Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon huquqining tizimi va metodlari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
1.2. Musulmon huquqining tizimi va metodlari
Fiqh – qonunshunoslik fani ikki qismdan iborat: 1. Ilm ul-fiqh – huquqning manbalari to‘g‘risida bo‘lib, Qur’on, sunna, ijmo va qiyosni huquqning manbalari sifatida tan oladi va o‘rganadi. 2. Ilm ul-fil-furu-al-fiqh – huquqning tarmoqlari to‘g‘risida bahs yuritadi, u musulmon huquqi normalarini kodekslashtirishga oid qonun- chilikka bag‘ishlanadi. Musulmon faqihlari davlatni ilohiy hokimiyat (teokratiya) deya baholab, uning haqiqiy egasi – oliy zot, ya’ni Alloh, mamlakat qonunlari esa uning bevosita amrlaridan iborat, deb ta’lim beradilar. Binobarin, huquq va ilohiy ta’limot bir yaxlit tushuncha – ash-sharia – ilohiy qonunga jam bo‘lib, uning quyidagi: Ilm ul-fiqh – qonunshunoslik; Ilm ul- tafsir – Qur’onni sharhlash; Ilm ul-hadis – hadislar; Ilm ul-kalom – e’tiqod; Ilm ul-faroiz – meros; Ilm ul-usul-fiqh – huquqning manbalari to‘g‘risidagi fanlardan iborat qismlari mavjud. Islom dinining yuqorida keltirilgan sohalari majmuini musulmon huquqi dinimizning manbalari va dunyoviy qonunchilik normalari sifatida o‘ziga qamrab olgan. Musulmon huquqida mujtahid (huquqshunos)ning mavqei ingliz sudidagi advokat (himoyachi)ning maqomiga tengdir. Islom hozirgi zamonda rivojlanayotgan va keng tarqalgan din bo‘lib, qator 14 mamlakatlarda davlat dini sifatida qabul qilingan, bu maqom konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlangan. Aksariyat musulmon mamlakatlarida ushbu huquq o‘z o‘rnini yangi qonunchilikka bo‘shatib berib, huquqiy tizimning asosini tashkil etmasa-da, haligacha oila-nikoh, meros va huquqning boshqa tarmoqlaridagi muammolarni hal etishda uning ta’siri kuchli, ahamiyati kattadir. Ba’zi davlatlarda (Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston) musulmon huquqi ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi faol omil sifatida qo‘llanib kelmoqda. Musulmon huquqi normalari – ahkomlarining afzalligi dunyoning barcha musulmonlari uchun majburiyligidadir. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib musulmon huquqining manbalari to‘g‘risidagi masalani professor A. X. Saidov o‘rgandi. Uning ta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixga «islom huquqi» istilohi bilan kirdi, u «islomga talpinadigan jamoalarning qonun ijodkori tomonidan barpo etilgan yo‘lidir», shuningdek u diniy hamda fuqarolik qonunlaridan iborat. Islom rivojlanishining dastlabki vaqtlarida musulmon huquqiga doir qonunlar faqat diniy tavsifga ega edi. Vaqt o‘tishi bilan, ya’ni birinchi musulmon jamoalari Madinaga ko‘chgan paytdan boshlab, islomning ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida Muhammad (s.a.v.) oilaviy va ijtimoiy turmush, shartnomalar va ixtiyoriy majburiyatlari, jumladan merosga oid qator yangi normalarni e’lon qildi. Mazkur normalar sunnani, ya’ni musulmon huquqi asosiy manbalaridan birining asosini tashkil etadi. Musulmon huquqini o‘rganish umumjahon huquqiy madaniyatining bir qismi sifatida islom siyosiy-huquqiy tafakkurining insoniyat ma’naviyatiga qo‘shgan hissasini o‘rganishdan iborat. Shu bois musulmon huquqini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish juda muhimdir: birinchidan, musulmon huquqi nazariyasi va tarixi – musulmon huquqi islom siyosiy-huquqiy g‘oyalari tarixi. Bunda alohida e’tibor: 1) O‘zbekistonda fiqhning shakllanishi, unda islomgacha mavjud bo‘lgan huquqiy an’analar va boshqa ijtimoiy normalarning aks etishi; 2) islom ma’naviy merosining muhim qismi hisoblangan musulmon huquqi (musulmon huquqi, fiqh, usul al-fiqh)ning nazariy asoslari; 3) musulmon huquqida diniy-axloqiy va huquqiy aqidalarning o‘zaro aloqadorligi; 4) musulmon huquqiy doktrinasi (ta’limoti)ning jahon huquqiy tafakkurining bir qismi sifatidagi evolutsiyasiga qaratiladi. Ikkinchidan, musulmon huquqi – islom turmush tarzining muhim unsuri. Mazkur o‘rinda quyidagilar: 15 1) musulmonlarning ijtimoiy-huquqiy madaniyati va turmush tarzida musulmon huquqining o‘rni; 2) islom tizimida diniy-huquqiy va axloqiy unsurlarning o‘zaro munosabati; 3) musulmon huquqi hamda mahalliy urf-odat va an’analarning o‘zaro munosabati; 4) fiqh maktab (mazhab)lari va ularning mintaqaviy (joylashish) turli-tumanligi; 5) musulmon huquqi yaxlitligi va ayni davrda ko‘p xilligi. Uchinchidan, musulmon huquqining Sharq huquqiy tizimlaridagi tarixiy va zamonaviy o‘rni. Ushbu yo‘nalishda quyidagi asoslarni o‘rganish muhim milliy va amaliy ahamiyatga ega: 1) o‘rta asrlar Sharq huquqiy tizimlarida musulmon huquqi (noislomiy tuzilmalar – «davlat» huquqi, urf-odatlar, Yevropa huquqi, noislomiy dinlar huquqi bilan o‘zaro munosabati); 2) hozirgi zamon Sharqining huquqiy rivojlanishida musulmon huquqining o‘rni; 3) musulmon huquqining Yevropa huquqiy tizimlariga va Yevropa huquqiy madaniyatining musulmon huquqi tarkibiga ta’siri; 4) musulmon huquqining zamonaviy huquqiy tizimlarning turli tarmoqlari orasidagi o‘rni. To‘rtinchidan, musulmon huquqi – hozirgi eng yirik huquqiy tizimlardan biri. Bunda: 1) musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlar (madaniyatlar) bilan o‘zaro munosabati va aloqasi; 2) musulmon huquqi va umuminsoniy huquqiy qadriyatlar; 3) musulmon huquqining umuminsoniy huquqiy madaniyatga qo‘shgan ulushi; 4) hozirgi zamon musulmon huquqining Yevropa huquqiy mada- niyati ta’sirida shakllanishi. Beshinchidan, musulmon huquqi va shaxsning huquqiy maqomi. Mazkur yo‘nalishda: 1) musulmon huquqida shaxs maqomining diniy va huquqiy jihatlari; 2) musulmonlarning shaxsiy maqomi haqidagi islom ta’limotlari; 3) erkin e’tiqod tamoyili va musulmonlar maqomining huquqiy jihatlari; 4) musulmonlarning nomusulmon mamlakatlardagi maqomi va uning huquqiy mustahkamlanganligi (Sharq va G‘arb davlatlari misolida); 16 5) islom tamoyilining davlat bilan aloqadorligi va uni nomusulmon mamlakatlarda huquqiy mezonlashtirish; 6) musulmon mamlakatlarida nomusulmonlarning maqomi (davlat fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari) o‘rganiladi. Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy madaniyatida musulmon huquqi. Ushbu yo‘nalishda asosiy mavzular sifatida quyidagilar o‘rganiladi: 1) O‘zbekistonda musulmon huquqining tarixi va musulmon huquqiy tafakkuri; 2) musulmon xulq-atvorlarini mezonlashtirish mexanizmida musul- mon huquqi va urf-odatning o‘zaro munosabati; 3) Markaziy Osiyo mamlakatlarining amaldagi qonunchiligi va musulmon huquqini qiyosiy o‘rganish. Yettinchidan, musulmon huquqining tarmog‘iga oid muammolar, hozirgi kunda musulmon huquqining tarkibi, shakli va mazmunida sodir bo‘layotgan evolyutsion o‘zgarishlardan iborat. Bunda musulmon huquqining ayrim tarmoqlari va tuzilmalari mumtoz nazariya va hozirgi zamon amaliyotiga solishtirgan holda tahlil etiladi. Buning uchun eng avvalo musulmon huquqiy mafkurasi va amaldagi huquqiy normalarning tizimi sifatida musulmon huquqining manbalarini o‘rganish taqozo etiladi. Unga Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari va ulardan keyin yozilgan mumtoz asarlar, jumladan «Hidoya» taalluqlidir. O‘rta asrlarda musulmon mamlakatlarida amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek, hozirgi zamon islom qonunchiligi va ushbu huquq ta’siridagi konstitutsiyaviy, oila va meros huquqlarini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Huquqshunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar va fayla- suflarning musulmon huquqi va umuman islomga doir asarlari, shuningdek islomshunoslik masalalariga bag‘ishlangan huquqiy ada- biyotlarni ham o‘rganish muhim ahamiyatga molikdir. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling