Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Oferta - aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi. Offshor hududlar


Download 55.81 Kb.
bet11/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Oferta - aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi.
Offshor hududlar - bu jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib, bu yerda xorijiy mamlakatlaming huquqiy va jismoniy shaxslari tijoriy operatsiyalami chet el valyutasida amalga oshirishadi.
Ochiq hisob - hisob-kitob tovar importyor tomonidan olingandan so‘ng amalga oshiriladigan forma. Bunda eksportyor importyorga hisob-fakturani hujjatlar bilan birgalikda pochta orqali banklar ishtirokisiz yuboradi.
Panjaralash (xedjirovanie) - valyuta xatarlarini sug‘urtalash usullarining majmuasi.
Paritet - turli mamlakat valyutalarining oltinga aylangan holdagi nisbati yoki ulaming xarid qila olish quwatiga binoan nisbati.
Portfel investitsiyalar - xo'jalik obyektini ekspluatatsiya qilish tufayli daromad olish huquqini kafolatlovchi kapital qo‘yilmalari.
Protektsionizm - xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga davlatning bevosita va bilvosita usullar orqali faol aralashuvini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosat.
Ratifikatsiya - shartnomalami tasdiqlash.
Revalvatsiya — pul islohotini o‘tkazmasdan turib, pul birligini inflyatsiyagacha bo‘lgaa sotib olish qobiliyati va valyuta paritetini asta-sekinlik bilan tiklash. Revalvatsiyani amalga oshirishning muhim sharti - qog‘oz pullami chiqarishni qisqartirish, tovarooborotning
o‘sishini ta’minlashdir. Revalvatsiyaning boshqacha formasi qonunda ko‘rsatilgan tartibda baho masshtabini ko‘paytirishdir.
Rezident - fuqaroligi va pasport statusidan qat’i nazar davlat hududida bir yildan oshiq yashagan jismoniy va huquqiy shaxs tushuniladi (bu mamlakatda shtab-kvartiraga ega bo‘lgan diplomatik missiya ishchilari, harbiy personal va xalqaro tashkilotlar xodimlaridan tashqari).
Rollover kreditlar - asosiy miqdor, qo‘shimcha (maija) va komission tolovlardan tarkib topgan foiz stavkasini qayta ko‘rish mumkin boigan holda ssuda berish.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling