Erkin iqtisodiy hududlar — mamlakatning shunday hududiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yursdiksiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya’ni bu milliy iqtisodiyotning bir qismini tashkil etib, mamlakatning boshqa hududlarida qoilanilmaydigan o‘ziga xos imtiyozlar va rag‘batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.
Erkin savdo hududlari (ESH) — preferensial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi savdo tartibiga rioya qilinadi.
ESKATO — BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri hisoblanadi.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlarning (31 ta davlat) iqtisodiy hamkorlik jamiyati. ESKATO 1947-74-yillarda Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari hamjamiyati ham deb yuritilgan. Unga RF, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya (Shveytsariya konsultativ statusga ega) kabi davlatlar ham a’zodir.
“Yung plani” - Germaniya uchun ikkinchi reparatsion to‘lov (harbiy
to‘lovlar) rejasi bo‘lib, Daues rejasining hammuaUiflari O.Yung tomonidan ishlab chiqilgan. Rejaga ko‘ra, Germaniya g‘o!ib davlatlarga 113,9 mlrd. marka tovon to‘lashi ko‘rsatilgan edi. Jahon kapitalizmining umumiy iqtisodiy krizis yillarida (1929-1933) bu reja amalda bajarilmadi. Lozanna konferensiyasi esa “Yung plani”ni mutlaqo bekor qildi (AQShning roli
katta boidi). Germaniyada harbiy va og‘ir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish juda katta tezlikda rivojlanish davriga qadam qo‘ydi.
YuNKTAD - bu tashkilot 1964-yilning 30-dekabrida tashkil topgan bo‘lib, unga BMTning barcha a’zo mamlakatlari va boshqa davlatlar ham kiradi. Vazifasi: xalqaro savdoning rivojlanishiga homiylik qilish, uning huquqiy asoslarini ishlab chiqish, xalqaro savdo va shuningdek xalqaro savdo bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot (YalM) — ma’lum davr (odatda bir yil) davomida bir mamlakat hududida yaratilgan jami qiymat.
Do'stlaringiz bilan baham: |