Iste’mol va jamg‘arma
-savol ► Iste’mol – bu keng ma’noda
Download 143.67 Kb. Pdf ko'rish
|
19. Iste\'mol va jamg\'arma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’mol va jamg‘arma .
1-savol ►
Iste’mol – bu keng ma’noda jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning pirovard natijalari, iqtisodiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish jarayonini bildiradi. Iste’mol va jamg‘arma . 365 Iqtisodiyotdagi iste`mol va daromad orasidagi boshqa shu kabi teng kuchli bog’liqliklar makroiqtisodiyotdagi puxta asoslangan bog’liqliklardan biri bo’lib xizmat qiladi. bu bog’liqlikni o’rganish orqali biz shuningdek, daromad va jamg’arma orasidagi bog’liqliklarni tahlil qilamiz. Yodingizda bo’lsa, iqtisodchilar shaxsiy jamg’arib boriladigan pul mablag’ari terminiga ‘sarfl amaslik’ yoki ‘iste`mol qilinmay qolgan soliqlardan keyingi daromadlar’ deb ta’rif beradilar. Jamg’arma (J) ixtiyordagi daromaddan (ID) iste`molni (I) ayirib tashlangan qismiga tengdir. Mamlakatning iste`mol darajalari va jamga’rmalarini ko’p omillar belgilab beradi, ammo eng ahamiyatli omil esa ixtiyordagi daromaddir. AQShdagi ba’zi tarixiy ma’lumotlar e’tibor qarataylik. Grafik 8.1dagi har bir nuqta 1983 yildan beri 1 yil uchun ixtiyordagi daromadni va iste`molni ifodalaydi. Shu nutqalarda erkin joylashtirilgan C chizig’i iste`molni ixtiyordagi daromadga bevosita bog’liq ekanini ko’rsatadi; buning ustiga, uy xo’jaliklari daromadlarining ko’p qismini sarfl ab yuborishadi. Lekin masalagan kengroq yondashish taqozo etiladi. 45º (darajali) to’g’ri chiziq tayanch chizig’i hisoblanadi. 1 Chunki u grafikning ikki o’qi hosil qilgan 90 º li burchakni teng ikkiga bo’ladi va undagi har bir nuqta ikki o’rdan teng masofada joulashgan. 45º (darajali) to’g’ri chiziqning har bir nuqtasida kiste`mol ixtiyordagi daromadga tenglashadi, yoki I = ID. Shuning uchun, 45º (darajali) to’g’ri chiziq va gorizontal o’qdagi har qanday nuqta orasidagi tik masofa iste`mol yoki ixtiyordagi daromadni o’lchashda yordam beradi. Agar undan ixtiyordagi daromadni o’lchashda foydalansak, u bilan iste`mol chizig’i orasidagi I deb belgilangan vertikal masofa o’sha yilgi jamg’armani (J) miqdorini ko’rsatadi. Jamg’arma istalgan yildagi real iste`molni 45º (darajali) to’g’ri chiziqqa yetmaydigan miqdordir. (J = ID – I). Misol uchun, 1992 yilda ixtiyordagi daromad $4751milliardni va iste`mol esa $4385 milliardni tashkil etgan bo’lsa, jamg’arma $366 milliardni tashkil etgan edi. 1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 147. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling