Ызбекистон республикаси олий ва
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi
Download 1.41 Mb.
|
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR
Asosiy savollar: Bolalar adabiyotining maqsad va vazifalari. O’zbek bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar. Bolalar she’riyati, maqsad, vazifa, bolalar kitobxonligi. Mavzuga oid muammolar: 1.Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy vositadir. Siz shu fikrlarga qo’shilasizmi? Yana qanday ta’rifni bolalar adabiyoti fani uchun eng ma’qul, deb sanaysiz? O’zingizga yoqqan ta’rifni izohlab bering. 2. Boshlang’ich sinflarda dars beradigan har bir muallim bolalar adabiyotini nechog’lik yaxshi bilsa, o’zi bilganini sinfga, ya’ni hayotga tatbiq etsa, demak yosh avlodni komil inson bo’lib kamol topishiga ko’mak bergan bo’ladi. Sizningcha, barkamollik va komillik tushunchalari qanday mazmun mohiyatga ega? 3. Bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlaydi. Nega? Bu qarashga sizning munosabatingiz qanday? 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Bolalar adabiyotining maqsad, vazifalarini tushunishga va farqlashga o’rgatish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.Bolalar adabiyoti fanining mohiyatini tushuntiradi. 2.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar yaxshi ko’radigan she’rlar to’g’risida so’z yuritadi. 3.Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko’targan adiblar (Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqori) tomonidan yozilgan darslik va qo’llanmalar haqida so’zlaydi. 1-asosiy savolning bayoni: Ma’lumki, o’z oldiga katta ta’lim – tarbiya masalalarini qo’ygan «O’zbek bolalar adabiyoti» uzoq yillardan beri mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida fan sifatida o’rganilib kelinadi. Bolalar adabiyoti yoshlarni tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu yuksak zamon talablariga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va pisixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Yaxshi, aniq, ravon obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadi. Alisher Navoiy o’zining «Mahbub-ul qulub» asarida so’zni «Ko’ngil xazinasining qulfi», deb ta’riflaydi. Bugun qudratli qurol bo’lgan so’z san’ati - adabiyotdan foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona –diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Ularning yurtimizning munosib farzandlari bo’lishga chaqiradi. Muhokama uchun savollar: 1. Bolalar adabiyoti kattalar adabiyotidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 2.Qanday asarlar bolalarga kuchli ta’sir etadi va alohida ahamiyat kasb etadi? Javobingizni izohlang. 2-asosiy savol buyicha darsning maqsadi: Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib borayotganligi, o’zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o’z hissalarini qo’shgan bolalar ijodkorlari haqida ma’lumot berish. Identiv o’quv maqsadlari: Bolalar adabiyotining mavzu doirasi haqida so’z yuritadi. Bugungi o’zbek bolalar she’riyati haqida gapiradi. Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar muhim rol o’ynashini izohlaydi. 2-asosiy savolning bayoni: Ayonki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu jihatdan Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarini eslab o’tish o’rinlidir. XII asrning buyuk tilshunos olimi o’zining bu kitobida bizga ko’p ma’lumotlar beradi. Shuningdek, Yusuf Hos Hojibning «Qutudg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» dostonlarida shuningdek, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqurg’oniylarning asarlarida ham til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko’targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo’llanmalarida bolalar hayoti, o’qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. O’tgan asrning 20- yillarida Fitrat, Cho’lpon, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o’rin oldi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor, D.Oppoqova, M.Fayziy, Ilyos Muslim, A.Rahmat, Sh.Sa’dulla, Q. Muhammadiy, H. Nazirlar kelib qo’shiladi. Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib bordi va 30-yillarga kelib, o’zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo’ldi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima qilindi. Urushdan keyingi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go’zal diyor, hur o’lkamiz to’g’risida yaratilgan asarlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida A.Oripovning «Dehqon bobo va o’n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo’lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo’ldi. Bugungi o’zbek bolalar she’riyati haqida gap ketganda. Maktab hayotini aks ettiradigan asarlarga alohida to’xtalib o’tishimiz kerak bo’ladi. Bunga misol qilib Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo’ljallangan. Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham muhim rol o’ynaydi. H. Nazir, A.Rahmat, P.Mo’min, N.Orifjonov, F.Musajon va boshqalarning pesalari o’zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo’shib kelmoqda. Muhokama uchun savollar: Bugungi kunda qudratli qurol bo’lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash mumkinmi? Hosil bo’lgan xulosalaringizni izohlang. O’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishida qaysi yozuvchi va shoirlar o’z hissalarini qo’shishdi? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: Bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo’lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan biri o’ziga xos original asarlarni aniqlash; Qanday yo’llar bilan bolalar adabiyotining samaradorligini oshirish mumkinligi aniqlash; Bugungi kun bolasini tarbiyalash juda qiyinligi, shuningdek, hamda milliy tarbiyaning izdan chiqish sabablari haqida mushohada qilish; O’quvchilarning kitobga mehr qo’yish masalasi muammosini ishlab chiqish. 1-Amaliy mashg’ulot. Bolalar kitobxonligi Dars maqsadi: Bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik, o’ziga xos xususiyatlari haqida talabalarga tushuncha berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlar haqida fikr bildira oladi. 2. Bolalar kitobxonligini umumlashtiradi. Kerakli jihozlar: Bolalar shoirlarining urush davridagi she’riy kitoblari. «Mahbub-ul qulub», (Alisher Navoiy) «Boburnoma», (Bobur) «Qutadg’u bilig», (Yusuf Hos Hojib). Ishni bajarish tartibi: Bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra necha guruhlarga bo’linishini aniqlash; Kibr-havoning zarari, maqtanchoq bo’lmaslik, har jihatdan ibratli bo’lgan asarlarni tahlil qilish; Maktabgacha va maktab ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi kimlar tomonidan amalga oshirish lozimligi haqida so’zlash; Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarini tahlil qilish; Yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadigan omillar haqida umumiy tavsif berish; Mashg’ulot yakuni. Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq. Bolalar kitobxonligi. Xalq og’zaki ijodi namunalari, yozma adabiyotning maydonga kelish sababini tushuntiring. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to’la javob bera oladigan hikoyalarni aniqlang. Asosiy adabiyotlar: R.Mavlonova, O.To’raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. -T.: - 2001 y. 23-29 - betlar. M.Jumaboev «O’zbek bolalar adabiyoti». -T.:-2002 y. 4-9-betlar. N.Komilov «Komil inson- millat kelajagi» -T.: - 2001 y. 3-9-betlar. Qo’shimcha adabiyotlar: I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi». -T.: «Sharq» 1998 y. M.Jumaboev «Bolalar folklori», -T.: «Ziyo» nashriyoti 1999 y. 2-Mavzu: Bolalar folklori.
Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling