Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Download 55.81 Kb.
bet10/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Monitoring (xo‘ja!ik)—jami iqtisodiy ko‘rsatkichlami kuzatish va statistik ishlov berish jarayoni.
Monopoliya - biror narsaga nisbatan favqulodda huquq. Masalan, tovarlar ishlab chiqarishga, savdo qilishga, tashqi savdoga, xizmatlar ko‘rsatishga va boshqalar.
Mutlaq ustunlik - xo‘jalik subyektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish xarajatlari miqdorining turlichaligidan (masalan, bir geografik sharoitga ega boimaslik) foydalanishi tufayli ko‘rgan foydasi.
Narx - tovarlaming ijtimoiy foydaliligi va qiymatining pul birligida ifodalanishi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) - 1960- yilda tashkil topdi. 1993-yilda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 13 mamlakatini (Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Eron, Iroq, Qatar, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Ekvador) birlashtirdi.
Nisbiy ustunlik - xo‘jalik subyektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidagi nisbiy farqdan foydalanishi tufayli ko'rgan foydasi.
Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi — milliy va global ehtiyojlami oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati.
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti - tashkilot 1989-yilda tashkil topdi. Yangi Zelandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya kabi davlatlar tashkiloti bo‘lib, shu hududdagi 11 mamlakatni, Yaponiya, ASEANga a’zo 6 mamlakatni
(Malayziya, Singapur, Indoneziya, Filippin, Tailand. Bruney) birlashtiradi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) - 1966-yili BMTning Osiyo va
Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO)
qaroriga ko‘ra tashkil topdi (1968-yildan boshlab kredit faoliyatini
boshladi). Aksioner jamiyati asosida ish yuritadi. Unga 45 dan ortiq
davlat a’zo. Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy
va savdo munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy va texnik,
iqtisodiy yordam ko‘rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik
qilishdir. OTBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling