Iste’mol va jamg‘arma
Download 143.67 Kb. Pdf ko'rish
|
19. Iste\'mol va jamg\'arma
Iste’mol va jamg‘arma
. 372 talabni ta’minlash uchun etarli bo‘ladi. Demak jamg‘arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo‘lishiga olib keladi. Jamg‘arma daromadlardan mablag‘larni olib qo‘yishni bildirib iste’molchilik sarflari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o‘z daromadining qandaydir, qismini jamg‘arsa, o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to‘ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qi smidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi. Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi. Iqtisodiy jamg‘arish darajasini belgilovchi omillar: milliy daromad (foyda) miqdori; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling