Istamov Shoxjahon Inovatsion ta'lim texnalogiyasining konseptual asoslari


Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkil etish texnologiyasini


Download 169.81 Kb.
bet7/8
Sana11.05.2023
Hajmi169.81 Kb.
#1453945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Texnologiya fanini oqitishda inavatsion pedagogik texnalogiyalar

8. Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkil etish texnologiyasini
“Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va metodikasining o„ziga xosligi. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‗qituvchi va o‗quvchilar) o‗rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‗zaro munosabatlari tashkil etishini ta‘kidlab o‗tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‗z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‗oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta‟limi Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi. “Hamkorlik pedagogikasi”ning tasnifiy tavsifi: Qo„llanish darajasiga ko„ra: umumpedagogik. Falsafiy asoslariga ko„ra: insoparvar. Asosiy rivojlanish omillariga ko„ra: majmuaviy, biogen, sotsiogen va psixogen.
 zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan tug‗ridan-to‗g‗ri majburlashdan metod sifatida voz kechish: - majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik; - tug‗ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‗qitish; - muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‗ladigan majburiy istakni almash-tirish; - bolalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‗rnatish; - jamoa orqali bevosita talablarning qo‗llanishi.
 Individual yondashuvning yangi talqini: - o‗rta o‗qiydigan o‗quvchilarga yo‗naltirishni bekor qilish; - shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash; - shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish (qiziqiщlari, qobiliyati, yo‗nalganlik, Menkonsepsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‗ziga xosligi)ning qo‗llanilishi; - o‗quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‗ziga xosliklarini hisobga olish; - shaxs rivojini bashorat qilish(prognozlash); - rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini lo-yihalash.
2. Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua: - ta‘lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi; - bilim, ko‗nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‗rgatish; - maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‗tilishi; - ta‘limning variativligi va tabaqalashganligi; - o‗rgatishning ijobiy rag‗batlaridan foydalaniladi.
3. Tarbiya konsepsiyasi: - Bilimlar maktabini Tarbiya maktabiga almashtirish; - barcha tarbiyaviy tizimlar markazida o‗quvchi shaxsini qo‗yish; - tarbiyaga insonparvar yondashuv, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini rivojlantirish; - milliy va madaniy an‘analarni tiklash; - individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish.
4. Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash. Oila, maktab va ijtimoiy borliq o‗sib kelayotgan avlodni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlar sifatida aks etadi. Natijalar barcha uchta tarbiya manbalarining birgalikdagi harakatida aniqlanadi. Bundan bolalarni himoya qiluvchi ijtimoiy va davlat instititutlariga ta‘sir etuvchi ota-onalar bilan hamkorlik, omilkor boshqarish g‗oyasi kelib chiqadi.


Download 169.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling