Ix – bob. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi
Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi
Download 393.3 Kb. Pdf ko'rish
|
9 – BOB. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi (2)
9.2. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi
Narxdan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli sanoat korxonalari narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular о‘zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydilar: - tovar sotishni kо‘paytirish; - kо‘proq foyda olish; - о‘rnini muayyan mavqeini saqlab qolish. Tovar sotishni kо‘paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni kо‘paytirish orqali bozorda о‘z hissasini oshirish, imkon bо‘lganda bozorni о‘z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bо‘lgan holda tovarlarni kо‘plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni kо‘p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. Bozordan raqiblarni surib chiqarib, о‘z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar maxsus narx qо‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qо‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bо‘ladi. Bozorda sotuvchi bilan xaridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bо‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Narxlarning shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar narx tarkibiga kiradi. Narxni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 1. Iqtisodiy xarajat darajasi; 2. Tovarlarning naflilik darajasi; 3. Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi; 4. Raqobat shakllari va usullari; 5. Tovarni iste’mol qilish vaqti. Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli narx ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi. Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan tо‘qnashadi. О‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning narx belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi. Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog‘liq bо‘lganliklari sababli narxlarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat narx belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bо‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib, iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadr-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Download 393.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling