Izohli diktant


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1196192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-dars (2)

Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb
etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy
taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o‘zlikni anglashda muhim
vosita bo‘ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining
sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi
xususiyatlarni o‘zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va
ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.

Adabiy tilni me’yorlashtirish deganda tilning ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan
ko‘rinishlarini tavsiya etish va shu asosda tilning fonetik, orfoepik, orfografik,
leksik, grammatik qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularni tartibga solish
tushuniladi.




Ilmiy manbalarda adabiy tilni me’yorlashtirishning quyidagi shartlari qayd etiladi:
a) tilning ifoda vositalari tanlanadi;

b) umum tomonidan qabul qilinadi va mustahkamlanadi;

v) qoidalashtiriladi, lug‘at va grammatikalarda tavsiya etiladi;

g) shu til vakillarining hammasi uchun majburiy hisoblanadi.



Hozirgi kunda tilshunoslikda o‘zbek adabiy tilining me’yorlari quyidagicha
tasniflanadi: 

1. Leksik-semantik me’yor.
2. Orfoepik (talaffuz) me’yor.

3. Yozuv (grafik) me’yori. 

4. Fonetik me’yor. 
5. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor.

6. Grammatik me’yor (morfologik va sintaktik).

7. So‘z yasash me’yori. 

8. Imloviy me’yor. 

9. Punktuatsion me’yor.

10. Uslubiy me’yor.



O‘zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan biri sanaladi.
O‘zbek tili asosan, O‘zbekistonda, shuningdek, Afg‘oniston,
Tojikiston,
Qirg‘iziston,
Qozog‘iston,
Turkmaniston,
Rossiya,
Turkiya,
Saudiya
Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.

O‘zbek tili qipchoq, o‘g‘uz, qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida
shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.

Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:

1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi;

2) qipchoq lahjasi;

3) o‘g‘uz lahjasi.



Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O‘rxun-Yenisey tosh 
bitiklari, O‘rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari
bo‘lgan “Devonu lug‘otit-turk”, “Qutadg‘u bilig” kabi o‘lmas asarlar
o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski o‘zbek
adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to‘g‘ri keladi. Bu 
davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va
mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling