Iste’mol va jamg‘arma


-savol ►  Jamg‘arma – bu uy


Download 143.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana23.04.2023
Hajmi143.67 Kb.
#1388610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
19. Iste\'mol va jamg\'arma

2-savol ► 
Jamg‘arma – bu uy 
xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy 
daromadlari bir qismining 
foizli daromad olish va 
kelajakdagi iste’molini 
qondirish maqsadida 
to‘planib (jamg‘arilib) 
borishidir. 


Iste’mol va jamg‘arma 
 

370 
Ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy sohalaridagi jamg‘arish bir-biridan 
farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy 
kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab 
chiqarish sohasidagi jamg‘arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi 
jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. 
Ijtimoiy - madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-
joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport 
muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish
rekonstruksiyalash, 
yangilashga 
sarflanadi. 
Noishlab 
chiqarish 
sohasini 
kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. 
Jamg‘arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini 
belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish 
fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN = (JF/MD) x 
100,
Bunda, JN-jamg‘arish 
normasi, 
JF-jamg‘arish 
fondi, MD-milliy daromad. 
Jamg‘arish 
normasining 
ham 
o‘z 
chegarasi 
bo‘lib, 
uni 
oshirish iqtisodiy jihatdan 
samarasiz bo‘lib chiqishi va 
salbiy 
oqibatlarga 
olib 
kelishi mumkin. Masalan, 
uning 
haddan 
tashqari 
ortishi 
natijasida 
investitsion 
sarflar 
samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan 
qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish 
imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo 
bo‘ladi. Mablag‘larning sochilib ketishi, ob’ektlarni barpo etish muddatlarining 
cho‘zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish 
jarayonidayoq ma’naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko‘payadi. 
Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, jamg‘arish fondi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat 
o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika 
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. 
Jamg‘arish fondi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli 
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini 
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va 
ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-



Download 143.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling