Izohli diktant
Tavsifiy (monologik) matn
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
14-dars (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsifiy matn
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon
etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yohud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi. Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi maz-munlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tash-langan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalil-lar bilan xulosalanadi. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yukla-malar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. 1-topshiriq. Jadvalda berilgan so‘zlarni o‘zaro qiyoslab 4-5 gapdan iborat izoh yozing. Jasorat Qo‘rqoqlik “Men tanlagan kasb” mavzusida matn yaratish. Nuqtalar o‘rnini mos keluvchi so‘zlar bilan to‘ldiring. 1.-------- ------ qilma orzu, ----------- ------- bor tosh-u tarozu. 2.Xiyobonning ----- --------------------- kutubxona joylashgan. 3.--------------- o‘zar, --------------- to’zar. 4. ------------------ sanoqsiz yulduzlar charaqlaydi. 5.Istadim sayr aylamoqni,------------ ------------ bo‘stonida. 6.-------------- ---------- shoh bo‘lguncha, ---- -------- gado bo‘l 7.Bilgan bilganin ishlar,……………… ……….. ……… . 8. ------------ o‘zini ayblar, ----------------- do‘stini. 9. __________ kelsa boylik, turmush bo‘lar ________. 10.O‘rmon malikasi - ………….. , dala malikasi esa………. . Savollar 1.Adabiy tilga ta’rif bering. 2.Adabiy til qoidalari – me’yorlari qanday belgilanadi? 3.Adabiy tilning umumxalq tilidan farqi nimada? 4.Ilmiy manbalarda adabiy tilni me’yorlashtirishning qanday shartlari qayd etilgan? 5.O‘zbek adabiy tilining me’yorlari qanday turlarga tasnif qilingan? 6. O‘zbek tilida nechta lahja bor va ular qaysilar? 7. Nutqning aniqligi deganimiz nima? 8. Nutqning tozaligi deganimiz nima? Qay vaqtda nutq toza bo‘lmaydi? 9.Matn nima? Mikro va makro matnlar. 10.Monologik va dialogik matnlar. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling