Iste’mol va jamg‘arma


Download 143.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana23.04.2023
Hajmi143.67 Kb.
#1388610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
19. Iste\'mol va jamg\'arma

Iste’mol va jamg‘arma 
 

369 
soliqlarning oshirilishi iste`mol chizmasining, va xuddi shu kabi jamg‘arma 
chizmasining quyiga sijishini keltirib chiqaradi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi 
natijasida olingan dromad qismi qisman uy xo‘jaliklarining iste`moliga va qisman 
jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Soliqlarning qisqarishi iste`mol va jamg‘arma 
chizmalarining yuqoriga sijishini keltirib chiqaradi. 
Jamg`armaning iqtisodiy mazmuni, maqsadi va unga ta`sur 
etuvchi omillar

Jamg‘arma – iste’mol sarflaridan keyin turli majburiy to‘lovlar chegirib 
tashlangandan keyin qolgan daromadning bir qismi.
Jamg‘arma – bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlari bir qismining 
foizli daromad olish va kelajakdagi iste’molini 
qondirish maqsadida to‘planib (jamg‘arilib) 
borishidir.
Jamg‘arish 
iqtisodiyotdagi 
yalpi 
sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib
investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini 
belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning 
amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli 
dastlab tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari 
va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan 
boshlaymiz. 
Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, 
shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi. 
Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida 
yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini 
kengaytirish, 
rekonstruksiyalash 
va 
yangilashga 
qilinadigan 
xarajatlarni 
ifodalaydi. 
“Jamg‘arish” va “kapital 
mablag‘” yoki “investitsion 
sarflar” tushunchalari bir xil 
mazmunga ega emas. Bir 
tomondan, kapital mablag‘ 
yoki 
investitsiyalarning 
chegaralari jamg‘arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya’ni 
eskirgan ob’ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya 
fondining bir qismi ham ularning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, 
“jamg‘arish” tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u 
faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek, ehtiyot 
zahiralarining kengayishini ham anglatadi.

Download 143.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling