Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
Download 1.07 Mb.
|
To'xtasinova Malikaxon
UMUMIY XULOSALAR
Malakaviy ishimiz natijasida quyidagi xulosalarni muhim deb hisoblaymiz: 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid ilmiy pedagogik, psixologik adabiyotlarni o’rganish natijasida biz tadqiq etgan muammo yetarlicha ishlanmaganligidan dalolat berdi. 2. Mustaqil O’zbekistonning, jamiyatimizning istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo’li huquqiy, demokratik, insonparvar fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa yosh avlodni, jumladan, boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 3. Maktabda ta’lim jarayonining bosh maqsadi o’quvchilarni uzluksiz rivojlantirib borgan holda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlarga kirishning eng muhim belgisi esa yuksalgan ma’naviyatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham ma’naviy bilim va ko’nikmalarni boshlang’ich sinflardan boshlab rivojlantirib borish bugungi kunda tobora ko’proq ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan metodik qo’llanma, dastur, darsliklarning mazmunini tahlil qilish hamda shu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ta’lim jarayoni oldiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmani o’rganish natijasida, boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’naviyatini innovasion pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fanida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligi aniqlandi. 4. Pedagogika tarixi mazmunida o’z ifodasini topgan ma’naviy tushunchalar, prinsiplar va ulardan foydalanishda qulay psixologik muhit uyg’ota oladigan
5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, ruhiy hamda fiziologik imkoniyatlari, umumiy bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasi, ma’naviyatga oid bilim va tushunchalarning boshlang’ich sinf o’quvchilari fikrlash doirasiga mos kelishi, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tanlangan ma’naviyatga oid bilimlarning mazmuni keyinchalik yuqori sinfda beriladigan ta’limning poydevori bo’lib xizmat qilishi lozimligini hisobga olish kerakligi tajriba-sinov ishlari natijasida aniqlandi. 6. Amalga oshirgan tadqiqotlarimiz natijasida bizning ajdodlarimiz bolalarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish sohasida katta pedagogik tajriba to’plaganliklari, ushbu merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bugungi kunda kuchli ehtiyoj tug’ilayotganligini aniqlashga muvaffaq bo’ldik. 7. Innovatsion texnologiyadan dars jarayonida foydalanish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishi hamda innovatsion texnologiyadan foydalanishning maqsadini aniq belgilab olish lozimligi tadqiqot ishlari jarayonida nazariy jihatdan asoslab berildi. 8. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviyatga oid bilim hamda ko’nikmalari izchil tizim asosida modulli darslar jarayonida integrasiyalashtirilgan o’quv materiallari vositasida muntazam rivojlantirib borilishi natijasida ularning ma’naviy darajasi o’sadi, buni amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari yaqqol ko’rsatdi.
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling