J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet20/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

O'rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko'ruv va eshituv analizatoriarining ta’siri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po'stlog'ida ko'ruv va eshituv markazlari paydo bo'lganidan so'ng, o'rta miyadagi markazlar po'stloq osti markazlari holatiga tushib qoladi. O'rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devoriari bir tekis kengayib, dorsal qismidan o'rta miya tomi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bo'ladi. Uning qoldiq bo'shlig'i III va IV qorinchalami qo'shib turuvchi miya suv yo'liga aylanadi. O'rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko'ruv yo'llari va so'rg'ichsimon tana, orqadan esa ko'prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi. O'rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan quyidagilar joylashgan:
1) Po'stloq osti ko'ruv markazi va ko'z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o'zaklari.
2) Po'stloq osti eshituv markazi.
3) Bosh miya po'stlog'ini orqa miya bilan bog'lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o'tkazuv yo'llar
4) Órta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog'lovchi nerv tolalari.
Órta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat. O'rta miyaning tomi yoki to'rt tepalik plastinkasi o'zaro to'g'ri burchak hosil qilib kesishgan bo'ylama va ko'ndalang egatlar bilan ajragan to'rtta tepachadan iborat. Ikkita yuqori tepachalarda po'stloq osti ko'ruv markazi, ikkita ostki tepachalarda esa po'stloq osti eshituv markazi joylashgan.
Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o'rta miya bilan oxirgi miya oralig'ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko'ra oraliq miyani ikki qismga:
1) Orqa (dorsal) filogenez nuqtayi nazaridan yangi, afferent yo'llar markazi bo'rtiq sohasi.
2) Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo'rtiq osti sohasidan iborat.
Bo'rtiq sohasi o'z navbatida, ko‘ruv bo'rtig'i, bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi. Ko'ruv bo'rtig'i III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to'plamidan iborat. Uning oldingi uchi torayib oldingi bo'rtiqni orqa uchi esa kengayib yostiqchani hosil qiladi. Ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi III qorincha bo'shlig'ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi. Uning ustki yuzasi ichki yuzasidan ingichka oq miya hoshiyasi bilan ajrab turadi. Gipotalamusda30 dan ortiq o'zaklar bo'lib, ularning shakli va hajmi har xil. Ular joylashishiga qarab uch sohaga: oldingi oraliq va orqa bo'linadi.Gipotalamusning nerv hujayralari sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lib (neyrosekret), bu sekret shu hujayra tolalari orqali gipofizga boradi. Bu o'zaklami gipotalamusning neyrosekretor o'zaklari deyiladi. Uchinchi qorincha oraliq miyaning o'rtasida ingichka sagital yorig' shaklida joylashgan bo'lib, oltita devori tafovut qilinadi. Uning tashqi devorini ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi, oldingi devorini oxirgi parda, gumbaz ustunlari va oldingi bitishma hosil qiladi

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling