Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet24/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:
1. Bola ta’lim – tarbiyasida maqollarning o’rni.
2. Maqollarning mavzuviy olami.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Maqol, matal, masal, aforistik so’zlar, maqollarning ko’p qirraligi, ovutmachoq, zarbulmasal, hikmat, otalar so’zi.

Mavzuga oid muammolar:


1. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Siz bola ta’lim –tarbiyasida maqollarning o’rni masalasini qanday tushunasiz?
2. Maqollar ko’p qirraligi, ixchamligi, lekin mazmun jihatdan boyligi, falsafiy jihatdan teranligi bilan ajralib turadi. Sizningcha, hozirgi paytda maqollar kishi diqqatini qanday o’ziga tortadi? Maqollarning o’rnini bosadigan namunasi bormi?
3. Maqollar odatda bir, ko’pincha ikki va kamdan kam holdagina to’rt satrdan iborat bo’ladi. Ammo shu bir yoki ikki, yoxud to’rt satrli iborada olam-olam ma’no yotadi. Shu mazmunda maqollar xalq tafakkuri, xalq fikrining qaymog’idir. Siz maqollarning o’ziga xos xususiyati hikmatli so’zlar va ibratli fikrlardangina iborat deb o’ylaysizmi?


1- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
O’zbek xalq maqollari o’zbek xalq og’zaki ijodining ajralmas qismi va kishi nutqini bezashga xizmat qilish tabiatini ochib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Maqollar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy durdonalaridan biri ekanligini aytib beradi.
2. Har qanday ibratli so’z maqol bo’la olmasligini, o’zbek xalq maqollari xalqimizning ruhiy olami bilan bog’liq ekanligini tushuntiradi.
3. Maqollarning turli manbalarda turli nomlanishini izohlaydi.



  1. asosiy savolning bayoni:

Maqollar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy durdonalaridan biri bo’lib, asrlar osha xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy kurashlarini ixcham shaklda, teran fikrlarda ifoda etgan. Xalq donoligining badiiy ifodasi bo’lgan maqollar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining poetik obrazi sifatida o’tmish ajdodlarimiz tomonidan sayqal topgan. Shu sababli maqollar shakl jihatdan ixchamligi, soddaligi, falsafiy jihatdan teranligi, donoligini o’zida ifoda etganligi bilan alohida ajralib turadi. Turli xil manbalarda maqollar matal, masal, zarbulmasal, hikmat, otalar so’zi kabi bir qancha shakllarda uchrasa-da, hozirgi paytda maqollar inson donoligining erkin ko’zgusi sifatida o’rganiladi.
Maqollar ko’p qirraligi, ixchamligi, lekin mazmun jihatdan boyligi, falsafiy jihatdan teranligi hayotni ob’ektiv jihatdan tasvirlash orqali dialektikaning ayrim qonun va kategoriyalarini ifodalab bergani uchun ham bizning diqqat e’tiborimizni o’ziga tortadi.
Ulug’ rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollar inson ruhiy dunyosini o’zida aks ettirib berganligi haqida alohida mamnuniyat bilan to’xtalib: «Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko’raman» deyishi bejiz emas.
XV asrning buyuk mutafakkirlari Alisher Navoiyning yaratgan quyma satrlari xalq maqollariga naqadar yaqinligini ko’rsatadi.
Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra - qatra yig’ilib daryo bo’lur.
O’zbek xalq maqollari doimo teran, konkret fikrni anglatadi. Shuning uchun ham har bir maqol estetik jihatdan kishi qalbini zavq-shavqqa to’ldiradi. «Ona yurting omon bo’lsa, rang-ro’ying somon bo’lmas», «Er yigitning qadrini, og’asi emas el bilur», «Bulbul chamanini, odam vatanini sog’inadi»
Maqollarning muhim xususiyatlaridan biri aniq va tugal fikrni anglatsa, ikkinchisi maqol voqelikni yo ijobiy yo salbiy nuqtai nazaridan baholaydi. «Onasini maqtagan qizni olma, yangasini maqtagan qizdan qolma». Maqollar o’z ma’nosida emas, balki ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan ham xarakterlidir. «Ayrilganni ayiq er, bo’linganni bo’ri er».
Maqollarning xalq ijodining boshqa turlaridan yana bir farqi shundaki, maqulning yaratilishi qanchalik sekin bo’lsa, iste’moldan chiqib ketishi ham kam uchraydi. Bu holat maqollarning mazmun shaklining munosibligi bilan izohlanadi. Hayotda kuzatishlarimizga asoslanib ayta olamizki, har qanday fikr ibratli bo’la olmaganidek, har qanday ibratli fikr ham maqol bo’la olmaydi.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling