Izohli diktant
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
14-dars (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- –ning yoki –ni
2-tоpshiriq. Matnni o‘qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o‘zgarishlarni ko‘rsating. Nutqning
mantiqiyligi buzilganmi? Fikrlaringizni bildiring. ... Notiq rumkani olib o‘rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi biroz o‘zgardi, avval rumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so‘z boshladi: — O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: — Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o‘z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o‘zingizga ma’lum bo‘lganligi uchun bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni lozim ko‘rmayman. ...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmas dan o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bevosita bartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo‘jalik jihatidan misli ko‘rilmagan darajada mustahkamladik. Men bu borada faktlarga murojaat qilib o‘tirmayman, chunki ordenli onangiz o‘zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar. A. Qahhor, «Nutq». 2-mashq.Nuqtalar o‘rniga –ning yoki –ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini aniqlang. 1. Shevaga xos qo‘shimchalar… adabiy til qoidalariga mos holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar… kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 2. Aristotel har bir jumla… asosiy fikr… ifoda etishga qaratilishi…, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi… talab etadi. 3. Safar aka… astoydil achchiqlangani… sezgan imomi oraga tushdi. 4. Yo‘lchi arava… nimasi shikastlastgani… payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi. 5. O‘rmonjon Qurbon ota… bu ish… bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi. 6. Ona tilimiz… ijtimoiy hayot… barcha sohalaridagi mavqei… oshirish barchamiz… vazifamizdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling