Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Ȼɚɪɬɨɥɶɞ ȼ.ȼ. ɋɨɱ. Ɍ. VI. – Ɇ., 1996. – ɋ. 234.
19 hisoblangan. Arablarning urflariga ko‘ra, o‘ldirilgan odam uchun uning qarindoshlari besh avlod davomida qotilning qarindoshlaridan o‘ch olishlari mumkin bo‘lgan. Bunda qotilni o‘ldirish diya 1 bilan ham almashtirilishi mumkin edi. Arabistonda islomgacha bo‘lgan davrda spirtli ichimliklar iste’moli huquqbuzarlik sanalmagan. Arablar odatda qabila sudidan foydalan- ganlar, ular sudda o‘zlarining shaxsiy sifatlariga ko‘ra saylanar edilar. Sudlov og‘zaki va jamoa oldida oshkora amalga oshirilgan. VI asrda Arabiston mustaqil davlatlar majmuidan iborat edi. Deh- qonchilik rivojlangan vohalarda feodalizm tuzumi hukm surar edi. Ibtidoiy jamoa tuzumi munosabatlari chorvachilikka asoslangan hudud- larda hukmronlik qilardi. Islomning kelib chiqishi Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad ibn Abdulloh (570–632-yillar)ning muborak nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Islom dinining bashoratchisi – payg‘ambari, asoschisi Muhammad (s.a.v.) o‘z davrida qabila boshlig‘i – sayid, shuningdek harbiy yurishlar boshlig‘i, bosh qozi va da’vatchi edi. U barcha arab qabilalarini faqat bir dinga birlashtirib qolmay, balki ayni zamonda davlatga ham asos soldi. Arabistonda islomgacha bo‘lgan urug‘-qabila ittifoqidan farqli o‘laroq, Muhammad (s.a.v.) barpo etgan musulmon jamoasi diniy umumiylik asosiga qurilgan edi. Biroq bu jamoada urug‘ tuzumi davridagi normalar birdaniga tugatilgan edi. Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi yilida Arabistonning katta qismini o‘z hokimiyati bo‘ysundirdi. Uning ilk izdoshlari – Abu Bakr (632–634-yillar), Umar (634–644-yillar), Usmon (644–656-yillar) va Ali (656–662-yillar)ni musulmon olami to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar deb tan oldilar. Ular mamlakatni boshqargan yillar payg‘ambar davri, shuningdek islomning ilk davri ilohiy hokimiyat (teokratiya) – xalifalikda komil boshqaruv organi sifatida qabul qilingan. Ilohiy va dunyoviy hokimiyat, huquq va din yagona tushunchalar hisoblanib, diniy jamoa boshlig‘i ayni paytda davlatning ham boshlig‘i hisoblangan. Xalifalar «islomni yoyish» shiori ostida juda katta davlat barpo etdilar. G‘olibona yurishlar tufayli Vizantiyaning anchagina qismi, Sosoniylar davlati, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Bruney yarim orolidagi qator davlatlar musulmonlarning tasarrufiga o‘tdi. VII asrning o‘rtalariga kelib Eron, Iroq, Suriya, Falastin, Misr, Liviya, Mag‘rib mamlakatlari (Jazoir, Tunis, Marokash), Ispaniya, Kavka- zortining bir qismi, O‘rta Osiyodagi viloyatlar (jumladan Samarqand, 1 Ⱦɢɹ – ʆɥɞɢɪɢɥɝɚɧ ɨɞɚɦ ԕɨɧɢɧɢɧɝ ɛɚԟɨɫɢ, ɦɨɞɞɢɣ ɠɚɪɢɦɚ ɭɧɞɢɪɢɥɢɲɢ. 20 Xorazm, Farg‘ona), Afg‘onistonning katta qismi, Shimoli-g‘arbiy Hindistonning ayrim tumanlari, Sitsiliya va Malta hududlari ham xalifalik tarkibiga kiritildi. Ushbu istilolar arab jamiyatida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonini tezlashtirdi. Arab jamiyatida Yevropa mamla- katlarida qaror topgan tabaqali tuzum shaklidagi boshqaruvi urf bo‘lmadi. Hukmron doiralarning vakillari – feodallar foydalanadigan huquq va imtiyozlar musulmon huquqida mavjud emas edi. Eng nufuzli urug‘larda oqsoqollar mazkur urug‘ a’zolarini kuzatar, o‘z urug‘ining obro‘si to‘g‘risida qayg‘urar, ular ro‘yxatini tuzib berardi. Bir so‘z bilan aytgan- da, musulmon huquqi o‘rta asrning boshqa davlatlaridagi dvoryanlik yoki ruhoniylik kabi tabaqalanishdan boxabar bo‘lib, arab jamiyatining boshqa bir xususiyati – musulmon va nomusulmonlarning huquqlaridagi tafovutdir. Yahudiy hamda nasroniy diniga sig‘inuvchilar zimmiylar deb atalardi. Ular muxtoriyatdan foydalanib, o‘z fuqarolik huquqiy urf-odatlari va oqsoqollari tomonidan boshqarilar edi. Lekin sodir etgan jinoyatlari uchun, shuningdek musulmonlar bilan tuziladigan bitimlarda musulmon huquqi bo‘yicha javobgar bo‘lar edilar. Zimmiylarga musulmonlar bilan nikohda bo‘lish va musulmon qullarga egalik qilish taqiqlangan edi. Ular musulmonlardan farqlanish uchun maxsus kiyim-kechak kiyar edilar. Ularga otda yurish man etilgan bo‘lib, faqat xachir yoki eshakda yurishlari mumkin edi. Bulardan boshqa cheklashlar ham mavjud edi. Arab davlatida saqlanib qolgan qulchilik tuzumi feodal munosabatlarning rivojini ancha keyinga surdi. Qullar qonunga ko‘ra huquq subyektlari emas edilar, lekin amalda bundan chekinish holatlari ham uchrardi, masalan, o‘z hukmdorlarining ruxsatiga ko‘ra savdo va hunarmandlik bilan shug‘ullanuvchi qullar erkin fuqarolar bilan bitimlar tuzilishlari mumkin edi. Qullikdan ozod qilish, xususan qul musulmonlarni qullikdan ozod etish uchun musulmon huquqining asosiy manbalarida dunyo va oxirat savoblari va’da qilingan. Xalifalik ilohiy davlatdan iborat bo‘lib, uni xalifa, ya’ni payg‘ambarning izdoshi, Allohning yerdagi vakili, noibi boshqarardi. Xalifa qo‘l ostida ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni saqlab turar edi. Xalifalik hokimiyatining manbalari, asoslari: 1) xalifaning xalq tomonidan saylanishi; 2) amaldagi xalifaning vasiyati orqali saylanish (keyinchalik ummaviy sulolalar tajribasida ko‘rilgan) edi. Vaqtlar o‘tishi bilan ikkinchi asos odat tusini oldi. Xalifa o‘zining vorisi sifatida mazkur lavozim uchun zaruriy talablarga ko‘ra: oila a’zolarining birini, hech bo‘lmaganda Muhammad (s.a.v.) mansub bo‘lgan urug‘, ya’ni qurayshlardan bo‘lgan, balog‘at yoshiga yetib, 21 jismoniy kamchiligi bo‘lmagan, ilmli va erkin mulkka ega shaxsni tanlashi lozim edi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi xalifa ma’lum axloqiy fazilatlar ega va jasur shaxs bo‘lishi zarur edi. Xalifa hayotlik chog‘ida o‘zidan keyingi xalifani tayinlash to‘g‘risidagi vasiyatining qonuniy bo‘lishi uchun uni guvohlar oldida tuzishi shart edi. Xalifaning vazifalari: davlatni musulmon huquqi bo‘yicha boshqarish; islom ta’limotining sofligini himoya qilish; odil sudlovni amalga oshirish; harbiy ishlarga rahbarlik qilish; ichki xavfsizlikni ta’minlash; mansabdor shaxslarni tayinlash; soliqlarni yig‘ishdan iborat edi. Musulmon huquqshunos- larining ta’limotiga ko‘ra, xalifaning hokimiyati uning vafoti yoki hokimiyatdan voz kechishi, majburiyatlarini bajarishga jismoniy yoxud axloqiy jihatdan qodirsiz bo‘lib qolishi bilan to‘xtatilar edi. Musulmon huquqi VII asrda shakllandi. U islom tamoyillariga tayanib, asta-sekin Qur’on va sunnaning mohiyatini aks ettirgan, mustahkamlangan diniy huquqiy tizimga aylana bordi. Muhammad (s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, solih xalifalar ayni vaqtda diniy va dunyoviy (qonun chiqaruvchi, sudlov va ijro qiluvchi) hokimiyatga egalik qildilar. Arab xalifaligi tarixida ilk xalifalar davri oliy hokimiyat – sof ilohiy xususiyatga ega edi. Xalifalar bu davrlarda faqat ruhiy-ma’naviy yo‘lboshchilargina bo‘lib qolmay, ayni paytda harbiy sarkardalar (amir al- mo‘’minin) ham edilar. O‘zga hududlarni zabt etish, uncha katta bo‘lmagan musulmon jamoasining qudratli saltanatga aylanishi tufayli Arab xalifaligi paydo bo‘ldi. Zabt etilgan hududlarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek xalifalik hududida bir xil normalarni o‘rnatish uchun musulmon huquqining asosiy manbasi bo‘lgan Qur’onga murojaat qilindi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling