Iste’mol va jamg‘arma
Download 143.67 Kb. Pdf ko'rish
|
19. Iste\'mol va jamg\'arma
Iste’mol va jamg‘arma
. 368 1929 yilda fond birjasining qaqshatqich inqirozga uchrashi deyarli bir zumdayoq ko‘plab oilalarning moliyaviy farovonligiga zarar keltirdi. Shu sababli depressiyaga uchragan 30-yillar davomida iste`mol darajasi juda pasayib ketdi. Xuddi shu kabi, yaqin o‘tmishda, 1989-1990 yillarda ko‘chmas mulk narxlarining umumiy pasayishi uy xo‘jaliklari boyliklarining kamayishiga olib keldi va iste`mol xarajatlarining qisqarishini keltirib chiqardi. Ammo, uy xo‘jaliklari ixtiyorida bo‘lgan boylik hajmi yildang‘yilga juda kichik miqdorda o‘zgarib boradi, shu sababli iste`mol va jamg‘armalar chizmalarida keskin siljishlarni keltirib chiqarmaydi. 2. Istiqbol. Uy xo‘jaliklarining bo‘lg‘usi narxlar, pul daromadlari va tovarlarning serobligi oid istiqboli joriy xarajatlarga va jamg‘armalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar narxlarning ko‘tarilishi va tovarlarning kamyobligi kutilayotgan bo‘lsa, odamlar ko‘proq pullarini sarf qiladilar va kamrog‘ini jamg‘arishga olib qoladilar. Buning natijasida iste`mol chizmasi yuqoriga, iste`mol chizmasi esa quyiga siljiydi. Tabiiyki, iste`molchilar narxlar ko‘tariilishi sababli ko‘proq pul to‘lashni yoki o‘zlariga kerakli tovarlardan voz kechishni istamaydilar. kutilayotgan inflyasiya va defitsitlar ularni kelgusda ancha yuqori narxlarni va va bo‘m-bo‘sh peshtaxtalarni chetlab o‘tish uchun “hoziroq xard qilish”ga majbur qiladi. Kelgusida ancha yuqori daromad olish istiqboli ham iste`molchilar hozirdanoq pullarini erkin sarflashlariga olib keladi. Aksincha, ist iqbolda narxlarning va daromadlarning pasayishi ehtimoli, shuningdek tovarlar keragidan ham ko‘proq bo‘lishiga ishonch, odamlar joriy iste`molni qisqartirishlariga va jamg‘armalarni ko‘paytirishlariga olib keladi. 3. Iste`molchilarning qarzdorligi. Iste`mol qarzdorligining darajasi ham uy xo‘jaliklarining joriy daromadlardan pulni sarflash yoki jamg‘armalar qilish niyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar uy xo‘jaliklarining avvalgi xaridlari uchun qarzdorlik bo‘yicha navbatdagi to‘lov sifatida kiritadigan mablag‘lar hajmi joriy daromad hajmining 20 yoki 25 foiziga etgan bo‘lsa, ular qarzdorlikni kamaytirish uchun o‘zlarining kundalik iste`mollarini qisqartirishlari ehtimoldan xoli emas. Aksincha, agar iste`mol qarzdorligi nisbatan pastroq bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining iste`moli odatdan tashqari darajada ko‘tarilishi va qarzdorlikning oshib ketishiga olib kelishi mumkin. 4. Soliqqa tortish. Biz soliqlar darajasidagi o‘zgarishlar iste`mol va jamg‘armalar chizmalarining siljishiga olib kelishini ko‘rib chiqamiz. Soliqlar qisman iste`mol hisbidan, qisman jamg‘armalar hisobidan ito‘lanadi. SHu sababli, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling