Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)


Download 55.81 Kb.
bet15/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) - o‘z faoliyatini 1946-yilda boshladi. Bu tashkilotga faqat XVFga a’zo mamlakatlar kirishi mumkin. XTTBning maqsadi: a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish hamda
xususiy chet el investitsiyalarini rag‘batlantirish orqali ko‘maklashish, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berish (25 yilgacha). XTTBning boshqaruv kengashida hal qiluvchi ovozgajahonning yetakchi mamlakatlari (yettilik davlatlari) ega hisoblanadi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) - XTTB ning shoxobchasi sifatida 1960-yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Uyushmaning asosiy maqsadi kam rivojlangan mamlakatlarga yordam berishdir.
Xalqaro savdo - milliy xo‘jaliklar o‘rtasida to‘lanadigan jami tovar aylanmasi ko‘rinishidagi mehnat mahsulotlari ayirboshlashning o‘ziga xos shaklidir.
Xalqaro tovar nomenklaturasi-mamlakatlar о ‘rtasida kelishilgan, tasniflangan tovar pozitsiyalari ro'yxati bo‘lib, har bir tovar pozitsiyasi kodlashtirilgan raqamlarga ega bo‘ladi.
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) – eng rivojlangan industrial mamlakatlar birlashmasi.
Xalqaro hisob-kitoblar - turli davlatlaming huquqiy va jismoniy shaxslari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari va majburiyatlari bo‘yicha to'lovlami tashkil etish va tartibga solish jarayoni.
Xalqaro hisob-kitoblar banki - davlatlararo bank. Marakaziy banklar bilan tijorat muomalasini olib boradi, xalqaro valyuta hamkorligini tashkil qilishda qatnashadi. 1930-yilgi Gaaga konferentsiyasiga muvofiq Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya davlatlarining boshchiligida ta’sis qilingan. Hozirgi a’zolari: Evropadagi 30 mamlakatning Markaziy banklari, shuningdek, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi hisoblanadi.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling