Ызбекистон Республикаси Олий ва Ырта махсус Таълим Вазирлиги
– ish. Un ёki buғdoy tarkibidagi krahmalning miqdorini aniqlash
Download 471.16 Kb.
|
Analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblash.
- Mavzu yuzasidan savol va mashqlar
– ish. Un ёki buғdoy tarkibidagi krahmalning miqdorini aniqlash.Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar: Polyarimetr (nayning uzunligi 20 sm); tehnokimyoviy tarozi; suv hammomi ; soat oynasi; filtr qoғoz; qadah (5-7 sm); 100 ml li oғzi keng o’lchov kolbasi; 1 donadan 2,50 va 5,00 ml. li pipetka; 15 % li Na2MoO4 eritmasi ; HCl (ρ = 1,125 g/sm3). Ishning bajarish tartibi: tehnokimyoviy taroziga soat oynasiga 5,0 g un ёki maydalangan buғdoydan tortib (kartoshka bo’lsa 10 g) olinadi. Namuna 50 ml o’lchov kolbasiga solib (ρ=1,125 g/sm3) qo’yiladi, suv hammomida 3 minut davomida aralashtirilib, 15 minut qizdiriladi. Namuna tarkibidagi krahmal qizdirganda eritma holatiga o’tadi. Kolbani suv hammomidan olib, 90 ml gacha distillangan suv qo’shib sovutiladi. Kolbadagi eritmani tiniqlashtirish uchun 3 ml 15 % Na2MoO4 eritmasidan quyiladi, keyin kolbaning belgisigacha distillangan suv qo’shib, aralashtiriladi va filtrlanadi. Tiniq filtratdan olib polyarimetr nayi to’ldiriladi. Uni polyarimetrga qo’yib qutblangan tekislik burilish burchagi o’lchanadi. Hisoblash.Namuna tarkibidagi krahmalning miqdori (Q, g/100 ml) quyidagi formula bilan Hisoblanadi. Q 100 сол l α - qutblangan tekislikni burilish burchagi ; α sol – krahmalning solishtirma burilishi (+ 196,4 0); l – polyarimetr nayning uzunligi. Mavzu yuzasidan savol va mashqlarElektromagnitik nurlanishlar qanday kattaliklar bilan harakterlanadi? Spektrning ko’rinish sohasiga qanday to’lqin uzunligidagi nur to’ғri keladi? Optik analiz usulining qanday turlarini bilasiz va ularga qisqacha izoh bering. Analizning molekulyar absorbcion spektroskopik usuli nimaga asoslangan? Ёruғlik nurining yutilish qonuniga ta`rif bering va formulasini ёzing. Yutilish va o’tkazuvchanlik nima va ular orasida qanday boғliqlik bor? Modda eritmalari qanday sharoitda ёruғlikning yutilish qonuniga bo’ysinadi? Fotometrik analiz usulida ёrғјlikning to’lqin uzunligi qanday tanlanadi? Fotometrik analiz usulida reakciyalarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va ularga qanday talablar qo’yilgan? Fotometrik analiz usulida darajalash grafigi qanday chiziladi va uning ahamiyati nimada? Yutilishining additivlik qonuniga ta`rif bering va uni izohlang. Taqqoslash eritmasi deb, nimaga aytiladi va u qanday maqsadda ishlatiladi? Eritmalar tarkibini aniqlashda refraktometrik analiz usulidan har doim foydalanish mumkinmi? Muhitning sindirish ko’rsatkichi bilan ёruғlikning qaytishi o’rtasida qanday boғlanish bor? Qutblangan nur nima va u qanday olinadi? Ёruғlik nurining qutblanganligini qanday aniqlash mumkin? Moddalarning optik aktivligi nima bilan harakterlanadi? 10 mg temir saqlagan 200 ml eritmaning optik zichligi 0,43 eritmaning nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 4.103 teng. Eritma nur yutish qavati qalinligini Hisoblang. Nur yutish qavatining qalinligi 6 sm ga teng bo’lgan eritmadan o’tgan ёruғlik oqimi intensivligi boshlanғich intensivligiga nisbatan 6 marta kamayganligi ma`lum bo’lsa, bu eritmaning optik zichligini Hisoblang. Moddaning fotokolorimetriya usuli bilan aniqlash mumkin bo’lgan eng kichik miqdorini quyidagilarga asoslanib Hisoblang: l = 3 sm, A = 0,03, ε = 4.103). Eritmaning nur o’tkazuvchanlik koefficienti 0,85 ga teng bo’lsa, eritmaning optik zichligini Hisoblang (λ = 435 nm). Eritmaning optik zichligi 0,65 ga teng bo’lsa, o’tkazuvchanlik koefficientini Hisoblang (%). 50 ml da 0,5 mg CuSO4 tuzi erigan eritmaning optik zichligi 0,43 ga teng, nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 2.103 ga teng bo’lsa, eritma nur yutish qavati qalinligini ( l ) Hisoblang. 200 ml eritmada permanganat ioni MnO4- ko’rinishida 0,24 mg marganec saqlagan eritmaning optik zichligi 0,63, eritma nur yutish qavatining qalinligi 2 sm ga teng bo’lsa, eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini Hisoblang. 406 = 1200, l = 1 sm va A = 0,52 bo’lsa, eritmadagi Co2+ ionlarining sonini toping. Sanoatdagi suvning tarkibidagi temir miqdorini aniqlash uchun, 100 ml suv buglatilib, o-fenontrolin bilan ishlanib 25 ml rangli eritma olindi. l = 1 sm, ε = 1100 bo’lganda eritmaning optik zichligi 0,460 ga teng bo’lsa, eritma tarkibidagi temirning miqdorini mg/l da Hisoblang. Tarkibida 0,28 mg mis saqlagan 250 ml eritmaning optik zichligi 0,15 (l=2 sm) bo’lsa, eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini Hisoblang. Eritmaning optik zichligi 0,520 ga teng bo’lsa, o’tkazuvchanlik koefficientini Hisoblang (%). Eritmaning o’tkazuvchanlik koefficienti λ =430 nm. da 23,6 % bo’lsa, eritma optik zichligini Hisoblang. Optik zichligi 0,233 ga teng bo’lgan eritmaga to’shaёtgan ёruғlik oqimining intensivligi 5 marta kamayishi uchun, nur yutish qavatining qalinligi qanchaga teng bo’lishi kerak? Tarkibida 5 mkg/ml Ni saqlagan kompleks eritmaning optik zichligi (λ = 240 nm, l = 3 sm) 0,643 ga teng. Eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini Hisoblang. Vismutning tiomochevinali (1/3 tarkibli) birikmasi nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 3,5.104ga teng. λ = 322 nm, l = 2 sm bo’lganda eritmaning optik zichligini Hisoblang. Download 471.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling