Iv-xi asrlarda Vizantiyada, Eron Arab musulmon davlatlarining yuksalishi Reja
Arablarning savdo karvon yo’llari
Download 307.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2 maruza
Arablarning savdo karvon yo’llari
Arabiston yarim orolining g‟arbiy qismida, Qizil dengiz sohillarida, geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom olgan tuman bu davrda iqtisodiy taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgandi. Karvon savdo yo‟llari bu hududni janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va sosoniylar Eroni bilan bog‟lar edi. O‟z davrida katta, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‟lgan bu hududning markazi Makka shahri bo‟lib, bu yerda yoz va qish fasllarida 2 mingtagacha tuyasi bor katta karvonlar tashkil etilgan. О„rta dengizdan Hindistonga boradigan muhim savdo yо„li qadimdan Arabistondan о„tar edi. Hijoz orqali shimoldan janubga katta savdo yо„li о„tar edi. Shu savdo yо„lida ilk vaqtlardayoq katta-katta savdo punktlari, Makka, Yatrib va boshqalar vujudga keldi. Makka shahri ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Arablar о„rtasida juda dong„i ketgan ibodatxona bо„lmish Ka‟ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. Makkada shu Ka‟ba atrofida har yili katta yarmarka bо„lib turar edi. Makkaning savdogarlardan iborat bо„lgan yuqori tabaqasi savdodan katta foyda kо„rar edi. VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida asosini ko‟chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi tashkil topdi. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e‟tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlandi. Bu buyuk e‟tiqod yakka xudolikka asoslangan islom dini edi, (Islom-boysunish, itoat etish, o‟zini Alloh irodasiga topshirish degan ma‟nolarni bildiradi). Islom dinida payg‟ambar hisoblangan Muhammad (s.a.v.) 570 yil 27 avgustda Makka shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar. Hoshimiylar xonadoni Quraysh qabilasining nufuzli oilalaridan biri bo‟lgan. Muhammad alayhissalomning bobolari Abdulmutallib Makkadagi Ka‟ba ibodatxonasi kalitining saqlovchisi bo‟lgan. Ota- onalaridan juda yosh qolgan Muhammad alayhissalom dastlab bobolari, so‟ng amakilari Abu Tolib qo‟lida tarbiya oladilar. Download 307.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling