III VARIANT
I.
Tahlil (nazm). Maksimal ball – 15 ball.
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim,
xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz,
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla,
Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Ushbu g‘azalni mazmun va shakl jihatdan tahlil qiling. (15 ball)
II.
Tahlil nasr. Maksimal ball – 10 ball.
Nazar Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li” asaridan olingan quyidagi parchani tahlil qiling. Fikr
va mulohazalarini bayon qiling. Fikrlar ifodasida asarning to‘la matnidan
kelib chiqish
tavsiya etiladi.
N.ni yangi lavozimga tavsiya qilishdi. Buni o‘zi ham kutmagandi. To‘g‘rirog‘i, bunchalik
tez tavsiya qilishadi deb o‘ylamagandi. U vazifasiga ko‘ra, xonada shiftgacha taxlab
tashlangan hujjatlarni titib o‘tirar ekan, unga rahbarning qabuliga kirish zarurligi haqida
qo‘ng‘iroq qilishdi. N.
xabarni eshitib, bir zum angrayib qoldi. Shuncha yil ishlab, aqalli
biron marta rahbarning qabulida bo‘lmagandi. U kiyimlarini to‘g‘rilagan, sochlarini tuzatgan
bo‘ldi. Lekin soqoli biroz o‘sgan edi. Sartaroshga borishdan boshqa iloji qolmadi.
Sartaroshxona binoning pastki qavatidagi bir burchakda joylashgandi. N.dan oldin ikki kishi
bor edi, uni ko‘rib, negadir tipirchilab qolishdi. Umuman, bularning bezovta bo‘lishiga hech
qanday asos yo‘q edi. Lavozimlari ham N.
bilan bir xil, biroq ikkala xodim ham N.ga
alohida ehtirom bilan muomala qila boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: