Ix – bob. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


 Tarmoqda narxning shakllanishi


Download 393.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.04.2023
Hajmi393.3 Kb.
#1277925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 – BOB. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi (2)

 
9.3. Tarmoqda narxning shakllanishi 
 
Bozor iqtisodiyoti talab va taklifni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish
juda kо‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bо‘lib xizmat qiladi. 
Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: 
 jahondagi iqtisodiy sharoitlar о‘zgarishining mahsulot ishlab 
chiqarishga va uning samaradorligiga ta’siri;


 narxlarni nazorat qilish bо‘yicha davlat tomonidan kо‘riladigan chora-
tadbirlarni baholash;
 iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, 
subsidiyalarning, importga qо‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta’siri va 
hokazo. 
Tarmoq korxonalaring baho siyosati talab va taklif orqali bozor mexanizmini
о‘rganish, ularning narx orqali tahlil qilishdan boshlandi. Ma’lumki, davlatning
aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning 
bozor narxi 
о‘rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning 
umumiy hajmi 
о‘rnatiladi. Taklif chizig‘i qancha miqdorda va qanaqa ishlab 
chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini kо‘rsatadi. Taklif 
chizig‘i qancha yuqoriga kо‘tarilsa, shuncha narx yuqori bо‘ladi va shunga kо‘p 
firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Yuqori narx, 
mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi 
firmalarni о‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan 
yuqori xarajatli rentabel bо‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bо‘ladi. 
Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida
intensiv bо‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. 
 
 

Download 393.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling