Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet73/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:

  1. Hozirgi zamon o’zbek bolalar she’riyatining taraqqiyotida Quddus Muhammadiyning roli.

  2. Shoir she’rlarining quvnoq misralardan tashkil topganligi, bolalarning ruhiga pedagogik ruhiy xususiyatiga mosligi.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«O’quvchiga esdalik», «Tong o’yini», «Dum», «Etik», she’rlari, «Tabiat alifbosi» turkumiga kirgan to’plam, mehnatga muhabbat mavzui, satirik, yumoristik asarlar.
Mavzuga oid muammolar:

  1. Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Shoirning ijodiga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri nima?

  2. Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim e’zozli bo’lib qoldi. Siz shoirning qaysi to’plamini xarakterli deb o’ylaysiz?



1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo’lgan muhim xusuiyatlar, uning bolalar uchun zarur mavzularda asarlar yaratganligi haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Quddus Muhammadiy har bir she’rni kundalik hayotimizdan olib yozganligi haqida ma’lumot beradi.
2. Shoir she’rning engil vaznda, ravon va ohangdor bo’lishi uchun yorqin qofiyadosh so’zlardan mahorat bilan foydalanganligi haqida so’zlaydi.
3. Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasini izohlab tushuntiradi.
1-asosiy savol bayoni:
Hozirgi zamon o’zbek bolalar she’riyatining taraqqiyotida Quddus Muhammadiyning roli katta. Quddus Muhammadiy Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulomlarni o’zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o’rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo’lgan. Ilk she’rlaridan biri «Tong o’yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu ist’edodli bolalar shoirini hamisha qo’llab-quvvatlab, ijodiga g’amxo’rlik qilib kelgan.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu erda u xalq og’zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko’p narsalarni o’rganadi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o’quvchi bolalarni samimiy sevadi, o’z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. «A’lochi Sodiq», «Sinov», «Mening orzum», «Bizning uyda», «Yasha, Omon!», «Besh», «Solijonning darsxonasi» va boshqa she’rlari a’lochi o’quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she’rlari orqali a’lo o’qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog’iga kuyadi.
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. «Nomsiz erkatoylar haqida», «Dum», «Ahmadjonga uyat», «Lapashang», «Ravshanjonning qo’li tilga kirdi» kabi ko’plab she’rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling