Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Anjumani (YuNKTAD) - BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng qulay sharoit yaratish rejimi-mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan holda o‘matilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha BMT Anjumani (YuNIDO) – BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Svop — forvard bitimi va spot sharti bo‘yicha bitim asosida amalga oshadigan turli xildagi valyuta operatsiyalari.
Sindikat - monopolistik birlashmaning kartelga nisbatan yuqoriroq shakli, bir xil ommaviy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning birlashmasi. Sindikat Fransiya va Rossiyada keng tarqalgan. Unda ishtirok qiluvchilar mustaqillikka ega bo‘Iishadi, biroq ishlab chiqarilgan mahsulot birlashmaning mahsuloti sifatida sotiladi.
Spot - bitimni imzolash paytida kontragentlar qayd etgan kurs bo‘yicha valyutani darhol yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan kassa operatsiyalari.
Stagnatsiya - iqtisodiyotdagi turg‘unlikni anglatadi.
Sug‘urta kafolati - ma’lum bonus evaziga sug‘urta kompaniyasining eksportyoriar (kreditorlar) zararini qoplash haqida majburiyati.
Tashqi qarzdorlik inqirozi - davlat tomonidan tashqi qarzlar va zayomlarni to‘lash grafigining buzilishi.
Tashqi savdo siyosati - eksport-import tovar oqimlari hajmi, Tovar tarkibi va geografik yo‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan budjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
TIFni tartibga solishning tarifli usullari — soliq cheklashlari (bojxona yig‘imlari, bojlar, aksizlar va boshqalar) yordamida tashqi savdoga ta’sir o‘tkazish vositalari yig‘indisi.
TIFni tartibga solishning tarifsiz usullari - tashqi savdoga ta’sir o‘tkazishning bevosita, ma’muriy vositalari guruhi (kvotalash, litsenziyalash, texnik sandartlami joriy qilish, sanitar me’yorlar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |