Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet27/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:
1. Topishmoqlarni o’rganish tarixidan.
2. Topishmoqlarning asosiy xususiyati va turlari.
Mavzuga oid tushuncha va iboralar

Topishmoq, jumboq, chiston, boshqotirma, murakkab syujetli topishmoqlar, qadimiy topimshmoqlar, syujetli topishmoqlar.
Mavzuga oid muammolar.

  1. Topishmoqlar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mahsuli bo’lib, u narsa va hodisalar haqida ma’lumotlar beradi. Bu qarashga sizning munosabatingiz qanday?

  2. Topishmoq ko’proq syujetli asarlarda ishlatilib, uning rivojlanishiga, muhim masalalarning hal etilishiga xizmat qilishi mumkin. Sizningcha, qaysi ertaklarda syujetli topishmoq kiritilgan?

  3. Topishmoqlar bilan maqollarning ayrimlari o’zlarining ba’zi bir xususiyatlari jihatidan ixcham, siqiq ifodalanishi, ritmik xarakterda qofiya tuzilishi yuzasidan bir- biriga yaqindir. Siz topishmoqning maqol o’rnida kelish holatini kuzatganmisiz?

1- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
O’zbek xalq og’zaki ijodida topishmoqlarning kelib chiqishi, vazifasi va hayot dialektikasidan kelib chiqib ifoda etadigan, sodda, siqiq darak gap shaklidagi so’roqni bildirish tabiatini ochib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qiladi.

  2. Topishmoqlar real hayotni tasvirlovchi adabiy janr ekanini aytadi .

  3. Topishmoq bilan qiziqqan olimlar haqida o’zlarining nuqtai nazarlarini asoslab, ular xaqida baho bera olada



1 –asosiy savolning bayoni:
Topishmoqlar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mahsuli bo’lib, u narsa va hodisalar haqida malumotlar beradi. Topishmoqlarning paydo bo’lishida inson o’z hayotida ko’rgan, o’zi yaratgan, etishtirgan mahsulotlar, o’zi sezgan, eshitgan hodisalarni poetik shaklda ifodalashning bir turidir. Topishmoq sodda, aniq, darak gap shaklida ifodalashning predmetlarga xarakaterli belgilari vositasi bilan anglatib, javob talab qiluvchi gapdan iborat bo’ladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, topishmoq «so’z obrazining kalitidir».
Topishmoqning tarixi kishilik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli dehqonchilik, chorvachilik, qurol-yaroqlar, tabiatdagi narsalar, o’simliklar, hayvonlar, hashorotlarni bilish kerak bo’ladi. Topishmoqning jumboqxususiyati uni topishga kishini qiziqtirib qo’yadi.
Hozirgi paytda ham topishmoqlar o’zining tarbiyaviy xususiyatini yo’qotgani yo’q. U yoshlarning fikrlash qobilyatini o’stirishga xizmat qiladi. Ularni ziyraklikka, sinchkovlikka, kuzatuvchanlikka, malum bir poetik fikrni izlab topishga o’rgatadi.
1875 yilda «Turkiston viloyati gazeti»ning birinchi sonida topishmoqlar, ikkinchi sonida esa qozoqcha tarjimasi beriladi. 20-yillar utgandan keyin. N.P.Ostroumov tomonidan 150 ta topishmoq nashr etiladi. Turon kutubxonasi xodimi Abdulla Nosirov tomonidan 600 topishmoqdan iborat to’plam tuzildi, ammo nashr etilmay qolib ketadi.
1929 yilda Ismoil Orifiy 115 o’zbek xalq topishmog’ini nashr ettiradi, lekin bu topishmoqda sheva xususiyatlariga ahamiyat berilmaydi.
Topishmoqlarni to’plashda hamma talablarga javob beradigan qilib yig’ishda folklorshunos olim Buyuk Karimovning xizmatlari katta. O’zbek topishmoqlarini to’plab , ularning o’ziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan holda kitob qilib chiqarishda Zubayda Xusainovaning xizmati katta.
Topishmoqlarning paydo bo’lishida inson o’z hayotida ko’rgan, o’zi yaratgan, etishtirgan mahsulotlar, o’zi sezgan, eshitgan hodisalarni poetik shaklda ifodalashning bir turidir. Topishmoq sodda, aniq, darak gap shaklida ifodalashning predmetlarga xarakaterli belgilari vositasi bilan anglatib, javob talab kiluvchi gapdan iborat bo’ladi. Kuzatishlar shuni kursatadiki, topishmoq «so’z obrazining kalitidir».
Topishmoqning tarixi kishilik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli dehqonchilik, chorvachilik, qurol-yaroqlar, tabiatdagi narsalar, o’simliklar, hayvonlar, hasharotlarni bilish kerak buladi. Topishmoqning yashirinish xususiyati uni topishga kishini qiziqtirib qo’yadi.
Hozirgi paytda ham topishmoqlar o’zining tarbiyaviy xususiyatini yo’qotgani yo’q. U yoshlarning fikrlash qobilyatini o’stirishga xizmat qiladi. Ularni ziyraklikka, sinchkovlikka, kuzatuvchanlikka, malum bir poetik fikrni izlab topishga o’rgatadi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling