Ix – bob. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


-rasm. Talab va taklif chiziqlari


Download 393.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana06.04.2023
Hajmi393.3 Kb.
#1277925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 – BOB. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi (2)

9.1-rasm. Talab va taklif chiziqlari.
Talab 
chizig‘i iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda 
mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, 
iste’molchilarning narx qancha past bо‘lsa, ular shuncha kо‘p mahsulot sotib olishini 
anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada kо‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga 
hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga 
imkon yaratadi. 
S 
P 
P
1
Q 
Q
2
Q
0
Q
1
E 
D 
P
0
P
2


Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat 
nuqtasida kesishadi. 
Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif
bir-biriga teng bо‘ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat
mahsulot miqdorini bildiradi. Narx muvozanat narx bо‘lganda, taklif qilinadigan 
va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bо‘ladi. Bu nuqtada tovar tanqisligi 
ham, ortiqcha tovar ham bо‘lmaydi. Bozor sharoitlarini о‘zgarishi talab va taklif
muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, о‘z о‘zidan avtomatik 
ravishda, muvozanatni tiklash tendensiyasi mavjud.
Bunday holatni tushunish uchun quyidagi ikki holatni qaraymiz:
Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan 
yuqori bо‘lsin ya’ni, bu holda 
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bо‘lgan miqdordan 
kо‘proq 
mahsulotni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot 
tо‘plana boshlaydi, mahsulot tо‘planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun 
ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bо‘ladi. Bu holda narx pasayadi, 
mahsulotga talab esa о‘sadi, bu о‘z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning
miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki 
muvozanat narx о‘rnatilguncha davom etadi. Ushbu o’rnatilgan narx tarmoq 
korxonalari uchun bir xil va erkin raqobat sharoitida о‘zgarmas hisoblanadi. Butun 
tarmoq bо‘yicha ushbu narx umumiy hisoblanib, xarajatlarini qoplay olmagan 
korxonalar tarmoqdan chiqib ketadi.
Agar boshlang‘ich narx, masalan 
P
0
muvozanat narxdan past bо‘lganda, 
yuqoridagiga teskari holat yuzaga keladi. Bunda tovar tanqisligi rivojlana boshlaydi, 
nima uchun deganda  
narxda iste’molchilar qancha miqdorda tovar xohlasa, 
shuncha miqdorda sotib olaolmaydi
Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot tо‘g‘ri keladi va 
sotiladi hamda uni yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan 
bо‘lgandagina ma’noga ega bо‘ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor 
bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi 
(monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori 
о‘rtasidagi moslik bir qiymatli bо‘la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist 
talabning о‘zgarishiga qarab, narxni о‘z foydasiga moslashtirib о‘zgartirishi 
mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig‘ini chizganimizda, oshkora 
bо‘lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz. 

Download 393.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling