Istamov Shoxjahon Inovatsion ta'lim texnalogiyasining konseptual asoslari


Ta‟limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi haqida tushuncha


Download 169.81 Kb.
bet5/8
Sana11.05.2023
Hajmi169.81 Kb.
#1453945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Texnologiya fanini oqitishda inavatsion pedagogik texnalogiyalar

5. Ta‟limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi haqida tushuncha.
SHaxsga yo’naltirilgan texnologiya insonparvar falsafa, psixologiya, pedagogikani umumlashgan holda o’ziga aks ettiradi.
SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o’z imkoniyatlarni o’zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an‘anaviy texnologiya-dagi bilim va ijtimoiy me‘yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi. SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning o’ziga xosligi shundaki, ular shaxs rivojlanishini qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha uning(shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida shakllanti-rishga yo’naltirilgan. Ta‘lim mazmuni o’zida bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidan kelib chiquvchi muhitni aks ettiradi. Uning insonparvarlik xususiyati insonga, insonparvar me‘yorlarga va ideallarga e‘tibor qaratilganligidir. SHaxsga yo’naltirilgan texnologiya har bir bolaning individual o’ziga xosligi bilan bog’liqlikda ta‘lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. SHaxsga yo’naltirilgan texnologiya an‘naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar, mustaqilligini e‘tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo’yiladi. Sevish, g’amxo’rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o’zini-o’zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi. SHaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim asosida Karl Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan falsafa, psixologiya va pedagogikadagi insonparvarlikka yo’naltirilgan tamoyillar yotadi: - individ doimiy o’zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas;
- inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di;
- individ o’zini-o’zi bilish va o’zini-o’zi realizatsiyalashga harakat qi-ladi, u o’zini-o’zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo’ladi;
- muloqot natijasida erishish mumkin bo’lgan rivojlanish uchun zarur o’zaro bir-birini tushunish;
- o’zini-o’zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bilan o’zaro harakat
asosida kelib chiqadi. To’g’ridan-to’g’ri yoki yashirin aloqa-lar natijasida erishiladigan tashqi
baho inson, uning o’zini-o’zi bilishi uchun juda muhim.
SHaxsga yo’naltirilgan ta‘limning bosh g’oyalari (I.S. YAkimanskiy bo‗yicha)
quyidagilarda aks etadi:
- shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limning maqsadi: o‗quvchilarning bilish faolligini oshirish, bolaning individuallligini yuqori darajada kashf eta olish;
- bilim bo‗yicha berilgan me‘yor sifatida ta‘lim, jarayon sifatida o’qitishga alohida urg’u beradi;
- o’qitish deganda, ta‘lim jarayonida berilganlarini ijtimoiy-ahamiyatli namunalarga aylantirishga yo’naltirilgan har bir bolaning alohida individul faoliyati tushuniladi;
- o’quvchi sub‘ektivligiga ta‘limiy ta‘sir natijasida kelib chiquvchi sifatida emas, boshidanoq unga o’ziga xosligi sifatida qaraydi;
- ta‘lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir o’quvchining shaxsiy tajribasi va uning ijtimoiylashuvini aniqlash bo’yicha ish o’tkazilishi kerak;
- bilimlarni egallash maqsadi o’quvchi rivojlanishi uning imkoniyatlari va individual ahamiyatli qadriyatlarni hisobga olish vositasiga aylanadi.
SHaxsga yo’naltirilgan ta‘limning an‘anaviy didaktik tizimdan asosiy farqli jihatlari:





Download 169.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling