Izohli diktant


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1196192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-dars (2)

Nutqning аniqligi. Аniqlik hаm nutqning аsоsiy аlоqаviy sifаtlаridаn bo‘lib, yахshi 
nutqning shаkllаnish shаrtlаridаn biridir. Aniqlik deganda, nutq hamda jаmiyatdаgi 
nаrsа vа hоdisаlаr o‘rtаsidа muvоfiqlik tushunilаdi. Bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan
voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Ya’ni nutqimizning mazmuni real 
voqelikka va tafakkur doirasiga mos kelishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, 
nutqimizda rost so‘zlash, aqlga sig‘adigan narsalarni aytish tushuniladi. Masalan, 
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha
Kolumbiya, Peru va Boliviya yetakchi” o‘rin tutadi). Mazkur gapda aniqlik
buzilgan. Bu xato “Janubiy-Sharqiy Osiyo” va “Kolumbiya, Peru va Boliviya”
jumlalarida ko‘rinadi. Aslida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga Osiyoda
joylashgan Xitoy, janubiy Koreya, Vyetnam, Laos, Malaziya, Indoneziya kabi
davlatlar kiradi. Mualliflar qo‘llagan Kolumbiya, Peru va Boliviya davlatlari Janubiy
Amerikada joylashgan. Mualliflarning yuqoridagi gapida nutqning aniqligi buzilgan. 



Aslida gapni quyidagicha tuzisjh kerak edi: Dunyo mamlakatlari orasida
giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha Afg‘oniston, Kolumbiya, Peru 
va Boliviya davlatlari yetakchi o‘rin tutadi.

Yoki, Shabadaning sovuqligi daraxtlarning bargini qovjiratib qo‘ydi. Bu 
gapda aniqlik buzilgan. Bu buzilish “shabada” so‘zida ko‘rinadi. 
Shabadaning sovug‘i bo‘lmaydi. Salqin shabada bo‘lsa, kishining etini
junjitadi. Lekin daraxt bargini qovjiratmaydi. Aslida gap “Kuchli
shamolning sovuqligi daraxtlarning bargini qovjiratib qo‘ydi” 
ko‘rinishida bo‘lishi kerak. 



2-mashq. Gaplarni o‘qing. Xato qo‘llangan nutqqa aniqlik kiritib 
to‘g‘rilang va ko‘chiring.

1. Botir beliga qator beshta bomba qistirib, qo‘lida bomba ushlagan 
holda ko‘chaga yugurdi.

2. Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko‘kni bulut bosgan. Bironta 
ham yulduz yo‘q edi. 

3. Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq o‘qdan chiqib 
kelayotgan bulutlarning ko‘rinishi xunuk edi.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling