Kudukni kazishning geologik-texnik shartlaridan kelib chikkan xolda kuyidagi kuduk konstruksiyasini tanlangan:
Yullanma- 530 mm x 5 metr
Uzaytirilgan yullanma -426 mm x 50 metr
Konduktor- 299 mm x 520 metr
Oralik ximoya tizmasi – mm x 3070 metr
Ishlatish tizmasi -140 mm x 3500 metr.
«Neft, gaz va kondensatli konlarda kuduklarni kurish jarayonida ish olib borishning yagona texnik koidalari» ga asosan, xar bir ximoya tizmasi ortidan sement korishmasining kutarilish balandligi kudukning ustki kismigacha loyixalanadi.
Diametri 426 mm bulgan uzaytirilgan yullanma turtlamchi va neogen yotkiziklarining yukori kismini, xamda kuduk usti kismini yuvilishlardan saklash uchun tushiriladi.
Diametri 299 mm bulgan konduktor tizmasi neogen, paleogen va senon yotkiziklaridagi upirilishga molik bulgan nomustaxkam tog jinslarini va yutilish zonalarini yopish maksadida tushiriladi.
Diametri 219 mm bulgan texnik ximoya tizmasi bur va yukori yura yotkiziklarini yopish, kerakli geologik-geofizik ma'lumotlarni olish maksadida tushiriladi.
Texnik tizmani-maxsuldor gorizontni ochishda otilishga karshi uskuna (priventor) ni urnatish uchun tizma sifatida xam ishlatiladi.
Diamerti 140 mm bulgan ishlatish tizmasi yura yotkiziklaridagi utkazuvchan katlamlarni bir-biridan ajratish, kudukni maxsuldorligini sifatli sinab kurish va neft-gaz uyumi parametrlarini aniklash maksadida tushiriladi. Loyixalanayotgan ishlatish tizmasining ichki diametri kudukni sifatli sinab kurishni ta'minlashi kerak.
Loyixalangan ximoya tizmalarining tashki diametri (426,299,219 va 140 mm) neft-gaz kidiruv ekspedisiyalarining kidiruv va izlov kuduklarini kazish buyicha orttirilgan tajribalariga asoslangan xolda tanlanadi.
Loyixalanayotgan ximoya tizmalari uchun burgilash ishlari diametri 490; 393, 7; 269, 9; 190,5 mm bulgan burgular yordamida amalga oshiriladi. Bu kattalikdagi burgular bilan burgulangandan keyin, kudukka ximoya tizmalarini tushirish va mustaxkamlash ishlari xech kanday kiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |