Izohli diktant
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
14-dars (2)
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, nutqimizning adabiy til leksik
me’yoriga muvofiq kelishi tushiniladi. Agar nutqimizda g‘ayritil unsurlari yoki haqorat, qarg‘ish, so‘kish kabi noestetik so‘zlar bo‘lsa, uning tozaligi buzilgan bo‘ladi. Masalan, Duxungga o‘tirib qo‘ydingku, bratishka. (o‘zaro gaplardan.) Endi mamashamga kelsak, u kishi sovremeniylar, ifloslarni nenavidit, tak shto,lishnix slov bo‘lmasin.(O‘tkir Hoshimov). Darhaqiqat, namunali nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, turli til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bu masalaning tilga oid tomoni bo‘lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Jumladan, estetika, etika, mantiq talablariga rioya qilmasak, o‘zimizni ma’naviy qashshoq, madaniyatsiz kishiga chiqarib qo‘yishimiz hech nima emas. Shuning uchun nutqimizni doimo varvar so‘zlardan, g‘ayritil unsurlaridan, tor doiradagi salbiy ma’noli so‘zlardan tozalab borishimiz kerak. To‘g‘ri, bunday so‘zlar tilimizda ishlatiladi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar bilan ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirish mumkin. Aytaylik, muallif milliy koloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda, uning salbiy xarakterini ochishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qiladi. Shevaga oid so‘zlarning badiiy adabiyotda o‘rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo‘lib qo‘lmasdan, badiiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim unsurlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Misol, “So‘ri g‘ichirladi. Qudrat bobo damsar urdi. Yuzini silab qo‘yib, telpagini yechdi... Yana: - Qudrat bobo kecha-kechqurun qaytish qildilar. Bugun tushdan keyin chiqaramiz!” (N.Qobul) Matn va uning turlari Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, ko‘rinish, narsa- buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matndir. Muallif matnni ko‘chirganda biror so‘z yoki bo‘lak tushirib qoldirilsa, u ko‘chirmada ko‘p nuqta bilan almashtiriladi, aksincha, biror so‘z yoki gap qo‘shilsa, u qavs ichida beriladi. Matnda o‘zaro bog‘langan fikrlar tizmasida har bir yangi fikr yoki yangi turdagi axborot xatboshi bilan boshlanadi. Xatboshi matn rejasi bilan belgilanadi. Matn rejasi mo‘ljallangan matnda berilishi lozim bo‘lgan asosiy fikrlar (ma’lumotlar) va ularning tartibi (birin-ketinligi)dir. Insonlar gap vositasida o‘zaro fikr almashadilar. Nutq jarayonida gaplar, odatda, alohida-alohida emas, balki o‘zaro bog‘liq holda bayon etiladi. Bir-biri bilan mantiqan uzviy bog‘langan gaplar matn hisoblanadi. Bir necha gaplarning o‘zaro mazmuniy va grammatik bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling