Iste`molchilarning xulq-atvor modellari


Download 164.19 Kb.
bet13/16
Sana31.01.2024
Hajmi164.19 Kb.
#1819419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
12-Mavzu iste`molchilarning xulq-atvor modellari

G. Iqtisodiy omillar.
Iste’molchi xulq-atvori modelida iqtsodiy omillar “foydalilik” tushunchasini, ya’ni tovar yoki servisning mijozning aniq istagini qondirish qobiliyatini ham hisobga oladi. Iste’molchi tanloviga nafaqat ehtiyojlar, istaklar, balki bozor narxi, real daromadlar, ijtimoiy solishtiruv qonuniham ta’sir o`tkazadi.
Iqtisodchilar iste’molchi xulqiga ta’sir qiluvchi bir qator qonuniyatlarni ajratib ko`rsatishadi:
Narx ta’siri – tovarga talab tovarga tegishli bo`lgan sifatlar bilan shartlangan bo`lishida namoyon bo`ladi.
ko`pchilik ortidan ergashish ta’siri – tovar ko’pchilik tomonidan xarid qilingan uchun sotib olinadi. Bu ta’sir insonlarning hayotdan orqaga qolmaslik, o`zlari xohlagan doirada muvofiq bo`lish, urfga mos, bashang bo`lishga urunishlarini aks ettiradi.
Snob ta`siri(o`zini oliy darjada madaniyatli hisoblovchi kishi, oliy toifa insonlariga taqlid qiluvchilar) – obro` uchun iste’mol etilishini anglatadi: snob shaxs mansub bo`lishni istagan obro`li guruhning boshqa namoyondalari ham aynan shu tovarni iste’mol etishadi, ammo kimki shu guruhga mansub bo`lmasa xarid qilishmaydi. Bu ta’sir referent guruhdagi boshqalar atvoriga bog`liq.
Veblen ta’siri – na’munali, namoyishkorona iste’molga asoslanadi: Tovar anchagina qimmat, uni xarid qilish obro`, nufuz, mag`rurlik ehtiyojlarini qondirish demakdir. Bu ta’sir narxga bog`liq.
Daromadlarning quyidagi turlarini farqlantiradilar:
1. Real daromad – bu u yoki bu tovarni narx o`zgarishlarini inobatga olgan holdagi sotib olish imkoniyatidir. Real daromad ixtiyorida bo`lgan pul mablag`ining xarid etish qobiliyatidir. Unga inflyatsiya ta’sir qilishi mumkin.
2. Nominal daromad – vaqt birligi ichida olinadigan pul mablag`i summasidir.
3. Umumiy daromad ish haqi, soliq to`langunga qadar boshqa pul o`tkazmalari, chegirmalar, dotatsiyalar va boshqa moddiy va pul boyliklardan tashkil topadi. .
4. Ixtiyorida qoladigan daromad – bu soliqlar va majburiy to`lovlarni to`lagandan keyin qoladigan daromad.
Kalujskiy davlat universiteti iqtisodiy psixologiya laboratoriyasi olimlari iste’molchi xulqiga ta’sir etuvchi 6 guruhdagi omillarini ajratib ko`rsatishdi: madaniy, ijtimoiy,iqtisodiy, jismoniy, vaziyatga oid, psixologik.
Biz ma’daniy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni yuqorida ko`rib chiqdik.

Download 164.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling