J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet86/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tayanch so‘z va iboralar
Mahalliy byudjet, mahalliy yig‘im, patta, patta haqi.


11.1. Mahalliy yig‘imlar va ularning amal qilish xususiyatlari

Mahalliy yig‘imlar – mamlakat qonunlariga asosan, davlat hokimiyati mahalliy organlari o‘z qarorlari bilan belgilangan va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ularning vakolatlari doirasida foydalaniladigan to‘lovlardir.


Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy davlat xokimiyati idoralarining daromad manbai hisoblanib, ular hozirga qadar davlatchilik munosabatlari rivojlanishiga mutanosib ravishda shakllanib, takomillashib keldi. Agarda respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan bog‘liq turli sohalarda amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan islohotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mahalliy xokimiyat idoralarining mavqeini oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Anna shunday chora-tadbirlarning aniq yo‘nalishi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining daromad manbaini mustahkamlashga qaratilgandir.
Bu boradagi islohotlarning ilk huquqiy asoslaridan biri, shubhasiz 1993 yil 7 mayda kabul kilingan O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonunidir. Ushbu qonunga muvofiq, respublikamizda mahalliy soliqlar va yig‘imlar joriy kilingan bo‘lib, ularni joriy etishdan maqsad mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa resurslarni qayta ishlab chiqarish, davlat xokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish qilib belgilandi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar joriy etilgan paytdan shu kunga qadar ular tarkibidagi o‘zgarishlar nafaqat son jihatdan, shuning bilan birgalikda, mohiyat jihatdan ham keng ko‘lamli o‘zgarishlarga erishildi. Bugungi kunga kelib ularning yangi turlari joriy etildi va amaliyotda samarali ko‘llanilib kelinmoqda.
Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig‘imlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida kuyidagilarni kayd etish mumkin:

  • mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy davlat xokimiyati idoralari tasarrufida bo‘lgan hududlar extiyojlari uchun ishlatiladi;

  • ularning asosiy qismi mahalliy davlat xokimiyati idoralarining bevosita o‘zlari tomonidan joriy etiladi;

  • ularni xukukiy jihatdan tartibga solishda mahalliy davlat xokimiyati idoralariga bir qadar vakolatlar berilgan bo‘lsada, respublika qonunchiligi bilan xam hisoblashishni talab etadi va boshqalar.

Mamlakatimizda mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda kichik ulushga ega bo‘lib, mahalliy byudjet xarajatlari asosan biriktirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, taraqqiy etgan mamlakatlarda mahalliy byudjet daromadlarining 60,0 foizidan ko‘progini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi.
Mahalliy yig‘imlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling