Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Markaziy Osiyoda musulmon huquqining o‘rnatilishi
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
2.2. Markaziy Osiyoda musulmon huquqining o‘rnatilishi,
o‘zbekistonlik faqihlarning musulmon huquqi rivojiga qo‘shgan hissalari Islom adabiyotlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, milodiy VIII asrdan Movarounnahr xalqlari tarixida yangi davr boshlandi 1 (Movarounnahr – Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi mintaqa (jumladan hozirgi O‘zbekiston hududi)ning arabcha geografik nomi. Islomdan oldingi davrlarda Turon deb atalgan. Makedoniyalik sarkarda Iskandar bu joyni So‘g‘diyona deb nomlagan, XIX asrning ikkinchi yarmida mintaqa Turkiston degan nom olgan). Qanday nomlanishidan qat’i nazar, jahon sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan bu mintaqada davlatchilik va huquq, din va madaniyat, til va adabiyot rivojlangan edi. Turon (Movarounnahr, So‘g‘diyona, Turkiston)ga xos xususiyat shuki, uning xalqlari ma’naviyati turg‘unlik kechirmagan, bu hududda hech qachon urug‘-aymoqchilik, milliy yoki diniy biqiqlik tamoyillari amal qilmagan. Turonga Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Hindiston, Hijoz va Vizantiya, Yaqin va O‘rta Sharqdan nafaqat moddiy boyliklar, balki ilmiy va badiiy asarlar, yangi g‘oyalar va bilimlar ham olib kelingan. Ular «islomga mansub emas», degan vaj bilan rad etilmagan, balki ajdodlarimiz tomonidan boyitilib, takomillashtirilib, mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashtirilgan. VIII asrdan boshlab islom Movarounnahrda hukmron dinga aylanib, jamiyat hayotining barcha jabhalariga singib ketgan bo‘lsa-da, amalda uning o‘zi ham Turon sharoiti (masalan, mulk shakllari, aholining turmush tarzi)ga moslashib borgan. Xullas, musulmon huquqi va uning me’yorlarining shakllanishida mahalliy sharoit va urf-odatlar hisobga olingan. Qur’on va sunna talablari, yakka xudolik tamoyili – tavhidga zid bo‘lgan hamma qarashlarga barham berilgan. Tabiiyki, islom hayotning barcha jabhalarini darhol va teng darajada o‘ziga «bo‘ysundirmagan». 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ⱥɛɭ ɁɭΣɪɚ. ɂɫɥɨɦ ɦɚɡԟɚɛɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɢɯɢ (ɚɪɚɛ). – Ȼɚɣɪɭɬ, 1978. – Ȼ. 76. 24 Sababi – islomning o‘zi ham darhol shakllanmagan. Islom dini, unga asoslangan musulmon huquqi, islom falsafasi – kalom va boshqa, tamoyillar va talablar VII–XII asrlar mobaynida bosqichma-bosqich, asta- sekinlik bilan rivoj topgan. Movarounnahrda fuqarolik, yer, oila-nikoh, vorislik va boshqa masalalar musulmon huquqining hanafiylik mazhabi me’yorlari asosida tartibga solingan. Jinoyat ishlari ham ana shu me’yorlar asosida ko‘rib chiqilgan va hal qilingan. Bundan tashqari, musulmon huquqiga mahalliy odat huquqiga xos ko‘pgina me’yorlar ham singdirilgan edi. Ta’kidlash zarurki, islom turli madaniyatlar, an’analar va urf- odatlarni birlashtirdi, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojiga imkoniyat yaratdi, o‘sha davrning yangi davlat-huquqiy makonini vujudga keltirib, Sharq, jumladan Movarounnahr xalqlari tarixida muhim rol o‘ynadi. Tarixni kuzatish, o‘sha davrda yaratilgan «Hudud al-olam», «Kitob al- masolik va-l-mamolik» kabi asarlarni o‘rganish VII asrning oxirida arablar Movarounnahr deganda, Amudaryoning narigi tomonidagi hududni tushungan, degan xulosani beradi. Keyinchalik ushbu tushunchaning mazmuni kengaygan: dastlab Movarounnahr Xurosonning bir qismi sanalgan bo‘lsa, X asr o‘rtalarida u nisbatan mustaqil geografik mintaqaga aylangan. Bu davrga kelib Movarounnahr tarkibiga Buxoro, Samarqand, Kesh, Nasaf kabi yaqin hududlardan tashqari, Xorazm, Badahshon, Marv, O‘zgan, Xuttal kabi viloyatlar ham kirar edi. X–XIII asrlarda Movarounnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar ta’sirida geografik tushunchadan siyosiy-huquqiy tushunchaga aylandi. Mova- rounnahr deganda, musulmon aholi yashaydigan O‘rta Osiyo hududi tushunila boshlandi. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr ulkan hududda yashovchi xalqlarning muhim siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy markaziga aylandi. Ayni vaqtda Movarounnahrda ilmiy-madaniy va ma’naviy-huquqiy hayotning barcha jabhalari tobora boyib, mustaqillikni qo‘lga kirita bordi. Islom madaniyati va huquqining rivojiga Movarounnahr mutafak- kirlari va faqihlari ulkan hissa qo‘shdilar. Diniy va dunyoviy ilmlarni yangi ta’limotlar va g‘oyalar bilan boyitgan al-Xorazmiy, Rudakiy, at- Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, al-Farg‘oniy, al-Marvoziy, Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud Qoshg‘ariy kabi buyuk allomalar shu zaminda zamindan yetishib chiqdilar. Xorazmlik ulug‘ alloma – tilshunos, shoir, faqih, Qur’oni karim tafsirchisi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Zamahshariy 25 (1075–1144)ning nomi Sharq ilmiy tafakkuri tarixida mashhurdir. Zamahshariyning hayoti va faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar arab manbalarida qayd etilgan. Tarixchi va geograf Yoqut al-Hamaviy (1179– 1229)ning ta’kidlashicha, Zamahshariy buyuk imom unvoniga munosib topilgan, fan turli sohalarining bilimdoni, iqtidorli alloma bo‘lgan1. «Jorulloh» – «Allohning qo‘shnisi», «Butun dunyoning ustozi», «Xorazm faxri», deya ulug‘langan Zamahshariy Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining ko‘magida savod chiqarib, Gurganj va Buxoroda ta’lim olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat qilgan. 1118-yildan boshlab umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan. Zamahshariyning ijodi serqirra va sermahsul bo‘lib, u ellikdan ortiq yirik asarlarning muallifi sifatida butun dunyoga mashhurdir. U «Al-kashshof», «Al-mufassal», «Navobig‘ ul-kalom», «Atboq uz-zahab», «Maqomot az- Zamahshariy», «Muqaddimat ul-adab», «Al-mujmal-arabiy al-forsiy», «Asos ul-balog‘a» kabi asarlari bilan musulmon olamini hayratga solgan. «Al-kashshof» asari to‘qqiz asrdan buyon islomning mashhur madra- salarida Qur’oni karimni o‘rganish bo‘yicha asosiy qo‘llanma hisob- lanadi. Zamahshariy, Forobiy, al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi movarounnahrlik allomalar yangi bilim va tajriba izlab olis yurtlarga – Qohira, Aleppo, Damashq va Bag‘dodga ketganlar, u yerlarda tahsil olib, o‘zlari ham ta’lim berganlar, shuningdek ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanganlar. Xalifa al-Ma’mun IX asr boshida Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (Donishmandlar uyi) fanlar akademiyasini tashkil etib, mazkur ilm dargohiga Movarounnahrdan ko‘plab ulug‘ allomalarni taklif qildi. Ta’kidlash zarurki, ilk «Ma’mun akademiyasi» («Bayt ul-hikma» hozirgi Yevropada shunday deb ataladi)ning dastlabki rahbarlari (prezidenti va vitse-prezidenti) al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy bo‘lganlar. Movaroun- nahrlik allomalar Ma’mun akademiyasining tamal toshini qo‘yganlar. Islom madaniyati va huquqining rivojlanishiga Muhammad al- Buxoriy, Iso at-Termiziy, al-Hakim at-Termiziy, Najmiddin an-Nasafiy, al-Moturidiy, Yusuf al-Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, as-Suhravardiy kabi movarounnahrlik buyuk allomalar ulkan hissa qo‘shdilar. Keyinroq (XIV asrda) mashhur faqihlarning mazkur guruhiga Bahovuddin Naqshband va boshqalar qo‘shildi. Movarounnahr aholisi ommaviy tarzda islom dinini qabul qilganidan so‘ng, musulmonlar tomonidan muqaddas joylarni, asosan Makkani ziyorat qilishdek diniy aloqa turi keng tarqalgandi. Bu 26 diniy-huquqiy madaniyatning yuksalishi, Movarounnahrda musulmon huquqiy maktablarining shakllanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Ta’kidlaganimizdek, O‘rta Osiyo mintaqasida hanafiylik mazhabi keng yoyilgan. Uning tarafdorlari quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganlar: 1. Diniy majburiyatlarni ado etish (ibodat), yuridik amallar (muomalot) va jazo tizimi (uqubat) musulmon huquqi (musulmon huquqi me’yorlari majmui)ning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Amallar diniy va fuqaroviy nuqtai nazardan beshga bo‘linadi. Diniy amallarning quyidagi turlari farqlanadi: a) zarur (vojib) va farz (majburiy) amallar – ularni bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa – jazolanadi. Farz amallar shaxsiy (farz al-ayn, masalan, namoz) va zaruriy majburiyat (farz al- kifoya, masalan, haj)lardan iborat; b) tavsiya etiladigan amallar (mandub) – ularni bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa, jazolanadi; v) ruxsat etilgan amallar (muboh); g) qoralanadigan amallar (makruh); d) taqiqlangan amallar (harom). Fuqaroviy nuqtai nazardan amallarning quyidagi turlari farqlanadi: a) to‘g‘ri amallar (sahih); b) noto‘g‘ri amallar (botil); v) ruxsat etilgan amallar (joiz); g) o‘rinli amallar (mafrud); d) bog‘lovchi amallar (lozim). 2. Movarounnahr faqihlari ibodat va yuridik qoidalarni farqlaganlar. Ular musulmon huquqi yuridik me’yorlar, tamoyillar, xulq-atvor va diniy ibodat qoidalari majmuidan iboratligini ta’kidlaganlar. Movarounnahrda quyidagilar musulmon huquqining manbalari Qur’on, sunna, ijmo, qiyos va mahalliy urf-odatlar sanalgan. Qozilar chiqaradigan hukmlarning quyidagi turlari farqlangan: 1) ar- ra’y (qiyosga asoslanib ish ko‘rish); 2) istihson (qiyosning bir turi bo‘lib, istisno tariqasida hukm chiqarish); 3) istisloh (jamiyat manfaatlarini hisobga olib, isloh qilish orqali hukm chiqarish). Bunda quyidagi talablarga qat’iy rioya etish shart bo‘lgan: hukm e’tiqodga daxl etmasligi kerak; hukm islomga zid bo‘lmasligi lozim; chiqarilgan hukmdan foyda aniq-ravshan ko‘rinib turishi kerak. 3. Kalom (ilohiyot) va diniy-huquqiy ongning rivojlanishi tufayli fiqhning o‘ziga xos maktabi vujudga keldi. U «Movarounnahr fiqh maktabi» deya shuhrat qozondi. Uni tashkil etishga mashhur faqihlar Imom al-Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy ulkan hissa qo‘shdilar. Movarounnahr faqihlarining avlodlari kundalik amaliyotda nafaqat islomning umumiy me’yorlari, balki mintaqa hayotining muayyan xususiyatlari hisobga olingan Movarounnahr fiqh maktabining an’analarini davom ettirdilar. Movarounnahr fiqh maktabi mintaqa hayotida muhim o‘rin tutgan. Movarounnahr tarixi tadqiqotchilarning 27 ko‘plab avlodlari e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Mintaqada islom tarixini o‘rganishga mashhur sharqshunos V. V. Bartold katta hissa qo‘shdi. O. G. Bolshakovning tadqiqotlari hanafiylik mazhabi tarixida ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, u Movarounnahr xalqining hayotiga bag‘ishlangan1. Bu mavzuga O. D. Chexovich ham to‘xtalib, mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat haqida tarixiy ma’lumotlar olish uchun Movarounnahr faqihlarining asarlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tgan 2. O. Pritsakning tadqiqoti buxorolik nufuzli oila – Burhonlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan3. V. Madelungning ilmiy tadqiqoti Sharqiy Xuroson va Movarounnahrda hanafiylik mazhabining yoyilishida murji’iylar ta’limotining roliga bag‘ishlangan1. Uning boshqa bir maqolasida Yaqin Sharq mamlakatlarida moturidiylik ta’limotining tarqalishida Movarounnahr ilohiyotchilarining roli yoritilgan 2. Al-Xoris ibn Surayj (128–746-yilda o‘ldirilgan) o‘limidan keyin Kufa murji’iylari ulamosi Abu Hanifa sharqiy murji’iylar rahnamosiga aylangan. Sharqiy Xuroson, ayniqsa, Balxdan Iroqqa ta’lim olgani kelgan odamlar asosan Abu Hanifa qo‘lida tahsil olganlar. Abu Hanifaning Kufadagi muxoliflari Balxni zaharxandalik bilan «Murji’yobod» deb ataganlar. IX asr oxirida islomning sunniylik yo‘nalishidagi asosiy diniy- huquqiy maktablari shakllangan. Balx hanafiylik ta’limotini ishlab chiqish va o‘rgatishning Sharqdagi markaziga aylangan. Sharqiy Xuroson va Movarounnahrda Abu Sulaymon al-Jo‘zjoniy (200–815-816-yillardan keyin v.e.) va Abu Hafs al-Buxoriy (217–832-y. v. e.) hanafiylik mazhabining asosiy g‘oyalari o‘z aksini topgan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (189–805-y. v. e.) asarlarining targ‘ibotchilari bo‘lganlar. Somoniylar davlati tashkil topgach, uning poytaxti Buxoroda ijtimoiy hayot jadal sur’atlarda rivojlangan. Buxoro va Samarqandda mahalliy hanafiylik maktablari vujudga kelgan. Al-Kafaviy asaridagi isnadlarni (isnad – hadisda aytilgan so‘zni aytuvchisiga bog‘lash) o‘rganish va bu yerlarda maktablarning shakllanishida Bag‘dod va Balxning ta’siri kuchli bo‘lgan. Samarqandda Ismoiliylar aqidalariga qarshi keskin kurashgan va keyinchalik al-Moturidiy (333–945-y. v.e.) nomi bilan ataluvchi yangi oqim vujudga keldi. X asrning oxirida Abu Lays as-Samarqandiy (373– 984-y. v.e.) va Abu Bakr Muhammad ibn al-Fazl al-Buxoriy (381–991-y. v.e.) kabi allomalarning faoliyati Movarounnahr fiqh maktabining shu davrdagi yuksak mavqeidan dalolat beradi. Buxoro va Samarqandda Movarounnahr hanafiy faqihlarning sakkiz guruhi (beshtasi Buxoroda va uchtasi Samarqandda) mavjud bo‘lgan. O‘sha davrda yashagan musulmon huquqshunoslari o‘tmishdoshlarining hech qanday hukm bo‘lmagan yangi 28 hayotiy vaziyatlarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Ular hanafiylik mazhabining an’analari va mahalliy urf-odatlarga asoslanib, turli masa- lalar yuzasidan fatvo chiqarganlar. Nufuzli faqihlarning qarorlari kelajak avlodlar uchun kundalik amaliyot qo‘llanmasi bo‘lib qolgan. Movaroun- nahrlik faqihlar xo‘jalik, mulk, oila-nikoh, savdo-sotiq munosabatlari, rasm-rusumlar yuzasidan fatvolar chiqarganlar. Bunday fatvolarda Movarounnahr aholisining turmush tarzi va yashash sharoitiga xos xususiyatlar inobatga olingan. Movarounnahr fiqh maktabining olti vakili – as-Saraxsiy (490–1097- y. v.e.), al-Pazdaviy (482–1089-y. v.e.), Iftixoriddin al-Buxoriy (542– 1148-y. v.e.), as-Sadr al-Kabir (570–1175-y. v.e.) va Faxriddin Qozixon (592–1196-y. v.e.)ga usul al-fiqh bilimdonlari uchinchi darajali mujtahid unvonini berganlar. Bu faqihlarning Movarounnahrda furu’ al-fiqh bo‘yicha qarorlari va hukmlari oltmishdan ortiq kitobda o‘z aksini topgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning «Muxtasar al-Kuduriy», «Hidoya», Ibn Bazzozning «Fatvo», Abu Yusufning «Adab al-qozi», Imom at- Tahoviyning «al-Aqoid» asarlari fiqh sohasidagi eng sara va noyob manbalar hisoblanadi. Bu manbalarda musulmon huquqining faro’id (vorislik), mulk, uqubot (jinoyat huquqi), muomalot (fuqarolik huquqi) kabi tarmoqlarining aniq ta’riflari keltirilgan. 4. Ijtimoiy munosabatlar ar-ra’y tamoyili asosida tartibga solingan. Undan foydalanish huquqi qozilarga berilgan. Movarounnahr fiqh maktabiga xos xususiyatlardan biri jinoyat sodir etgan shaxslarga rahmdillik bilan yondashish bo‘lgan. Masalan, o‘g‘rilik uchun jazo – bir qo‘lni kesish homilador ayollar, qashshoq yoki yosh musulmonlarga nisbatan qo‘llanilmagan. Mazkur maktabga xos yana bir xususiyat – Movarounnahrning atoqli faqihlarining asarlaridagi qoidalar qonun kuchiga teng bo‘lgan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling