Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi


Talabning narx elastikligini hisoblash


Download 0.6 Mb.
bet4/17
Sana24.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1718277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
IV BOB Mikro

Talabning narx elastikligini hisoblash
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan koʻrib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni koʻrib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:

Talabning narx elastikligi =  


Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % oʻsish muzqaymoqqa boʻlgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz:


Talabning narx elastikligi =   = 2.


Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi oʻzgarish narxdagi oʻzgarishga nisbatan 2 barobar koʻp.


Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi oʻzgarishi narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbatan har doim qarama-qarshi boʻladi. Bu misolda narxning oʻzgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori oʻzgarishi esa 20 % ga kamaygan.
Oʻrta nuqta metodi: elastiklik va foiz oʻzgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yoʻli
Elastiklik va foiz oʻzgarishini hisoblashning yaxshiroq yoʻli bu talab egri chizigʻidagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha boʻlgan elastiklik, B dan A gacha boʻlgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi.
A nuqta: Narx=4$ miqdor=120.
B nuqta: narx=6$ miqdor=80.
A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga koʻtarilgan, miqdori 33%ga pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga koʻtarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5. Bunda farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar oʻzgarishi turli xil asosda hisoblanadi.
Bu muammoni yechishning 1 yoʻli elastiklikni hisoblash uchun oʻrta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning oʻzgarishini hisoblash uchun standart jarayon boshlangʻich bosqich orqali oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Bunga zid holda, oʻrta nuqta metodi boshlangʻich va soʻnggi bosqichlari orqali oʻzgaruvchilarni boʻlish orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ oʻrtasida oʻrta nuqta. Shuning uchun oʻrta nuqta metodiga koʻra 4 dan 6 ga oʻzgarish 40% li oʻsish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga koʻra, 6 dan 4 ga oʻzgarish 40% pastlashni anglatadi.
Oʻrta nuqta metodi oʻzgarish yoʻnalishidan qat’iy nazar bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizigʻini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B oʻrtasida oʻrta nuqta: narx= 5$ miqdor=100 oʻrta qiymat metodiga koʻra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 40% koʻtariladi. 2 yoʻnalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng. Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligini hisoblash uchun oʻrta nuqta metodi boʻlib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan.
Talabning narx elastikligi =  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling