Izohli diktant
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
14-dars (2)
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani Mavzu: Kompyuter ilmlari va texnologiyalari sohasida adabiy til va uning me’yorlari. Shu sohaga oid ilmiy matn yaratish. O‘tilganlarni takrorlash 1.LEKSIKOLOGIYADA NIMALAR O‘RGANILADI? 2.LEKSIKOLOGIYA SOHASIGA OID MASALALAR KIMLAR TOMONIDAN TADQIQ ETILGAN? 3.LEKSIKOLOGIYNING QANDAY BO‘LIMLARI BOR? 4.TASNIFIY LEKSIKOLOGIYA VA QIYOSIY LEKSIKOLOGIYA BIRIKMALARIGA IZOH BERING. 5.LEKSEMA DEB NIMAGA AYTILADI? 6.LEKSIK MA’NO DEGANDA QANDAY MA‘NONI TUSHUNASIZ? 7.LEKSEMA VA SO‘Z TUSHUNCHALARINING FARQI NIMADA? 8.LEKSIK MA’NONING QANDAY TURLARINI BILASIZ? 9.SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOSI DEGANIMIZ NIMA? 10.BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR DEGANIMIZ NIMA? 11.MA’NO KO‘CHISHINING QANDAY TURLARINI BILASIZ? Reja: 1. Adabiy til haqida tushuncha 2. Soha rivojida adabiy tilning ahamiyati 3. Adabiy til me’yorlari va uning xususiyatlari 4.Sohada mutaxassis nutqining aniqligi va sofligi 2 . Matn va uning turlari.Sohaga oid ilmiy matn yaratish Adabiy til va uning me’yorlari Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh)ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidasiga asoslanmaydi. Adabiy til barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlar, qo‘shimchalar, ibora va gaplardan iborat bo‘ladi. Adabiy til qoidalari – me’yorlarini belgilash uchun tilshunos olimlar sheva va lahjalarni o‘rganadilar, umumga tushunarli til xususiyatlarini belgilab, an’anaviy adabiy til qonun- qoidalarini ham hisobga olib, zamonaviy adabiy tilni va uning me’yorlarini belgilaydilar. Adabiy tilda adabiy, ilmiy asarlar yoziladi, bu til matbuot, adabiyot va ilmiy asarlar tili, ma’ruzalar, so‘zlashuv tili bo‘lib qoladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling