`rmagan edim va safarga jo`nashga bor-
yo`g`i ikki hafta muddat qolgan edi. Shunda men shu taklifnoma menga kelgan 
bo`lganida hozir ketishga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`lar edim deb o`yladim va 
o`zimni samolyotda ketayotganligimni tasavvur qildim. Lekin endigina ishga 
kirishgan xodimning grant hisobidan chet elga borib-kelishi mumkin bo`lmagan 
holat edi. 
Albatta men bu hayollarim haqida hech kimga gapirmadim. Lekin oradan ikki kun 
o`tgandan keyin prorektorimiz meni chaqirib, hozirda sharoit tufayli hech kim bu 
safarga bora olmasligi va shuning uchun xujjatlarimni tayyorlashim kerakligini 
aytdi. Ancha yugur-yugurlar bo`lib o`tdi va samolyot uchishiga yarim soat 
qolganda barcha xujjatlarimni tayyorlab, taksi ushladim va aeroportga uchdim. 


Bu mening chet elga chiqish bo`yicha birinchi tajribam edi. Keyin bilishimcha 
bizning sharoitimizda chet elga ciqish uchun xujjat tayyorlashga kamida to`rt 
hafta vaqt talab qilinar ekan. 
Siz ham shunga o`xshash misollardan bir nechtasini eshitgan va hayotingizda 
ko`rgan bo`lishinigz kerak. Ularni eslab ko`ring. Bularning hammasi inson va atrof 
muhitning o`zaro aloqadorligiga oid savollarni o`rtaga qo`yishimizga sabab 
bo`ladi. 
1. Bizning fikrlarimiz va atrofimizdagi olam orasida biz bilmaydigan biror 
bog`liqlik yo`qmikan? 
2. Agar bunday aloqadorlik bo`lsa uning tabiati qanaqa? 
3. Ushbu bog`liqlikni biz o`z foydamizga ishlata olamizmi? Agar ishlata olsak, 
qanday qilib? 
Fikrlarning atrofdagi hodisa va voqealarga ta`siri juda katta ekanligini sizga 
hozirdanoq aytishim mumkin. Ta`sir qilganda ham biror vosita yordamida emas, 
balki to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qiladi. 
Bu esa o`z fikrlaringiz bilan to`g`ri ishlash orqali va to`g`ri fikrlash orqali siz 
atrofingizda sodir bo`layotgan voqealarni o`zgarishingiz mumkin deganidir. 
Maslan, boshqalarning o`zini tutishini o`zgartirishingiz, har xil kasallardan 
qutulishingiz, 
biror 
voqeani 
sodir 
bo`lishini 
tezlashtirishingiz 
yoki 
kechiktirishingiz va shunga o`xshash ta`sirlarni ko`rsatish imkoniyatingiz bo`ladi. 
Endi hammasini bir chekkadan ko`rib chiqsak. Insonning sub`ektiv ishonchi uning 
jismoniy holatini ham o`zgartirishga qodir. 
Bunga oddiygina misol keltirsam. Bitta tanishim bir qo`li yo`q va erkaklarning eng 
mukammal namunasi bo`lmasa ham o`zini dunyodagi eng zo`r erkak deb 
hisoblaydi. Yoshi 35 ga borib qolgan bo`lishiga qaramasdan haligacha bo`ydoq. 
Lekin u bilan yuradigan qizlarga juda ko`pchilik erkaklarning havasi keladi. U bir 
kunda bir nechta qizlarga uchrashuv tayinlashini hatto u uchrashib yurgan qizlar 
bilishsa ham undan ko`ngil uza olishmaydi. 
Men o`zim ko`rgan va boshqalardan eshitgan voqealarni umumlashtirib shuni 
aytishim mumkinki, odam biror sharoitga tushib qolmaydi. Bu sharoitni uning o`zi 
yaratadi. Maslan, aldanib qolgan kimsalarning hammasi aldoqchilarga o`zlari yo`l 
ochib berishgan. Albatta, siz - yo`q bunday bo`lgan emas, meni aldab ketishdi. 
Men buni o`zim xohlaganim yo`q – deyishingiz mumkin. Ammo, bu hech narsani 
o`zgartirmaydi. 
Agar siz o`z hayotingizni kurashdan iborat va atrofdagi odamlarning hammasi 
axmoqlar va o`zini o`ylaydiganlar deb o`ylasangiz, hayot bu fikrlaringizning 
amalga oshishiga yordam beradi. Agar siz hamma odamlar sizga yaxshi 


munosabatda bo`lishi va og`ir vaqtlarda sizga yordam berishlariga ishonsangiz, bu 
ham albatta amalsha oshadi. 
Hammamiz dunyoga o`z ishonchlarimiz orqali qaraymiz va unda ham faqat 
o`zimiz ishongan narsanigana ko`ramiz. Agar siz muvaffaqiyatli odam 
ekanligingizga ishonsangiz, hayot buning tasdig`ini sizga ko`rsatadi. Agar fikr 
kuchi bilan hech narsani o`zgartirish mumkin emas deb hisoblasangiz, hayot bu 
fikrning ham to`g`riligini isbotlab beradi. 
Atrofimizdagi olam bizning ichki ishonchlarimizning aksidir. Biz tashqi deb 
hisoblaydigan narsalarning hammasi aslida bizning ichki mazmunimizdan kelib 
chiqadi. Ichkarida qanday bo`lsa, tashqarida ham shu narsa bo`ladi. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling