Ix – bob. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi
Download 393.3 Kb. Pdf ko'rish
|
9 – BOB. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish xarajatlari usuli.
- Chekli xarajatlar usuli
- Investisiyalarni qaytarish usuli.
9.4. Narxni aniqlash usullari
Asosiy narxlarni hisoblash alohida yoki turli xil kombinasiyalarda belgilanishi mumkin. Narx belgilashning quyidagi asosiy usullar mavjud: To‘liq xarajatlar usuli. Daromad stavkasiga mos keladigan xarajatlarning to‘liq miqdoriga qo‘shiladi . Agar ishlab chiqarish tannarxi olinadigan bo‘lsa, daromad barcha xarajatlarini qoplab, foyda olish lozim. Har qanday xarajat qo‘shimcha ravishda xaridorga yetkazib berish xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bojxona to‘lovlari va bilvosita soliqlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu usulda aniq bozorga olib chiqilgan tovar narxlari va an'anaviy tovarlar narxlari, ijara haqi hamda yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxlarini hisobga olinadi. Ishlab chiqarish xarajatlari usuli. Ushbu usul xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va materiallarga sarf-xarajatlar hisobga olinadi. Bu usuldan uzoq muddatli istiqbolni belgilashda qo‘llanilmaydi. Bu usul to‘liq xarajat usulini to‘ldirishi mumkin. Bu usul aniq holatlarda va quyidagi sharoitlarda qo‘llaniladi: Ishlab chiqarish hajmni oshirish orqali foyda massasini ko‘paytirishda; raqobatni davom yettirish yoki rad yetishda; tovar assortimenti siyosatini o‘zgartirganda va belgilashda tejamkor mahsulot ishlab chiqarishda; bir martalik (individual, ommaviy bo‘lmagan) buyurtmalar uchun. Chekli xarajatlar usuli, unga ko‘ra boshiga o‘zgaruvchan xarajatlarning ko‘payishiga asoslanadi. Bunda korxonada ishlab chiqarilgan tovar birligi sarflangan xarajat yetarli foydani keltiradi. Bu usul narx belgilash uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. Bunda maksimal foyda olinsa, doimiy xarajatlarni ham to‘liq qamrab oladi. Investisiyalarni qaytarish usuli. Bu usul quyidagilarga asoslanadi: Investion loyiha hech bo‘lmaganda rentabellikni ta'minlash va kredit foizlarini hisobga olishda; ishlab chiqarish va sotish uchun to‘lov moliyaviy manbalar va talab qiladigan mahsulotlarning keng assortimenti uchun sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga olishda. o‘z bozoriga ega bo‘lgan korxona mahsulotlariga narxni belgilash va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilishda qo‘llaniladi. Baho belgilash bozordagi raqobatga bog‘liq. Raqobat bо‘yicha bozorning tо‘rt turi mavjud: erkin raqobat bozori; monopolistik raqobat bozori; oligopolistik raqobat bozori; sof monopoliya bozori. Erkin raqobat bozorining uch sharti bor: kо‘p korxonalar mavjud; tovar ham kо‘p; baholar erkin. Talab bilan taklif bahoga ta’sir etadi. Monopolistik raqobat bozori, kam sonli korxonalar. Monopolistik raqobatda baho siyosatining quyidagicha aniqlanadi: Bunda quyidagicha baho belgilanadi: baho, franko; yagona bahoni qо‘llash; zonal baholar; о‘rinbosar tovarlar bahosi. Download 393.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling