Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy va uning «Hidoya» asari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy va uning «Hidoya» asari.
Musulmon huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayx ul-islom Burhoniddin Marg‘inoniyning nomi islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror singari ulug‘ siymolarning nomlari bilan yonma-yon turadi. Prezident Islom Karimov: «Nafaqat musulmon olami, balki butun dunyo e’tirof etgan, Alloh taolo bergan aql-zakovati bilan musulmon huquqshunosligi ilmida o‘ziga xos maktab yaratgan, bebaho merosi bilan mana shu Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan ul zotning tariximizdagi o‘rni va obro‘si beqiyosdir» 2 , – deya uning faoliyatiga yuksak baho bergan edi. Hayotini dinu diyonat pokligi, iymon-e’tiqod ustuvorligi, ilm va adolat tantanasi uchun sarflagan bu mo‘tabar alloma Sharq olamida «Burhonuddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati», degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Oddiy xalq orasida esa «Hidoyat yo‘lining sarboni», deya katta hurmat-e’tibor topgan. Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, «Hidoya» («To‘g‘ri yo‘l») deb atalgan asari, sakkiz asrdan buyon musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Bu mumtoz asarning 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ. 7. – Ɍ., 1999. – Ȼ. 179–185. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɭɪԟɨɧɢɞɞɢɧ Ɇɚɪԑɢɧɨɧɢɣ ɬɚɜɚɥɥɭɞɢɧɢɧɝ 910 ɣɢɥɥɢɝɢɝɚ ɛɚԑɢɲɥɚɧɝɚɧ ɬɚɧɬɚɧɚɥɢ ɦɚɪɨɫɢɦɞɚ ɫʆɡɥɚɧɝɚɧ ɧɭɬԕ // ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ. Ɍ. 9. – Ɍ., 2001. – Ȼ. 114. 34 Yevropa tillariga ham tarjima qilingani, butun dunyoda katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani, turli tillarda unga ko‘plab sharh va izohlar bitilgani Marg‘inoniy merosining umumbashariy ahamiyatidan dalolat beradi. Burhoniddin Marg‘inoniyning bizga qoldirgan ulkan merosi, erishgan shon-shuhratining zamiri avvalo uning ibratli hayoti, pok e’tiqodi, olijanob insoniy fazilatlaridir. Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» (to‘liq nomi «Al-Hidoya fi sharh al-Bidoya» – «Bidoya (kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma») asari sunniylikning hanafiylik mazhabida keng tarqalgan musulmon huquqidan qo‘llanma (kodeks)dir. Uni Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil davomida yozgan. Alloma uni yaratishda Qur’oni karim oyatlari, dastlabki to‘rt xalifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar, sunniylik oqimidagi to‘rt mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. Marg‘inoniy bu asarda o‘z davrida mo‘min-musulmonlar uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy masalalar, chunonchi oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatiga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni musulmon huquqi nuqtai nazaridan hal etib bergan. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom olamida ko‘plab tillarga tarjima qilinib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketgan. «Hidoya» to‘rt jild, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan iborat. Birinchi jild 5 ta kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. Ikkinchi jildda nikoh, emizish, taloq, qulni ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf huquqi kabi masalalar yoritilgan. Uchinchi jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, voliylik (patronat), homiylik kabi masalalar, to‘rtinchi jildda shafoat, merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik, shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar, xun haqi to‘lash kabi masalalar bayon etilgan. «Hidoya» hanafiylik fiqhining to‘rt asrlik rivojiga yakun yasadi. U XIV asrda hanafiylik mazhabida mumtoz asar sifatida tan olindi. Kitob yaratilgandan boshlab faqihlar, tarixchilar, davlat namoyandalari diqqat- e’tiborini tortib kelgan. «Hidoya» bir necha asrlar mobaynida ko‘pgina musulmon mamlakatlarida huquqshunoslikdan eng asosiy qo‘llanma hisoblangan. O‘zbekistonda u XX asrning 30-yillarigacha – musulmon huquqi qozilari «bekor qilinib», sho‘rolarning sud tizimi joriy qilingunga qadar amalda bo‘lib keldi. Uni o‘rganish musulmon mamlakatlari oliy 35 o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitob, ta’kidlagani- mizdek, jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. «Hidoya»ni o‘zbek tilida mukammal tarjima qilishga kirishilgan. Chunonchi, 2000-yilda Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlanishi arafasida birinchi jildning arab tilidan qilingan bevosita tarjimasi bosmadan chiqdi1. Marg‘inoniylar sulolasi nomi bilan bog‘liq musulmon fiqhshunoslik maktabi nafaqat Turkiston hududida, balki butun o‘rta asr arab-musulmon dunyosi huquqshunoslik ilmida asrlar davomida ustuvor bo‘lib qolishida Burhoniddin Marg‘inoniy hal qiluvchi rol o‘ynagan. «Hidoya» o‘rta asrlar va hozirgi kunda ham musulmon huquqining qomusi, qonunlar chiqarish ibtidosi, umuman har qanday huquqiy ma’ri- fat, ta’lim va tahsilning birlamchi ibtidosidir, u musulmon huquqidagi hanafiylik huquqiy maktabiga ergashuvchilargina emas, balki musulmon huquqidagi barcha mazhablar uchun ham andozadir. Burhoniddin Marg‘inoniy – imom, qonunshunos, hadisshunos, Qur’onni yoddan bilgan va tafsir qilgan, huquqiy bilimlarni to‘plab, ularni yaxlit bir fan holatiga keltirgan tadqiqotchidir. Marg‘inoniy yana bir qancha asarlar yozgan, ular «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqdim etish»), «Kitob ul-faroiz» («Majburiyatlar haqida kitob»), «Maziyd fi furu ul-hanafiy» («Hanafiylik mazhabiga qo‘shimchalar») kabilar. U asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslari, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoyat ishini ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolatli bo‘lish, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida shunday insoniy fazilatlar mujassam bo‘lgan inson sifatida yashagan. Ilmu urfonga fidoyiligi, kamtarligi, o‘z asarlarida biror marta ham «men» degan so‘zni ifodalamay, «bu zaif banda aytadi», deya xokisorlik bilan izoh berishida ham uning olijanob insonligi ko‘rinib turadi. Burhoniddin Marg‘inoniy 1197-yilning 29-oktabrida vafot etgan. U Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Burhoniddin Marg‘inoniy buyuk olim sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Uch o‘g‘li – Jaloliddin Muhammad, Nizomiddin Umar, Imomiddin Abu Bakrdan so‘ng uzoq muddatlarda navbatma-navbat Samarqand shayx ul-islomi bo‘lib turdilar. Nevarasi Abdurahim ibn Bakr al-Marg‘inoniyning (1253- 36 y.dan so‘ng v.e.) fiqhiy asari – «Al-Fusul al-Imodiya» islom dunyosida keng shuhrat topdi. Evarasi Abdulavval ibn al-Marg‘inoniy (1411-y.dan so‘ng v.e.) Turkiyada mashhur olim va ustoz sifatida tanilgan. Amir Temur va Temuriylar davri (1405–1500)da Marg‘inoniy avlodlari Movarounnahrda uzoq yillar shayx ul-islom lavozimini egallab turdilar. Marg‘inoniyning ilmiy merosi hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Jahondagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi uning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish ishlariga e’tibor kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997- y.), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000-y.) keng nishonlandi. Marg‘ilon shahrining markazida unga yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda unga ramziy maqbara qurildi. Prezident Islom Karimov buyuk faqih tavalludining 910 yilligiga bag‘ishlangan tantanada so‘zlagan nutqida quyidagilarni faxr bilan ta’kidladi: «Agar biz allomaning zamondoshlaridan biri aytgan «Ey aql egasi, «Hidoya»ni o‘qib, mag‘zini chaqqin, chunki u seni hidoyat yo‘liga boshlab, eng oliy maqsadlarga yetkazgay», degan so‘zlarini eslasak, o‘ylaymanki, u zoti sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xizmatlarini yana bir bor yaqqol tasavvur qilgan bo‘lamiz. Shubha yo‘qki, «Kuch – adolatdadir» degan g‘oyani o‘z hayotining mazmuni deb bilgan Amir Temur bobomizdek ulug‘ ajdodlarimizning kamol topishida ham «Hidoya» singari qomusiy asarlarning ta’siri va ahamiyati beqiyos bo‘lgan» 1 . Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling