Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSULMON HUQUQINING MANBALARI 3.1. «Musulmon huquqi manbalari» tushunchasi va turlari
Savol va topshiriqlar
1. Islom dini Movarounnahrda qachon yoyila boshlagan? 2. Movarounnahrda sunniylik yo‘nalishining qaysi mazhabi asosiy o‘rinni egallagan? 3. Movarounnahrda kimlar faqih deb atalgan? 4. Imom al-Buxoriy kim va uning ilmiy izlanishlarining mohiyati nimalardan iborat? 5. Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning shoh asari qaysi va unda qanday masalalar yoritilgan? 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ. Ɍ. 9. – Ɍ., 2001. – Ȼ. 116–117. 37 3-BOB. MUSULMON HUQUQINING MANBALARI 3.1. «Musulmon huquqi manbalari» tushunchasi va turlari Musulmon huquqshunosligi huquqiy normalardagi aniq qoidalarning ahamiyatini ibodat qoidalari bilan teng qo‘yadi. Insonning har bir qilmishi nazariy jihatdan normativ mutanosiblashtiruvchi yoki musulmon hayotining barcha jihatlarini mezonlashtiradigan musulmon huquqi tomonidan baholanishidan chetda qolmaydi, deb tan olingan. Diniy nuqtai nazardan xulq-odat qoidalarini huquqiy yoki nohuquqiyga ajratish muhim ahamiyatga molik emas. Ularning birortasiga rioya qilmaslik esa eng avvalo diniy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Biroq amaldagi musulmon ta’limoti ikki guruh normalarini qat’iy tavofutlaydi, bular: 1) inson va Alloh o‘rtasidagi munosabatlarni mezonlashtiruvchi (ya’ni din asosi va diniy majburiyatlarni bajarishning qoidalari aniqlaydigan), dinga asoslangan va barqaror hisoblangan qoidalar; 2) kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xulq-atvor qoidalari. Birinchi guruh qoidalaridan farqli o‘laroq, bu guruhdagi normalarni muayyan holatlarda o‘zgartish, hatto ular musulmon huquqining umumiy yo‘riqlariga rioya qilgan holda insonlar tomonidan yaratilishi ham mumkin. Mazkur qoidalarning aksariyatini huquqiy normalar tashkil etadi. Albatta, ularni xulq-atvorning boshqa qoidalaridan ajratishning hamisha ham imkoni bo‘lmaydi, aslida ular o‘z haqiqiy manbaiga ko‘ra muhim tafovutga ega emas, musulmon huquqi fani huquqning davlat bilan izchil bog‘lanishini amalga oshirmaydi. Shu bois musulmon huquqining normalari faqat amaliy jihatdan, musulmon davlatining huquqiy ta’limotida ifodalangan xulq-atvorning muayyan qoidalarini quvvatlash va joriy etishga oid faoliyatni taklif etish yo‘li bilan tafovutlanishi mumkin. Ushbu tartibga ko‘ra, musulmon huquqining masalalari ikkita fan tomonidan o‘rganiladi. Birinchisi – manbalar to‘g‘risida fan bo‘lib, u musulmon huquqi manbalarini o‘rganadi va ular asosida muayyan masalalar to‘g‘risida Alloh belgilagan axloq qoidalari orqali huquqiy normalarni ifodalashning mantiqiy usullarini ishlab chiqadi. Barcha huquqiy normalar musulmon huquqi manbalarining birortasiga u yoki bu tarzda asoslanishi shart. Mazkur manbalar orasida Qur’on eng muhimidir. Tarmoqlar to‘g‘risidagi fan – fiqh muayyan huquqiy normalar bilan shug‘ullanadi. Islom dinining keng ravnaq topishida uning manbalarining ahamiyati beqiyosdir. 632-yil – to Muhammad (s.a.v.) vafotiga qadar 38 musulmonlar huquq manbalariga emas, ul zotning o‘zlariga murojaat qilardilar. Huquqiy muammolarni yechishda hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmagan, chunki payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zi yuzaga kelgan muammolarni vahiy yoki o‘z hukmlari, ijtihodlari orqali hal qilgan1. Payg‘ambar vafotidan so‘ng, ummaviylar sulolasi hukmronligi davrida islom dini ancha yangi-yangi sarhadlarga yoyilgan. Ilgari boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi minglab kishilar islom dinini qabul qilganlar. Tabiiyki, ularning millatlari turlicha bo‘lgani kabi, urf-odatlari, dinga munosabatlari, huquqiy qarashlari va an’analari ham turlicha edi. Ularga islom dinini mukammal, sof holda targ‘ib va talqin qilish uchun o‘sha davrda Qur’onni yod bilgan, undagi ilmlardan to‘lig‘icha xabardor bo‘lgan, minglab hadislarni esda saqlagan mashhur sahoba yoki tobeinlar safarbar etilganlar 2. Xuddi shu davrda musulmon huquqining manba- larini shakllantirish va tizimga solishning zarurati yuzaga kelgan. Musulmonlarning Qur’oni karimda ifodasini topmagan turli huquqiy muammolarini yechishda, ikkinchi manba bo‘lgan sunnaga murojaat qilishni o‘rganish va tizimga solishga ham zarurat kuchaygan. Sunna tarkiban uchta: qavliy, fe’liy, taqririy qismdan iborat. Qavliy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari bo‘lib, uning biror voqea-hodisaga munosabati ifodalanadi. Fe’liy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning biror narsani ma’lum qilish uchun bajargan xatti-harakatlaridir. Taqririy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning huzurida biror ish qilinsa yoki birovning biror ish qilgani haqida aytilsa, payg‘ambarning bunga e’tiroz bildirmaganidir 3. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling